Ota – onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolar.
Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo’lib quyidagilar xizmat qiladi.
Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni xisobga olinmasligi.
Yoshlarining bo’sh vaqtini mustaqil tashkil etishi do’stlar tanlashdagi mustaqilligigi hissiyot sohasidagi mustaqilligi shodaga bugungi kunga talabiga mos kiyinish kasb tanlashdagi mustaqilligi umr yo’ldosh tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba'zi kurash olib borishining xush kelmasligi.
Ota-onalar ichkilikka ruju qo’yishi yoki ornomusni yig’ishtirib qo’yib buzo’qchilik qilish.
Ba'zi bolalarni mehnat qilishiga o’rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-elpi hayot kechirishga o’rganib qolishi.
Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo’yishi va xakazo.
Ota-onalarining pspixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar. Ota-onlar va bolalar munosabatiga oidyuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oiladan halovat yo’qoladio’rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin hatto ichib kelib ota-onasiga ko’taradigan farzandlar ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq faxshparastlar boriligiga nima deysiz. Ba'zi ota-onalarda 3,6,13,14 yoshlarda muqarrar ravishda yangi psixologik qo’shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar jumladan ota-onalar bilan bo’lgan munosabatalarida ko’zga tashlanadi. Buni sezmagan ba'zi ota-onalar bolam nihoyatda qaysar ko’loqsiz bo’lib qoladi deb o’ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bundagi qarashi o’zlaricha chora-tadbirlar belgilashalri natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish xollari kuzatiladi.
Qaynona -kelin o’rtasidagi nizolar.
Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko’pchiligi yuzaga keladigan ba'zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib kelinlik vazifalarini ko’ngildagiday eplab keladilar qaynonalarini ro’zg’or tashvishlaridan xalos qiladilar tezda ularning mehriga sazavor bo’ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni qizim deb bag’rilariga oladilar bilmaganini o’rgatadilar quynalganida yordam beradilar hayotiy yo’l-yo’riq ko’rsatadilar. Ularga uy-ruzg’or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko’makdoshga aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli tuqnashuvlar ham sodir bo’lib turadi. Gap qaynona-kelin o’rtasida borar ekan shuni aytib o’tishimiz lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarining insoniyatning atoqli namoyondalarining diqqat e'tiborida bo’lib kelgan muammolardan biridir. Jumladan XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri Axmad Donish o’zining “Nvadir ul vaqoe (Nodir voqealar) nomli kitobida qaynona kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi”. “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo’lgan, xozir ham bor va bundan keyin ham bo’ladi. Ular doimo urushaveradilar. Ular nima uchun urushadilar chunki ular nima uchun urushayotganliklarini o’zlari ham bilmaydilar. Shuning uchun urushadilar. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Ba'zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo’ladi. Ayniqsa yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa siqatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib tasavvuridagi emas balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o’z tasavvuridagi qaynonaga xos bo’lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borishi-ku topishlari aniq hatto yo’g’ini ham topishga xarakat qiladilar. Chunki tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar. Kelinlar o’zlari tushgan yangi oila a'zolariga ilk taassurot asosida baxo berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og’ir-bosiq sabr-toqatli bo’lishlari iloji boricha o’zlari tushgan xonadan a'zolarining yaxshi tomonlarini ko’rishga intilishlari eri shu xonadan a'zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv bo’ladi.
Qaynona-kelinning dunyoqarashi va uy-ro’zg’or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo’ladi va keskinlashadi. Ikki avlodning dunyoqarashi hayotiy tamoyiillari o’rtasida tafovot bo’lishi tabiiy xoldir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-kelinlar ko’p jihatdan bir-birining aksi bo’ladilar. Ayrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yig’ilishtirib quyib, har-birlari o’z gaplarini o’tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuyva ashulalarni tinglashi va shu kabi boshqa masalarda ularni o’z holiga ko’yish lozim. Yoshlar ham o’z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari, ularni g’ashiga tegadigan noo’rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy “xoyi-xavaslardan” o’zlarini tiyishlari kerak.
Ba'zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo’lmaydilar. Shunday kelinlar bo’ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muloqot qilishni biladilar. Kelin kelinligining birinchi kunidayoq hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo’lgan qaynonasi darajasida turmishi juda qiyin. U darajada bilmasa ham, mayli-ya, lekin bilishini istamasa qiyin. Shuning uchun nikohgacha qizlariga onalar osh-ovqat pishirishni, meva-savzovotlardan qishga sharbat, tuzilama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saranjam-sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni, oila byudjetini, iqtisod qilishni uy-andjomlari jihozlardan asrab-avaylab foydalanishni va shu kabi uy-ro’zg’or ishlarini o’rgatishga aloxida e'tibor berishilari zarurdir. Qaynonalar ham kelinlardan hadib kamchilik va qo’sir axtarmasdan uni o’z farzandidan ko’rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o’rgatib borishi lozim. Kamchiliklarini yuziga solavermasdan yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak.
Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar. Ayrim oilalarda bolalar bobo-buvilar yoki toa-onalar tomonidan me'yoridan ortiqcha erkalanib yuboriladi. Natijada ota-onalar bilan bobo-buvilar o’rtasida bolaga kim tarbiya berishi kerak degan masalada kelishmovchilik kelib chiqadi. Aslida ular ham bular ham bolalarni kelajakda yaxshi kishilar bo’lib yetishishini istaydilar, tanlagan yo’llar esa turlicha, biroq bir bitimga kelib olishmasa, bola tarbiyasining holiga voy deyaviring. Buning uchun ular boladan hali joyda bir murosaga yaqdil qarorga kelib olishlari lozim.
Ba'zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozinish yo’lida bir-birlaridan rashk qilishlari asosiad kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Oilada ikki va undan ortiq kelin bo’lsa, qaynona ularning hammasi bir hilda qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, b'zisi uzoqroq bo’ladi. Ayollar o’ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni qaynona o’rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday holning olidni olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona o’z kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bo’lishi (ammo bu yer har bir kelinning muomilasi, munosabatini, qaynonaga bo’lgan mehrini hisobga olish inkor etilmaydi) rashk qilishlariga imon yaratib qo’yishidan ehtiyot bo’lishlari kerak.
Ba'zi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishni, orzu-xavaslarini, ishlashi yoki o’qishini hisobga olmaydi. Aynonalar orasida umr bo’yi uy bekasi bo’lganlari ham bor. Ular ishlash bilan uy-ro’zg’or ishlarini boravar olib borishni o’z boshidan o’tkazmagan. Ana shunday qaynonalar yoshligida o’zlirini risoladagiday kelin bo’lganman deb biladilar. Qaynota-qaynonalarini qanday izzat qilganliklarini “ularning soyalariga ko’rpacha solganlarini”(rostmi-yolg’onmi bari-bir) tez-tez eslashni yaxshi ko’radilar va kelinlarining ham “o’zlariday” bo’lishini istaydilar. Ba'zan esa uni o’g’il orqali ochidan-ochiq talab qiladilar. Bunga kelinlarining imkoni bormi, yo’qmi yo’lab ham ko’rmaydilar. Bunday qaynonalar “ehtiyojini qondirish imoniyatiga ega bo’lmagan kelinlar ularning g’azabiga uchraydilar. Kelini haqida bo’lar-bo’lmas gaplarni o’g’illarining qulog’iga quyadilar”. O’g’limga aytib seni quydirib yubormasam yurgan ekanman –deya do’q-po’pisa qiladilar. Ba'zi hollarda maqsadlariga erishadilar ham. Bunday qaynonalar o’g’illariga kabilari baxtidan ko’ra o’z xuzur-xalovatlarini ko’proq o’ylaydilar.
Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo’ladi, oqibatda qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Har bir oilaning o’ziga xos muhiti qonun-qoidalari, an'analari, atrofda yuz berayotgan voqea-xodisalarga beradigan baho mezonlari hatto faqat shu honadon a'zolari tushunadigan shartli ravishda qabul qilishgan so’z iboralari bo’ladi. YAngi tushgan kelin o’zi bilan o’z tug’ilib o’sgan uyining muhitini odat-ko’nikmalarini ham olib keladi. Shuning uchun ham ayrim hollarda kelin bilan qaynonaning oilaviy muhitlari mos kelmay qoladi. Ota-onalar ihtisodiga tafovut ham aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarni keskinlashuviga ta'sir qilishi mumkin. Bunda iqtisodiy omil shu bilan ifodalandiki kelin yangi tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy mo’l-ko’lchilikni ko’rmasdan o’z turmushidan sovish mumkin. Shuning uchun ham donolar “Qiz bersang o’zingdan bir pog’ona balandga ber” senning xonadoningda ko’rmaganini yangi xonadonida ko’rib yangi xonadonga ko’nikishi oson kechadi. Qiz olsang o’zingdan bir pog’ona pastdan ol. Shunda kelin o’z o’lida ko’rmagan mo’l-ko’lchilikni senning xonadoningda ko’rib bu muhitga tez ko’nikadi deganlar.
Madaniy-ijtimoiy omil. Kuyov ma'lumotli madaniyatli oildan bo’lib kelin aksincha dehqon ishchi yoki savdogar oiladan bo’lsa yoki er-xotindan biri shahardan ikkinchisi qishloqdan bo’lsa bu ijtimoiy-madaniy tafovutlar ham er-xotin o’rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Bordi-yu kelin boshqa millatga mansub bo’lsa uning yangi oilaga moslashishi yanada qiyin bo’ladi, uning yangi oilaga moslashishi yanada qiyin bo’ladi. Masalan o’zbek xalqida kekirish to’yganlik shukronalik belgisi hisoblanib kelgan. Rus xalqida esa bu odat o’ta odobsizlik hisoblanadi. Shu sababli yangi oilaga moslashish ham osonlikcha kechavermaydi.
Ajralish va uning oqibatlari.
Gap nikoh-oila munosabatlari haqida borar ekan shubxasiz jiddiy muxokama qilinadigan masalalar qatorida nikoh oila munosabatlarining bo’zilishi er-xotinlarning ajralishi muammosi turadi. Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham O’zbekistonda ham ajralish muammosini o’rganishga keng ilmiy jamoatchilike'tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisdochilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari mutaxassislari o’rganmoqdalar. Ularning e'tibori bu xodisa sabablari omillari motivlarini o’rganish ularni bartaraf etish ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajarlishga er-xotin va ularning farzandlari balki jamiyat ham ko’p zarar ko’radi. Ajralishlar ko’plab noxush xodisalar: noto’liq oilalar sonning ortishi bolalar va o’smirlar o’rtasida qonun buzarlikning ko’payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar va sonining ortishi yolg’iz sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o’zaro munosabatlarning yomonlashuvchi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Ajralishlarning o’ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning axvoli kabilarda ifodalanadi. Sharq oilalarida ayniqsa o’zbek va qishloq oilalarida ajralish tashabbuskori ko’proq erkaklar bo’ladilar va aksincha Yevropa xalqlari oilalarida yoki oilalarda va urbanizauiyalashuv darajasi yuqori bo’lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskor ko’proq ayollar bo’ladi. Ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-muloxazalarimizni bildirishdan oldin o’zbek oilalarida ajralishlarning o’ziga xos xarakteri ya'ni boshqa (ayniqsa chet mamlakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to’xtalib o’tish lozim topdik. Bu quyidagi ob'ektiv omillarga bog’liq bo’lish mumkin birinchidan qishloq joylarda ajrashgan ayol erkak nisbatan jamoatchilik tomonidan ko’proq tanqidiy muxokama qilinadi. Ikkinchidan qishloq joylarda ajralishgandan so’ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi. Negaki o’zbek millatidagi o’ziga xos urf-odatlar o’zbek ayolning uy-joylarni eriga qoldirib o’z ota-onasinikiga (uning aka-ukalari o’z oilasi xotinni bolalari bilan yashayotgan va ajrashagn ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo’ladilar.
Uchinchidan qishloq ayollarida ajarlishgandan so’ng qayta oila qurish imkoni nixoyatda kamdir. Agar ajralish “ozodlik”deb hisoblanadigan bo’lsa unda hozirgi zamon nikoh oila qonunchiligiga ko’ra bu ozodlik kimga qancha tushadi? Shaxar joylarda istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub bo’lgan yosh oilalarda bu quyidagi formula tarzida bo’lish mumkin.
Ayollar uchun
Ajralish = ozodlik = bola+ aliment = uy+yolg’iz onalarga beriladigan imtiyozlar=yangi oila qurish muammosi.
Erkaklar uchun
Ajralish q ozodlik-bola-alimentiquy Q yangi oila qurish imkoniyati.
Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko’rsatadigan asosiy bo’lsak ular quyidagicha bo’ladi.
Jamiyat uchun. Noto’liq oilalar soni ko’payadi oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi bir jinsning ikkinchi jinsiga nisbatan nafrati paydo bo’ladi. Foxishabozlik ortadi teritanoslik kasalliklarning ortishi kuzatiladi shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi.
Erkak uchun – yolg’izlik xissining ortishi giyoxvandlik va ichkibozlikka berilish turli kasalliklar.
Ayollar uchun- yolg’izlikni xis qilishning ortishi qayta oila qurish imkoniyatining cheklanganligi nervozlar stresslar turli xastaliklar o’z jonga qasd qilish.
Ma'lumki o’zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar masalan rus oilalarnikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishga oila to’g’ri keladigan tirik yetim bolalar soni o’zbek oilalarida 2-2,5 marta ko’p. Shu bilan birga ajralish ma'daniatini quyi saviyada ekanligi va o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o’zbek oilalarida ko’proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko’ra ajralishlarning salbiy asoratlari o’zbek oilalarida boshqa millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.