A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə32/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
53e1d82115c1c

Savollar

  1. Sog’lom turmush tarzini yaratishda nimalarga e’tibor berishni istaysiz?

  2. O’zingiz yashayotgan maqollaringiz faoliyatiga qanday ijtimoiy ishlar bor?

Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar



  1. O.Hasanboeva va boshq. Oila pedagogikasi. T., Aloqachi,2007y

  2. A.K.Minavvarov. Oila pedagogikasi. T., O’qituvchi, 1994 y.

  3. M.Inomova. Oilada bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyasi.T., O’qituvchi, 1999 y.

  4. R.To’raqulova Oilada sog’lom muhit va reproduktiv madaniyat. . T., 2002y.

  5. Reproduktiv ma’naviyat va madaniyat asoslari. To’plam. T.,2002y.

  6. M.R.Bo’rieva O’zbekiston oila demografiyasi. T., Universitet, 1997y.

  7. O.To’raeva Bola aziz odobi undan aziz T., O’qituvchi, 1996 y.

  8. www.Ziyo.net

  9. http: //www//uralrti/ru.



10.MAVZU. Oilada sog’lom turmush tarzini vujudga kelishi


Dars o’quv maqsadi: Talabalarga oilada sog’lom turmush tarziga amal qilish masalalarini o’rgatish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: oila,sog’lom turmush tarzi, oila va nikoh masalalari


Asosiy savollar:

1.Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish,

2.SHariat ilmida oila va nikoh masalalari.


3.Qizlarni oilaviy hayotga tayorlash.

Sog’lom jamiyat sog’lom oila negizida qaror topadi. Jamiyatimizda tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda inson salomatligi davlatimiz va xukumatimiz faoliyatiiing ustuvor yo’nalishlari negizini tashkil etadi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2000 yilni "Sog’lom avlod yili" deb e’lon kilinishi va shu munosabat bilan Sog’lom avlod Davlat dasturining qabul qilinishi xamda gazeta nashr etish yo’lga kuyilganligi mamlakatimizda sog’lom av-lodni shakllantirishga nechog’lik yuksak ahamiyat berilayotganligidan guvoxlik beradi. Mazmun va mohyatiga ko’ra o’ta salmo qli - Sog’lom avlod Davlat dasturi kabul kilinganligi hech kaysi mamlakat tajribasida ko’rilmagan. Zero, har bir fu qarosining salomatligi, ma’naviy, jismoniy va ruhiy barkamolligi ha qida uzluksiz g’amxo’rlik qilishni hech bir xukumat o’z zimmasiga olgan emas. Bunday mas’uliyatli vazifani bizning xukumatimiz o’z zimmasiga olganligi dunyo ham-jamiyati uchun yana bir ijobiy xoldir.


Isti qboliy adamiyatga ega bulgan Davlat dasturini amalga oshirish, uni 2000 va keyingi yillarda tegishli resurslar bilan ta’minlash vazifasi davlat tomonidan kafolatlandi.
Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 15 fevral qaroridagi: "Soglom avlodni tarbiyalashga, yuk­sak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, xayotiy o’rniga ega bo’lgan ma’naviy boy, axlo qan yetuk, intellektual rivojlangan, yu qori bilimli, jismonan bakuvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish" degan suzlar ma’nosi yanada oydinlashtirildi.
"Biz mustakdlligamizning ilk yillaridanoq sog’lom avlod tarbiyasini eng ustuvor vazmfa deb belgiladik, — deydi Prezidentimiz Islom Ka­rimov, — Barkamol avlodni tarbiyalash masalasini davlat siyosati darajasiga kutardik. Musta qil Vatanimizning birinchi ordeneni «Sog’lom avlod uchun" deb atalgani, "Sog’lom avlod uchun" xalkaro jamgarmasi tuzilgani buning tasdig’idir. Bir suz bilan aytganda, oldimizga qo’ygan barcha ma qsadlarimizning, siyosiy, iktisodiy va ma’naviy g’ayotimizda, davlatimiz, jamiyati-miz qurilishida amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning, ezgu intilishlarimizning ma’nomoxhiyati sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish emasmi? Kadrlar tayyorlash Milliy dasturimizni ishlab chi q qanimiz va xayotga tatbi q etayotganimizdan ma qsad ham aynan shu emasmi?!. Buyuk davlatni fa qat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi".
Albatta, Sog’lom avlod yili va shu bilan bog’li q ravishda hayotga tatbi q etilayotgan Davlat dasturi g’oyasi o’z-o’zidan paydo bulib qolgani yu q: ularning uziga xos izchil manti qiy tadriji mavjud. Buyuk davlatni ko’ra oluvchi, erkin fu qarolik jamiyatini barpo eta oluvchi sog’lom millat, sog’lom av­lod g’oyasi — bu, "ajdodlarimizdan bizga o’tib kelayotgan, kon- qonimizga singib ketgan mu qaddas intilish" asrlar davomida xal qimizning ko’ngil mulki sifatida rivojlanib, boyib kelgani, Mustakdllikning yuzaga kelishidagi ma’naviy omillardan bo’lgani, isti qlolning birinchi kunlaridan e’tiboran davlat siyosatining ustuvor yunalishiga aylangani hech kimga sir emas, albatta.
Alisher Navoiy yili, Amir Temur yili, Inson manfaatlari yili, Oila yili va Ayollar yilida belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida xosil bo’lgan tajriba mazkur ustuvor yo’nalishni yanada kengro q va ser qirrali mi qyosda kun tartibiga ko’yish imkonini yaratdi. Bunda ma qsadning ani q va yuksakligi, uni xayotga tatbi q etishning izchilligi, eng muximi, avvalo, hu qu qiy asos bilan mustaxdamlangani ya q qol ko’rinib turganligini ta’kidlashga zarurat bo’lmasa kerak. Sog’lom avlodni tarbiyalash vazifasining pirovard ma qsadi millatning har tomonlama uyg’un barkamolligini ta’minlashdan iborat. Natijada esa sog’lom millat buyuk davlatni, mukammal, erkin fu qarolik jamiyatini bunyodga keltiradi.
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", "Soglom avlod" Davlat dasturi va bosh qa muhim hujjatlarni amalga oshirishga aholining barcha qatlamlari tobora faol qatnashayotgani ham muvaffa qiyatlarimiz garovi xisoblanadi. Bundan asosiy ma qsad millat genafondini sog’lomlashtirish, o’zbek xal qining ma’naviy va jismoniy barkamolligini butun dunyoga namoyish qilishdan iboratdir. Jumladan, «Fu qarolar sog’ligini sa qlash to’g’risida»gi Јonunning qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining sog’lomlashtirishga oid qator qarorlari, xotin- qizlar ishlar bo’limi tomonidan ishlab chi qilgan «Ekologiya va ayol» (1996 yil, fevralь), «Sog’lom avlod-sog’lom jamiyat negizi» (1996 yil, may) kabi dasturlari har bir oila a’zosining salomatligini ta’minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlardir.
Mazkur Јonun, qaror va bosh qa davlat xujjatlariga binoan onalik va bolalikni ijtimoiy ximoya etish, sog’li qni sa qlash tizimi faoliyatini takomillashtirish, qishlo qdagi qishlo q vrachlik ambulatoriyalari, felьdsherlik-akusherlik punktlari ishini yaxshilash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, homilador va yosh bolalik ayollarga berilayotgan imtiyozlar xal q salomatligini, millat kelajagini ta’minlashda o’zining dastlabki ijobiy samarasini bermo qda. SHuningdek, sog’li qni sa qlash tizimida kunduzgi statsionarlar,kunduzgi davolanadigan bo’limlar, ambulatoriya jarrohligi, ambulatoriya davolash ixgisoslashtirilgan kursi markazlari
paydo bo’lishi inson salomatligi borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlardan hisoblanadi.
«Fuqarolar sog’ligini saqlash to’g’risida»gi qonunning qabul qilinishi bugungi kunda sog’li qni sa qlash tizimidagi dolzarb masalalarga, ya’ni: sog’li qni saqlashda ko’p tizimlilikning qonuniy joriy etilganligi, sog’liqni saqlash tizimida bepul xizmatning saqlab qolinganligi, nogironlar va tibbiy- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch- quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta’minlash, fu qarolarga sanitariya-gigiena va ekologiya ta’limi berishni tashkil ztish, tibbiyotda xususiy faoliyatga keng o’rin berilganligi bilan belgilanadi. SHuningdek, oila qurishdan oldin tibbiy xodimlar konsulьtatsiyasidan o’tish, oilaviy shifokor masalasi, balog’atga yetmaganlarning sog’li qni sa qlashga doir hu qu qlarini himoya qilish, ularning jismoniy, ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoit yaratish, maktabgacha tarbiya, umumta’lim maktablari va bosh qa muassasalarda tibbiy xizmatni yo’lga qo’yishga e’tiborni kuchaytirish ham mamlakatimizdagi sog’li qni sa qlash siyosatining kuchliligidan dalolat beradi.
Xo’jalik hisobi printsiplari asosida ishlayotgan muassasalar tarmog’i kengaymo qda, tibbiy kooperativlar, oila shifokorlari keng quloch yoymo qda, dori-darmonlar chi qarish korxonalari tarmog’i rivojlanmo qda. Xal q tabobati bilan shug’ullanishga qonuniy yo’l ochib berildi.
SHunday qilib, «Solom avlod»ni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Davlatimizning bunday siyosati negizida bugungi kunda xotin- qizlar ichidagi ekstragenital kasallliklarning iavjudligi, balog’atga yetmasdan ona bo’lish holatlarining uchrashi, chala tug’ilayotgan bolalar hamda nogironlikning o’sishi oldini olishdek muhim vazifalar yotibdi. SHuningdek, o’smir qizlarni ona bo’lishga tayyorlash, istalmagan homiladorlikni oldini olish, ekologik holat, atrof-muhitdagi sanitariya - epidemiologiya holatlarini talab darajasida tashkil etishga e’tiborni kuchaytirish oilada salomatlik masalasida hech qanday muammosiz hal bo’lishi garovidir.
Hech kimga sir emas, sog’lom onadan sog’lom bola tug’iladi. Avlod salomatligini ta’minlash uchun avvalo onaning o’zini asrab-avaylamo q zarur. Bu o’rinda dastlab xal q qadriyatlariga amal qilish ma qsadga muvofi qdir. Ya’ni, chilla sa qlash, yosh bo’shangan onani va bolani asrash, ona suti bilan bo qish masalalari bo’yicha keng targ’ibot va tashvi qot ishlari olib borish joylardagi mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Ona suti bolaning suyagini butun, iligini ba quvvat qiluvchi, uni turli kasalliklarga qarshi kurashda bir umrga yetadigan immunitet hosil qilish quvvatiga ega. Buni har bir ona, akusher-ginekolog tom ma’noda anglab yetmog’i zarur.
SHunisi quvonarliki, 1993 yildan e’tiboran bola tug’ilgandan 15-20 daqiqadan so’ng chaqaloq onaga emizish uchun berilmoqda.
SHarqda qadimdan emizikli ayol taomnomasiga alohida ahamiyat berib kelingan. Yosh ona sut keltiruvchi kuchli taomlar iste’mol qilgan,kayfiyatining buzilishiga yo’l qo’yilmagan, u har qanday yomon tashqi muhitdan, ko’ngilsizliklardan asralgan. Bola ov qatiga alohida e’tibor berish esa hamma zamonlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda sog’lom avlod uchun kurash ketayotgan bir davrda Respublikamizda har bir ota-ona oldida turgan mas’uliyatli ishlardan biri ham shundan iboratdir.
SHaxsiy gigiena qoidalariga to’li q amal qilish, toza ovqatlanish, jon-jismini, turar joyini ozoda tutish salomatlik negizidir. har bir ayol uchun, qiz bola uchun tibbiy savodxonlik hayotiy ehtiyojdir.
SHu ehtiyojni qondirish maqsadida umum ta’lim maktablari, oliy o’ quv yurtlarida tibbiyot asoslari o’ quv kurslarini tashkil etish, xotin- qizlar uchun maslahatxonalarda maxsus dasturlar asosida tibbiy bilimlar berishni yo’lga qo’yish, shaxsiy gigiena qoidalari, bo’lajak onalar, homilador ayollar, yosh onalar, o’smir qizlar uchun kichik-kichik hajmdagi turli risolalar, metodik tavsiyalar ishlab chi qish va ularga yetkazish, matbuot, ommaviy-axborot vositalari va turli shakldagi tadbirlardan foydalangan holda targ’ibot-tashvi qot ishlari olib borish ko’zlangan natijani beradi. Ya’ni, uzluksiz tibbiy bilim berish ishini yo’lga qo’yish kerak. Ibn Sino «harakatdagi tanaga davo kerak emas» deb aytgan . SHuning uchun, biz davo qiluvchi meditsinani emas, balki profilaktik, ya’ni kasallikning oldini oluvchi meditsinani targ’ib etmog’imiz lozim, bu ish avvalo oilada amalga oshiriladi.
Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirish, uning ma’naviy va tibbiy salomatligi negizidir.
Sog’lom turmush tarzi kishilarning hayot darajasi bilan, sixat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik o’zgarishlar bilan, bu o’zgarishlar qay darajada xal qimizning ehtiyojini qondirishi bilan, jamiyatning ijtimoiy-i qtisodiy va ma’naviy tara q qiyoti darajasi bilan, eng muhimi yosh avlod tarbiyasini yuksak samaradorligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar bilan bog’li qdir.
Sorlom turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sog’ligi, maishiy xizmatga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirish demografik jarayonlarni ma qbul holatga keltirish, oila a’zolarining ma’naviy madaniyati, ongliligi, ahlo qiy jihatlari va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi.
Oilda turmush tarzn jismonan sog’lom va a qlan barkamol yangi avlodni shakllantirish, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko’rsatishga yordam beruvchi o qilona hayot tarzini tashkil etadi.
Sog’lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to’g’ri ta qsimlash, to’g’ri va sifatli ov qatlanish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan man etish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, sanitariya-gigiena qoidalariga to’la rioya qilish, ma’naviy intellektual shaxs bo’lishni talab etadi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyati darajasi farzandlarni jismonan sog’lom, ma’nan boy qilib o’stirishga imkoniyat yaratadi.
Atrof-muhitning ekologik musaffoligini ta’minlash, ekologik ong va tafakkurni shakllantirish ham aynan oilada amalga oshirilgandagina oilada sog’lom turmush tarzini shakllanishida o’zining ijobiy samarasini beradi.
Juda kup epshitamiz, anemiya, kam qonlik bilan ona bulishmo qda degan gaplarni. Lekin xotin- qizlardagi ekstrogenetal va surunkali kasalliklarning oldini olish, bemor onalarga tibbiy yordam kursatish borasida hukumatimiz tinimsiz chora-tadbirlar kurayotganligi ham ayon. Bugun biz shu xolatni ko’z oldimizga keltirib, bo’lg’usi onaning ta qdiri tug’risida ko’proo q qayg’urishimiz kerak. Tibbiyot xodimlari bilishadi, ko’pinchalik onalar u yoki bu infektsiyaning tashuvchilari sifatida ona bo’lishadi, u xomiladan bolaga o’tadi, natijada, gudaklar o’rtasida, knchik yoshli bolalar o’rtasida turli kasalliklar ani qlanmo qda. SHuning uchun ham eng avvalo, 2003 yil avgust oyida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 365- qarorinnng mohiyatini maktablarning yu qori sinflari o’ quvchilari, kollej va litseylarning qizlariga tushuntirishimiz, kasalliklarning oldini olib, qizlarni sog’lom onalikka tayyorlashimiz kerak. Bu ham yosh onalarga, bulg’usi avlodga g’amho’rligimiz bo’ladi.
Bugungi kunda Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi xodimlarining ustivor maqsadlaridan biri ham mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, maxalla faollari, xotin- qizlar kengashlari faollari ishtirokida ushbu yo’nalishdagi mavjud muammolar va ularning yechimini aniqlash. Zero, o’tkazilgan tadqiqotlarimizga ko’ra, 1,5 foiz texnik yunalishdagi va 1,8 foiz gumanitar yunalishda ta’lim olayotgan talabalarda reproduktiv madaniyat va xu qu q qa oid elementar tasavvur va bilimlar bor, xolos. Buning o qibatida:
a) onalikka tayyor bulmasa-da, yosh qizcha qo’rqmay tug’adi;
b) anemiya bo’lishiga qaramay, tanasini qiynab turgan boshqa
xastaligi bulsada, tavakkal qilib, tug’ish holatlari kuzatil-
moqda;
v) yosh ayol tug’ish intervaliga rioya etmasdan turmush o’rtog’i
yoki qarindoshlar ta’zig’i bilan ikkinchi, xattoki uchinchi far-
zand ko’ryapti. Talabalar o’rtasida o’tkazilgan izlanishda ular ora-
sida ham bakalavriant o’ qishi davridayok, 2-3 ta farzandning onasi
bo’lgan. Salomatligi tekshirilganda, deyarli nogiron bo’lib qolgan
onalar borligi ani qlandi.
Bu vaziyat qizlarimizning, ayni qsa, talaba qizlarimizning repoduktiv hu qu qlari va ularni anglashlari borasida katta muammo borligini isbot etmo qda. Ya’ni, ayolning, kelinchakning uz salomatligi holatidan kelib chi qib, ongli ravishda ona bo’lishni rejalashtirishi, tug’ilajak bolaning sog’ tug’ilishiga shaxsiy mas’uliyatini anglatsh, reproduktiv madaniyatning, renroduktiv hu qu qlarini bilishning ajralmas bo’lagi. Aks holda o’zbekona andisha bilan qizlarimiz hayotlarida ham qiz uchun, ham bolasi uchun tavakkal qilib, ona bulaveradilar, salbiy o qibati yana oilaga, jamiyatga ta’sir qilaveradi
Bu maqsadga erishishda tibbiyotimiz taraqqiyoti va
moddiy-texnik ta’minlanishi, ayollarimizning tibbiy ma’rifati darajasi va aholi ma’naviyatining yuksalib borishi muhim rolь o’ynaydi.
Bu o’rinda oila a’zolari o’rtasida targ’ibot va tashvi qot ishlarini kuchaytirish ijobiy natijalar garovidir. Ularda fa qatga sog’lom ota-onadan sog’lom farzand tug’ilishini, yoshlarning tug’ilgandan boshlab, muntazam o’z salomatligiga ahamiyat berishlari lozimligi, jinsiy tarbiyani oilada,
maktabda to’g’ri ashkil qilish zarurligi, qarindosh-urug’
o’rtasidagi nikohning zararli o qibatlari, 15-16 yoshli
qizlarni turmushga chi qishi qonun yo’li bilan ta’ qi qlanishi,
sog’lom onadan sog’lom farzand tug’ilishi oilaning balog’at
yoshidagi har bir a’zosi, tug’ish yoshidagi ayollar ongiga singdiriladi.
Darxa qi qat demografik vaziyat murakkab bo’lgan o’zbekiston uchun oilani mustahkamlash, uni rejalashtirish - bugungi kunda shunchaki oddiy bir masala emas, balki uning yechimini to’g’ri topish - respublika tara q qiyotini ta’minlashning omilidir.
Albatta oilani rejalashtirish ha qida ran borar ekan, ran bu yerda tug’ishni cheklash ha qida emas, balki tutish oralig’ini uzaytirish hisobiga sog’lom va jismonan ba quvvat bolani dunyoga keltirish, onaning salomatligini tiklash nazarda tutiladi. Bu o’z va qtida oilaning i qtisodiy bar qarorligini ta’minlanishida ham muhim rolь o’ynaydi. Oilani rejshlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari, nazariy va amaliy jihatlari ha qida o’smirga, butun aholiga berilayotgan axborotlar mazmunini boyitish va takomillashtirish davr talabidir.
Respublikamizdagi demografik vaziyatni inobatga olib, oilani rejalashtirish, oila a’zolari salomatligining tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy tadbi q etish, uslubiy tavsiyalar ishlab chi qish va ularni amaliyotga keng tadbi q etish xozirgi ijtimoiy-i qtisodiy va demografik sharoitda mustahkam oilani shakllanishi uchun zarurdir.
Oila jamiyatdagi iqtisodiy, ma’naviy va madaniy munosabatlardan tash qari tabiiy-biologik munosabatlarni ham ifodalaydi. Ya’ni, oilada avlod davom ettiriladi. Jamiyat erkak va ayol o’rtasidaga tabiiy munosabatlar madaniyatini tarbiyalash or qali ular o’rtasidagi ahillikni mustahkamlashga ko’maklashadi. Bu munosabatlar madaniyatini shakllantirish oila hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, bolalar salomatligi, soni va tug’ilish muddatlarini ma qsadga muvofi qlashtirishni, oilaning rivojlanish jarayonini ongli ravishda bosh qarishni ta’minlaydi.
Tabiiyki, jamiyat tug’ilish muammosiga befar q qaray olmaydi, bu holat uning ijtimoiy-i qtisodiy tara q qiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Respublikamiz aholisi tez sur’atlar bilan o’sayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning asosiy sabablarini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: nikohlanish ko’rsatkichlarining yu qoriligi, barva qt nikohanish, migratsion harakatning pastligi, xal qimizning serfarzandligi va bolajonligi kabi.
Tug’ish yoshidagi ayollarning salomatligini mustahkamlash, tug’ilajak farzandning hech qanday asoratsiz sog’lom tug’ilishni ta’minlash ma qsadida tug’ilgan farzandlar oralig’i 2 yoki 3 yil bo’lishi tibbiy nu qtai nazardan tavsiya etilmo qda. Bu esa kelajagi buyuk o’zbekistonimizni mutara q qiy etgan davlatlar qatoridan o’rin olishda o’zining ma’naviy va jismoniy barkamolligi bilan ulush qo’shadigan farzandlarni dunyoga kelishi, millatimiz genafondining sa qlanishi uchun zamin hisoblanadi.
Јizlarning balog’atga yetmasdan turmushga chi qish, yoki juda kech turmushga chi qib ona bo’lish holatlari ona va bola salomatligi uchun zararli o qibatlar keltirishi shubxasiz. Buning oldini olishda xotin- qizlar qo’mitalari «Sog’lom avlod uchun», «Bolalar», «Mahalla» jamg’armalarining faoliyati onalar va bolalarning salomatligini ta’minlashga, aholining tibbiy ongini shakllantirishga qaratilgandir.
Insoniyat tarixida oilaning paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixi, uning etnopedagogikasi va etnopsixologiyasi - mohiyatini davr talabi nu qtai nazaridan chu qur o’rganish, ilg’or g’oyalarni amaliyotga tadbi q etish oila farovonligi va bar qarorligini ta’minlash uchun zamindir. SHuningdek, xal qaro hamkorlik asosida umumjahon ilg’or tajribalardan o’zbek oilasi mentalitetiga mos foydalanish o’zbekiston oilasini jahonga namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilada ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish bilan bir qatorda, xal qimizning asrlar davomida shakllanib kelgan kasb-hunar, qadriyatlarga hurmat va e’zozni shakllantirish oilaning i qtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishda muhim omil hisoblanadi.
Jamiyatning asosiy tayanchi hisoblanmish oila bar qarorligi, farovonligi, tinch-totuvligi va mustakamligini ta’minlash bilan bog’li q masalalarni hal etishda jamiyatning ushbu masalaga daxldor barcha institutlarning hamkorligini ta’minlash oila manfaatlarini ta’minlashda ijobiy samaralar garovidir.
Oila - mahalla – bog’cha - maktab - oliy va o’rta maxsus ta’lim -jamoatchilik tizimida amalga oshiriladigan barcha ta’limiy-tarbiyaviy ma’rifiy-madaniy targ’ibot va tashvi qot ishlari sistemalik, mustahkam hamkorlik, izchillik, uzviylik, ketma-ketlik tamoillari asosida tashkil etilgan ta qdirdagina jamiyat rivojida oila o’zining ijtimoiy vazifalarini to’la ado etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Musta qil respublikamiz i qtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yuksalishning muhim omillaridan biri oila, mahalla, maktabning hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy jarayonni amalga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. o’zbekiston Respublikasining ^Ta’lim to’g’risidagi qonunida oilaning jamiyat, davlag oldidagi mas’uliyatini anglab yetadigan komil insonni tarbiyalashdagi roliga alohida e’tibor berildi. By borada «Oila- mahalla-maktab» dasturining yaratilishi muhimdir.
Oilada bola tarbiyasini yo’lga qo’yishda mahallaning roli kattadir. Јadimdan o’zbek xal qi maxalla-jamoatchilik bilan hamjihatchilikda yashab, oilaviy urf-odat va an’analarni ular ishtirokida, ular bilan bamaslahat o’tkazganlar-
Mahalla kishilarni birlashtiradigan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifmy va tarbiyaviy ahamiyatta zga bo’lgan jamoa vazifasini bajarib kelgan.
Maktab aholining, birinchi navbatda, ota-onalarning pedagogik u quvini amalga oshiradi, har bir oilada o’zaro hurmat, bir-biriga yordam, insoniy munosabatlar muhiti yaratilishini qo’llab- quvvatlaydi, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarning bolalariga moddiy yordam ko’rsatish yo’lida fu qaro mehr-shaf qat dasturini amalga oshirishda o’zining tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib beradi. Oila esa, o’z navbatida o’ quv-tarbiya jarayonini qayta qurishda maktabga ya qindan yordam berib, o’ quvchilarning ta’lim-tarbiyaning barcha jabhalarini egallashlari uchun maktab jamoasiga ya qindan ko’maklashadi.
SHuning uchun ham oila, maktab va mahalla hamkorligi masalasi hozirgi davrning asosiy talabidyar.
Maktab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning pedagogik jihatdan malakali, ma qsadga muvofi q omillariga hamda keng imkoniyatlariga ega. Maktabdan tash qarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar pedagogik-psixologik qoidalarga amal qilinmagan, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy jarayoidagi talabi bir xilda bo’lmagan ta qdirda oilada ayrim hollarda tarbiyasi og’ir bolalar paydo bo’ladi, murakkab mkammolar yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olishning muhim vositasi oila-mahalla va maktabning hamkorlik dasturi asosida ta’lim-tarbiyaviy ish olib borishni ta’minlashdan iboratdir.
Bunday mushtarak tarbiya asosida avlodlar vorisligi yotmog’i lozim. Vorislikni ta’minlashning muhim omili oila qadriyatlariga asoslanishdan iboratdir. Eng mux.imi, yoshlar ongiga, shuuriga kattalarga hurmat, ishda, o’ qishda odamlar bilan munosabatda ota-onadan o’rnak olish, tarbiya, mehnat, insonparvarlik, vatanparvarlik qadriyatlarini chu qurro q o’rganish va ularga amal qilish, umribo qiyligini ta’minlashdek muhim ishni amalga oshirish bugungi kunda ijtimoiy ehtiyojga aylanib qolmog’iga erishish zarur.
Yana bir muhim masala - bu qizlarning, onalarning jismoniy salomatligi. Bu masala oilaviy sportni rivojlantirish, uni ommalashtirish masalasi bilan bog’li q. Zero, jismonan chinni q qan qiz bola ertaga ona bo’lganda, uncha-muncha infektsiyaga yoki xastalikka bardoshli, uning bolasida ham immunitet kuchli bulishi fanda isbotlangan.
Zero, hammamizga ma’lumki, bugun yurtimizda sportga va aynan bolalar sportini rivojlantirishga mamlakat rahbarining uzi bosh- qosh bo’lib turibdi. CHunki Prezidentimizning ta’birlari bilan aytganda, «Sportning milliy genofondni yaxshilash, ijgimoiy muammolarni muvaffa qiyatli hal etish, millatning g’urur-iftixorini ko’tarish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tar-biyalash va bosh qa soxalardagi ahamiyati beiihoya kattadir». Demak, jismoniy chingi qish va sport bilan shug’ullanishning ma’naviy-ma’rifiy imkoniyatlari cheksiz. Agar yigit va qizlarimiz ilk yoshlikda sport bilan shug’ullansa, uni o’zining turmush tarzidagi muhim, ajralmas odat va ko’nikma tarzida ongiga singdira olsa, bu narsa uning inson sifatida shakllanishi, faoliyati uchun muhim bo’lgan bosh qa mashg’ulotlarni ham qiyinchiliklarsiz yenga olishga, salomatligiga qadriyat sifatida qarashga o’rgatadi. Masalan, bir xonadonda oil boshlig’i bo’lgan ota bolasi ilk yoshligidan shug’ullanishi uchun oddiy trenajyorni o’z qo’li bilan yasab berdi va kuniga shug’ullanish odatini farzandida shakllantirdi, deylik.bola katta bo’lgan sari, u endi bu mashg’ulotni hovlida, bog’chasida, so’ngra maktabida davom ettiradi. SHu kabi o’zbek mintalitetimizga mos sport turlarini qizlar orasida keng quloch yozdirish, millat onasining sog’lom bo’lishiga yordam beradi.
Demak bugun sportni rivojlantirishh, u or qali millatning ham qizi, ham o’g’lini tarbiyalash masalasi o’zbek oilasini mustahkamlash, jamiyatni poklash, ma’naviyatni bar qarorlashtirish kabi muhim ishlarning asoslari bilan bog’lanmo qda. Yoshlar orasida bu borada targ’ibot – tashvi qot qilganimizda uning mohiyatini to’g’ri tushuntirish, bola sport bilan fa qat o’zining jismoniy quvvatini tiklash va bo’sh va qtini maro qli o’tkazish uchun emas, balki u or qali sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta’sirlar va zarali odatlardan halos bo’lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun shug’ullanishni o’ qtirishimiz kerak Demak, ana shunday fazilatlarga ega bo’lgan qizlar bugun bizga, hammamizga kerak-ota-onaga ham, ustoz murabbiyga ham mahalla faollariga ham, ishlab chi qarishni tashkil etuvchi mutasaddilarga ham. Eng muhimi- bu qadriyatlardan shaxsning o’zi – bo’lg’usi onalarning o’zlari birinchi navbatda manfaatdor.
Demak, ushbulardan manti qan jismoniy madaniyat va tibbiy-reproduktiv madaniyatni oshirishga umumxal q tadbirideb qarashimiz to’g’ri bo’lishi fikri kelib chi qadi. Bu xulosa uchun yana ikkita kuchli asos bor. Birinchisi- sportning, ayni qsa, qizlar sportining o’zi ommaviy tus olgandagina samarali bo’lishini tushunishimiz lozim. Ya’ni, bu ishga qizlarimiz yoshlikdan fa qat tilda emas, balki dildan yaxshi ko’radigan mashg’ulotga qaraganday munosabatida bo’lgandagina ommaviy tus oladi.
Demak, bu strategik ma qsadimiz - mildiy genofondni yaxshilash, barkamol va sog’lom avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarimizni sifat pog’onasiga kug’o’taradi. Olimlardan biri - F. Naytingeyl yozgan ekan: «hozir hamshiralar bemorlarga qaramo qdalar, lekin shunday va qtlar keladiki, ularning qaramog’idagilar sog’lom bulib, hamshiraning vazifasi fa qat ular­ning betob bo’lib qolmasliklari uchun qayg’urish bo’lib qoladi». Bugun bolalar sportini rivojlantirishga qo’shayotgan hissamiz, onalar va qizlarning jismonan ba quvvat va solom bo’lishlariga qayg’urayotganimiz kelajakda, albatta, bemor onalar kam bo’lib, fa qat o’zlarini chini qtirish uchun ongli tarzda sog’lom turmush tarzini shakllantira oladigan insonlar jamiyatiga kelishimizga imkon beradi.
SHunday qilib, biz bugun bajarayotgan ishlarimiz, yechimini kutayotgan muammolarimiz kup. Bu ishlarni bajarishda barcha davlat va nodavlat, jamoatchilik tashkilotlari bir yo qadan bosh chi qarib ishlashlari lozim.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin