1.MAVZU: OILASHUNOSLIK FANING MAQSADI VA VAZIFALARI. Dars o’quv maqsadi: Talabalarga “Oilashunoslik ”faning predmeti, maqsadi va vazifalarini o’rgatish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: predmet, vazifalar, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy havfsizligini, jamiyat va oila.
Asosiy savollar:
O’rta Osiyo xalqlarining tadrijiy taraqqiyoti .
O’zbek oilasining shakllanish bosqichlari.
Xalq og’zaki ijodi namunalarida oila masalalarining yoritilishi.
Oila munosabatlarida dinning o’rni.
Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni O’rta Osiyo xalqlarining tadrijiy taraqqiyoti tarixida IX-XII asrlar o’zbek xalqining tashkil topishi davri hisoblanadi.
Qadimda Turon, so’ng Turkiston va Movarounnahr deb yuritilgan bu o’lka ko’p ming yillik tarixga egadir. Farg’ona va Ohangaron vodiysida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar. ibtidoiy odam to’dalari zaminimizda bundan 700-500 ming yililgari, ya’ni antropogen davrida ham istiqomat qilganini tas-diqladi.
Insoniyat tarixining eng qadimiy ibtidoiy to’da davrida odamlar o’rtasida oilaviy aloqalar hali aniq tartibga tushmagan edi. Faqat ibtidoiy urug’doshlik bosqichidagina bu munosabatlarda sifat o’zgarishlari yuz bera boshladi. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida olib borilgan arxeologik.; qazilmalar natijasida bu yerlarda miloddan avvalgi 12-10 ming yilliklarda ibtidoiy to’dalar qon-qarindosh.bo’lib yashay boshlaganini tasdiqlovchi ashyolar topilgan. To’dalar yashagan yarim yerto’la shaklidagi chaylalar, o’choqlar, ov qurollari, ularni yasash asboblari, suyakdan yasalgan ayollar haykalchalari, turli xil tasvirlar o’yib tushirilgan taqinchoqlar va boshqa topilmalar bu davrda urug’doshlik ona tomondan boshqarilib, matriarxat o’rnatilganidan guvohlik beradi. Oilalardagi mehnat taqsimotiga ko’ra erkaklar ovchilik, ayollar uy xo’jaligi bilan shug’ullangan.
Miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarda odamlar tosh qurollari yasashni birmuncha takomillashtirdilar. Bu yangi tosh davri neolit oila tarixining dastlabki bosqichi, deb e’tirof qilinadi. Ana shu davrda erkaklar va ayollar o’rtasidagi o’zaro umumiy jinsiy munosabatlar barham topib, juft nikoh urf bo’la boshladi. Natijada juft nikohli oila jamiyatning dastlabki ijtimoiy birligiga aylandi.
Bundan yana 3-2 ming yil keyin, jez davrida o’lkada xo’jalik yuritishning yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan shakli qaror topishi bilan ona urug’i an’analari kuchli bo’lgan ijtimoiy munosabatlar asta-sekin yemirilib, erkaklarning jamoadagi mavqei ortib bordi.SHu sababli ayollar iqtisodiy jihatdan erkaklarga qaram bo’la boshladi.
Ibtidoiy jamoa shakli shiddat bilan yemirilib, qabilalar o’rtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga kela boshlagan ana shu.davrda patriarxal katta oilada ota huquqi qaror topib mustahkamlandi. Qarindoshlik otaga qarab belgilanadigan bo’ldi, urug’lar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va huquqiy hukmronligi asosiga qurilib, bolalar ota mulkiga merosxo’r bo’la boshladilar.
Miloddan avvalgi VII - milodiy IV asrlarda Urta Osiyoning qadimiy tarixiy-madaniy o’lkalari Xorazm, Sug’d, Baqtriya va boshqalar shakllanib, bu o’lkada ham sinfiy jamiyatga o’tish boshlandi, dastlabki davlatlar, jumladan Katta Xorazm va Baqtriya podsholigi vujudga keldi.O’rta Osiyo yerlarida sug’diylar, baxtarlar, chochliklar ma’lum etnik elat sifatida tarkib top.di. Ular o’troq hayot kechirar, bu elatlarni dehqonchilik va chorvachilikdan iborat iqtisodiy birlik bilan birgalikda madaniy va til birligi ham birlashtirib turardi. Biroq vohalar atrofidagi dasht aholisi saklar hali ijtimoiy rivojlanishning qabilaviy urug’-jamoachilik bosqichida yashardilar. Chunki ko’chmanchilik turmush tarzi qabilaviy ana’analar asosida yashashni talab etardi. Ana shu davr nikoh-oila munosabatlariga tarixiy manbalarga tayangan holda nazar tashlaydigan bo’lsak, ajdodlarimizdan To’marisning ham elyurt uchun sadoqatli, o’z qabilasi va oilasi sha’ni uchun jonini fido qilishga tayyor ayol timsolining yorqin namunasi bo’lganini alohida ta’kidlash zarur. To’marisning eri massaget qabilalari ittifoqining hukmroni bo’lgan. U vafot etgandan so’ng hokimiyat To’maris qo’liga o’tadi.
Eron ahomaniylaridan Kayxusrav (Kir II), ehtimol, bu vaziyatdan foydalanib qolish maqsadida miloddan avvalgi 530 yilda o’sha vaqtda qudratli davlatlardan hisoblangan massagetlar yurtiga katta qo’shin bilan bostirib kirish tayyorgarligini boshlab yuboradi. Yunon tarixchisi Gerodotning "To’qqiz; kitobli tarix" asarida yozilishicha, To’maris Kayxusravni avvaliga tinch qo’shni bo’lib yashashga chaqirib kelgan. ,Ammo Kay-xusrav unga qarshi yurish boshlaydi (I jild, 204-216 -boblar).
To’maris lashkarlari halssh jang qilishga o’rgangan edi. SHuning uchun yurtga jiddiy xavf tug’ilganda To’maris massagetlar sarkardasi ma’suliyatini zimmasiga olib, dushmanning ro’parama-ro’para halol jang qila olishiga imkoniyat yaratish maqsadida eron qo’shinlarining Araks (Amudaryo)dan bemalol o’tib olishi uchun o’z lashkari bilan bu joydan chetlashib turadi.
Biroq To’marisning mardligiga qaramasdan Kayxusrav hiyla ishlatadi. U To’marisning o’g’li Spargapisesni ko’shini bilan mast qilib, asir oladi. O’g’lini bandilikdan ozod etish va1 urushni to’xtatish to’g’risidagi To’marisning da’vatlariga dush-man rad javobini beradi.
Spargapises bu isnodga chiday olmasdan asirlikda o’zini o’zi o’ldiradi. SHundan so’ng miloddan avvalgi 530 yilning iyulь-avgust oylarida massagetlar bilan Kayxusrav qo’shinlari o’rtasida shiddatli jang boshlanib, unda eronliklar tormor etiladi. Kayxusrav ham jangda o’ldiriladi.
To’marismard, aqlli, adolatparvar shu bilan birga jasur,
qahramon, mustahkam irodali ayol timsoli. To’maris uchun o’z
qabilasi, massagetlar tinchligi, yurt mustaqilligi muqaddas-
dir. Kayxusravning o’ldirilishi O’rta Osiyo xalqlarini Eron
ahomaniylariga tobelikdan qutqarmaydi./Miloddanavvalgi
520-518. yillarda Doroqo’shinlari saklar yurtiga bostirib,
kiradi va uni tobe qiladi.Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Iskandar O’rta Osiyoga hujum qilib, ikki yil ichida uni to’liq bo’ysundiradi.
Milodiy I asrning oxiri, III asr boshlarida bu hudud qudratli Kushan podsholigi tasarrufiga o’tadi. VI asr o’rtalarida esa Turk hoqonligi vujudga keladi.
Turk hoqonligiga birlashgan aholining ijtimoiy hayoti ham, xo’jaligi ham turlicha edi. Ko’chmanchi chorvadorlarda urug’ jamoachilik an’analari kuchli edi. Qabila va urug’ jamoalarining negizini patriarxal katta oilalar tashkil etardi.