A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə9/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
53e1d82115c1c

"Muvofiq tushsa kadbonu,
Davlatu jam’iyatga bo’lmoqdadur hamzonu.
O’zining oroyishi andin
Va uylukning osoyishi andin.
Jamoli bo’lsa, ko’ngulga margub
Va salohi bo’lsa-, jonga matlub.
Oqila bo’lsa, ro’zgorga andin saloh
Va intizom va maosh asbobiga sendin tartib va saran-jom.
Bu nav’ juft kishiga qovushsa,
Balki mundoq komgorlik ilikka tushsa,
Nihoniy gamu mehnatda hamroz va hamdaming bo’lgay.
Va mahfiy va pinhon dardu mashaqqatga damsoz va mahraming bo’lgay.
Ro’zgordin ham jafo yetsa,
Anising ul va charxi davvordin
Xar ibtilo kelsa, jalising ul.
Ko’nglung gamidin ul yeamnok
Va badaning za’f malolatidin ul halok".
Ya’ni oilada xotin oqila bo’lsa, davlatu jamiyatga foyda. U uyning bezagi, erning hamdardi. Go’zal bo’lsa dilga yoqimli, xushfe’l bo’lsa tanga malham.
Xotin ro’zg’orda tadbirkor bo’lsa, oila tirikchiligi saran-jom-sarishta bo’ladi. Bunday xushfe’l, oqila, axloq-odobli ayol bilan oila qurish baxti senga kulib boqsa, u mehnatda ham, g’am-tashvishda ham doim hamdarding, ham- nafasing bo’ladi. U sening qalbing dardidan ham, kasalliging azobidan ham forig’
etadi. . -
SHu bilan birga Alisher Navoiy nazdida yomon xotin-boshga
bitgan balo:
"Nosoz juft evga muhliq marazdur oshkor va nuhuft. Salita bo’lsa, ko’ngul andin ranja va qabiha bo’lsa, ruh-
ga andin shikanjo.
Yamon tillik bo’lsa, abushqa ko’ngli andin yaroelig, Yamon ishlik bo’lsa, uydin obodlig- bartaraf, Badkora bo’lsa, uy andin bayt ut-talaf"37
Ya’ni, nosoz xotin oilani oshkor yoki pinhona barbod, halok etuvchi marazdir. U uyatsiz, shallaqi bo’lsa, undan dil og’riydi, azob chekadi. Tili zahar xotin er qalbini yaralaydi, yuzini qaro qiladi. Agar buning ustiga may ichuvchi ham bo’lsa, ro’zg’or-Dan baraka ko’tarilib, oila barbod bo’ladi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, nikoh, oila shakllari, o’zbek oilalarining ijtimoiy va milliy xususiyatlarini xolis o’rganish, tahlil etish imkoniyati mustaqillik yillarida-gina tug’ildi. Ma’lumki, sho’ro hukumati davrida boshqa masa-lalar qatori oila munosabatlariga ham sinfiy mafkura nuq-tai nazaridan yondoshilanardi. SHuning uchun Turkiston o’lka-sida qalin kabi rasm-rusmlar qulchilik munosabatlaridek baholanib, ayol haq-huquqlarining toptalishi, uning oldi-sot-disi, deb da’vo etilardi.
Bunda ruslar, boshqa millatlarda ham xuddi shunday odat mavjud ekanini (mashhur rus rassomining "Tengsiz nikoh" surati,A.Gertsenning Rossiyadagi tengsiz nikohlarni afsus - na-domat bilan:"to’ydan oldin sepilgan baxtsizlik urug’i" deb baholashi buning yorqin dalolatlaridir) yodga olmaslikka harakat qilinardi. Holbuki, Rossiyada qiz turmushga chiqayotganda unga sepi bilan birga katta mikdorda pul ham berilishi ham-maga ma’lum edi.
O’zbek oilalarida qalin, qator tadqiqotchilar astoydil asos-lashga urinayotganlardek, qizni tarbiyalash uchun to’lov - "sut haqi" emas, aksariyat hollarda kelin liboslari, to’y xarajat-lari uchun mo’ljallangan edi. Bu o’rinda qalin miqdori kuda-lar o’rtasida yakkama-yakka kelishib olinishi, u mahalla-kuy, qarindosh-urug’larga ovoza qilinadigandan ancha kam bo’lishini ham ta’kidlash lozim. Qalin miqdori oila nufuzining o’ziga xos mezoni bo’lgani sababli uning miqdorini atayin oshirib ko’rsatish odatiy holga aylangandi.
Oila munosabatlari bilan bog’liq urf-odatlar, nikoh tur-li shakllarining ijtimoiy, insonparvarlik mohiyatini fal-safiy jihatdan to’g’ri baholash ham nihoyatda muhimdir. Zero, bu tarzda ilmiy asoslash u yoki bu xalq nikoh-oila munosabat-larigagina emas, umuman butun millat mentaliteti xususiyat-lariga to’g’ri baho berish uchun zarurdir.
SHu munosabat bilan qalinning sho’ro davri tadqiqotlarida feodal-patriarxal nikoh-oila munosabatlari qoldig’i, deb ta’-riflanishi ilmiy asosga ega emasligini aytish kerak. CHunki, qalinning kelib chiqishi islom dini bilan bog’liq emas. Bu rusum mintaqada islom tarqalishidan oldin ham mavjud bo’lib, qadimiy huquq - Odat bilan belgilab qo’yilgan edi.
O’zbek oilalarida mavjud bo’lgan ayrim ta’qiqlar ham ma’naviy-axloqiy xususiyatlarga ega ekanini o’qtirish lozim. Jumladan, er va xotinning o’zaro muloqotda bir-birining nomlarini tilga olmasliklari hozir ham uchraydi. Ularning bir-birlarini to’ng’ich farzandlari nomini, yoki "ular", "bolalarning otasi","bizni bolalar", "onasi", deb chakirishlari chuqur ma’naviy mohiyatga egadir.Kelinlar birgina o’z turmush o’rtoqlarinigina emas.balki erining barcha qarindosh-urug’larini,shu jumladan kichik yoshdagilarni ham "siz"lashlari,amaki va tog’alarini "mulla aka",jajji qayin singillarini "poshsha oyim" deb atashlari huddi shundan dalolat beradi. Fikrimizcha, bu oiladagi o’zaro samimiy hurmat belgisidir.
Kelinning "chillasi" (to’ydan, farzand ko’rgandan so’ng 40 kun mobaynida ko’chaga chiqmaslik) xususida ham xuddi shunday fikr bildirish mumkin. Bu ta’qiq SHarkda qadimda 12-14 yoshli qizlar ham turmushga uzatilganligi sababli paydo bo’lgan. Bu odat yosh kelinning pokizaligi.uning ortiqcha his-hayajonlar-dan, turli jarohat olishlardan saqlanishi uchun foydali bo’lga-
ni shubhasizdir.
O’zbek oilasining turmush sharoiti milliy turar joylarning qadimdan o’ziga xosligidan ham anglashiladi. Oila uchun mo’ljallangan uylar odatda ko’cha va qo’shni tomoni devor bilan o’ralgan hovlilardan iborat bo’lardi. Barcha turar joy va xo’jalik xonalarining derazalari ichkari tomonga qaratilgan. Hovli ikki qismga - bolalar va ayollar uchun ichkari hovli hamda nomahram erkaklar va mehmonlar uchun mehmonxona tarzidagi hashamatli xonalardan iborat tashqa-ri hovliga bo’lingan.
O’zbek oilalarida dahliz va katta uydan iborat ikki xonali turar-joy eng ko’p tarqalgan edi. Ular o’sha vaqtlarda oldi ay-vonli va ayvonsiz, aeosan tosh, paxsa yoki xom g’ishtdan qurilgan.
O’zbek oilasi shakllanishi jarayonida uning o’ziga xos xusu-siyatlari ham paydo bo’ldi:

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin