A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


O’zbek oilasi shakllanishi tarixi jamiyatda qadim zamon-



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
53e1d82115c1c

O’zbek oilasi shakllanishi tarixi jamiyatda qadim zamon-lardan ayollarga alohida hurmat e’tibor bilan .munosabatda bo’linganidan dalolat beradi. Bu yigit yoriga munosib ekanini isbotlash uchun qaylig’i shartlarini bajarishi shartligi udumida, boshqa urf-odatlarda o’z ifodasini topgan. Masalan, "Qorasoch pari" ertagida podsho qizi Qorasochning yor tanlashda yigitlarga qo’ygan shartlari e’tiborga molikdir.
Qorasoch pari Qirqqiz tepaligiga chiqib: "Kimda kim shu tepa ustiga chiqib, mening qo’limdan ushlab tushsa, men o’sha odamning vafodoriman" deydi. Bundan xabar topgan Rum hukmronining o’g’li Qodir do’sti Nodir bilan shu podsholikka keladi. Nodir do’stiga yordam berish maqsadida Qirqqiz tepaligiga chiqib Qorasoch parini olib tushadi.
Lekin qiz birinchi sharti bajarilgani bilan qanoatlanmaydi. U yigitning fahm-farosati, topqirligini ham sinab ko’rishga qaror qiladi. Qorasoch Nodirga bir dona sadaf berib yuboradi. Yigit bu sadaf yoniga huddi o’shandek sadaf qo’shib qizga qaytaradi. Qorasoch Nodirga yuborgan sadafi orqali o’z nasl-nasabini bildirib, yigitning bunga fahmi yetsa, uning ajdodlarini ham bilish niyatida edi.
Ertakda topqirlik sinovi davom etadi. Qorasoch Nodirga ikkinchi marta bir juft sadaf yuboradi. Qiz bu bilan "juft sadaf ikkimizning sevgimizdap ortiq narsa bormi?" savolini bergan edi. Fahm-farosatli yigit ikki sadafga yana bir sadaf qo’shib: "Ikkimiz sevgisini bezaydigan narsa bo’lajak farzandimiz" javobini beradi.
Biroq bu ham podsho kizini to’la qanoatlantirmaydi. Navbatdagi jumboq shakarga maydalangan gavhar aralashtirilib solingan piyolada yashiringan edi. Nodir bu piyoladagi aralashmaga sovuq suv qo’shish bilan "vafodor er va xotinni faqat ajal ajratishi mumkin" javobini yo’llaydi.
O’zbek qizlariga xos hayo xalq og’zaki ijodi namunalaridan yana biri -"Masturaxon" ertagida tasvirlanadi. Podshoning! uchta - Oyto’ra, Boyto’ra va Mastura qizi bor edi. Ular polizdan o’zlari uchta - Oyto’ra ok, Boyto’ra ko’k, Mastura qizi qovun uzib, otalariga tortiq qiladilar. Podsho vazirlari amaldorlariga bu qovunlarni so’yib beradi. Oq qovun pishi| o’tib ketgan, ko’k qovun na shirin, na bemaza chiqadi, qizil qovunga pichoq tekkizilishi bilan tarsillab yorilib ketadi.
Podsho uch qizi bir polizdan nima uchun turlicha qovun uzganligi haqida o’ylab, bu jumboqqa javob topishni vazirga buyuradi. U esa hukmdorga qizlaringiz sizdan o’zlarini turmushga uzatishni so’rashyapti, deydi. Buni pishib o’tib ketgai qovun Oyto’raning qari qizga aylanayotgani, Boyto’ra hozir uza-tilmasa sharti ketib parti qolishi, Mastura esa oila qurishga ayni yetilganini anglatishi bilan izohlab beradi.23
O’zbek qizlarining oila qurishga munosabatlari, ularning g’oyat zukkoligiga "Aqlli qiz" ertagi misol bo’la oladi. Yetmishga kirgan podsho nav-nihol qizga uylanish uchun sovchi yuboradi. Farosatli qiz qarib quyilmagan bu hukmronni izza qilish maqsadida undan qalin uchun yigirmata bo’ri, o’ttizta ayg’ir qirqta yo’lbars, ellikta tulki, oltmishta no’xta, yetmishta axt so’raydi.
Mutlaqo kutilmagan bu shart mag’zini chaqishga podsho ojizlik qiladi. Saroy donishmandlari unga yotig’i bilan yigirm. yashar yigit bo’riday, o’ttiz yashar-ayg’irday, qirq yo’lbarsdek ellik-tulkidek bo’lishini, odam oltmish yoshida no’xta, yetmishdg esa axtaga aylanishini tushuntiradilar. 24
Xalq orasida "Erni bor qiladigan ham, yo’q qiladigan ham| xotin" naqli juda keng tarqalgan. Buning misollaridan bir "Malikai Husnobod" ertagida ta’sirchan holda bayon etiladi.
Har bir narsadan bahona topib, qahrini sochishga odatlanib qolgan johil podsho daraxtdagi qarg’aning "qag’" degani nima; ma’no bildirishini ulamolardan so’raydi. Ular qanaqa javob bersalar ham podsho zulmiga duchor bo’lishlarini bilganlar holda sukut saqlaydilar. Qizi Malikai Husnobod esa ularni qutqarish uchun: "Qarg’aning "qag’" degani erni bor qiladigan; ham xotin, yo’q qiladigan ham xotin" deydi.
Bunday javobdan darg’azab bo’lgan podsho qizini zindonga tashlashga buyuradi. Boshqalar uchun o’zini bu qismatga duchor qilgan malikaga rahmi kelgan vazirlardan biri Husnobodni zindondan chiqarib, daryoga oqizib yuboradi. Suvda uni baliq yutib yuboradi. Bu baliqni tutib olib, qiz hayotini saqlab qolgan podachi Husnobodning aqlliligi, tadbirkorligi bilan xayotini to’g’ri yo’lga soladi. U qutqargan malikaga uylanib, boyib ketadi, pirovardida podsho o’ladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin