SHu tariqa o’zbeklar alohida etnik birlik (elat) sifatida O’rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman SHarqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalari-da shakllangan. O’zbek xalqi asosini qadimda shu hududlarda yashab, sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan mahalliy sug’diylar, baxtariylar, xorazmiylar, farg’onaliklar, yarim chorvador qang’lilar, ko’chmanchi sakmassagetlar kabi etnik guruhlar tashkil kilgan.
XI - XII asrlarda Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o’tishi munosabati bilan o’zbek xalqi etnogenezining yakuniy bosqichi boshlandi. G’arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi o’zbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi. Bu davrda o’zbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatning umumiyligi, etnik o’zlikni anglash, etnosning uyushqoqligi,ma’lum bir davlat doirasida bo’lishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllandi.
O’zbek oilasi ham o’zbek millati bilan birga shakllanish bosqichlarini bosib o’tgan. Oilaning tarixiy shakllaridan biri bo’lgan patriarxal - katta oilaota tomonidan qarindosh-lik, urug’-aymoqchilikka asoslangan edi. Katta oila odatda bir necha og’a-ini, ularning xotinlari, o’g’illari, kelinlari, turmushga chiqmagan qizlari va hokazolarni birlashtirardi. Bunday oila uch yoki undan ham ko’proq avlod vakillaridan ibo-rat bo’lib, uning a’zolari soni ba’zan 100 kishidan ham ko’proq-ni tashkil etardi.
Oila tuzilishining bunday shakli Xorazmda "katta oila", Zarafshon vodiysida "ota uyi", Qashqadaryoda "bir qozon", 'katta ro’zeor", Qoraqalpog’istonda "koile" deb atalgan.
Katta oila Yaqin va O’rta SHarkdagi barcha mamlakatlarda mavjud bo’lgan. O’rta Osiyoda katta oila miloddan avvalgi 1000 yillikda paydo bo’lgan. Miloddan avvalgi USH-SH asrlar-da o’lkada katta oila juda keng tarqalgan. Katta oilaning iktisodiy asosini oila ixtiyoridagi ishlab chikarish vosita-lari yer, chorva mollari, mehnat qurollariga umumiy egalik tashkil etgan. Hatto kelin uchun qalin ham umumiy mulkdan berilgan. Katta oilad,a nikoh asosan bir urug’ vakillari o’rtasida tuzilgan.
Oila munosabatlarida din alohida o’rin egallashi yaxshi ma’lum. Olimlarning ta’kidlashiga ko’ra Markaziy Osiyo, yanada aniqrog’i Xorazm zardushtiylikning asl vatanidir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi - "Avesto" ham shu zaminda paydo bo’lgan. Zardushtiylikda olov gunohlardan tozalovchi sehrli kuch hisoblanadi va unga sig’iniladi. "Avesto"da ezgulik xu.do-si Axuramazda, yomonlik timsoli Anxra-Maynko (Axriman), yigit qiyofasidagi quyosh va yorug’lik tangrisi Mitra, go’zal qiz siymosidagi unumdorlik, farovonlik tangrisi.Anaxita, go’zal qush qiyofasidagi baxt, taqdir va boylik tangrisi Humo gavdalanadi.
"Avesto" ibtidoiy oila qoidalarini ham ifodalaydi. CHunonchi, agar ayol homilasini nobud qilsa, bu odam o’ldirishdek gunoh hisoblangan. Buning uchun javobgarlik ayol va er zimmasiga yuklangan. Bu ayb uchun ular oshkora qatl etilishlari lozim bo’lgan. SHu bilan birga erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo’lmasa, unga tamg’a bosilgan yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur qilingan.
Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida oila munosabatlariga doir "Ro’zi Isfandarmo’z" ("Ro’zi" - kun, "Isfandarmo’z" "iffatli, eriga sadoqatli xotin farishtasi" nomi) bayrami haqida ma’lumot beradi. Hayo-iffatli, sadoqatli ayollarning bu bayrami Isfandarmo’z oyi-: ning 5-kunida nishonlangan. Beruniyning yozishicha, "O’tmish zamonlarda bu oy va kun xotinlar hayotiga xos bo’lib, erlar| ularga ehson qilar edilar".
Ilk sinfiy (quldorchilik) jamiyati shakllana boshlagan milodiy V asr tarixchilar fikriga ko’ra Markaziy Osiyo xalqla-ri uchun tub burilish, qulchilikdan feodal jamiyatga o’tish dav-ridir. Katta patriarxal oilaning yemirilishi va undan kichik oilaning ajralib chiqishi ham shu davrga to’g’ri keladi. Lekin bu katta oilaning umri tugadi, degan ma’noni kyoltirib chiqar-maydi. Katta oila feodal tuzumda ham uzoq yillar davomida saqlanib qolgan. Unga asta-sekin barham berilishi mulk shakli tubdan (qabila-urug’chilik umumiy mulkidan xususiy mulk-ka o’tish) o’zgarishi bilan bog’likdir.
Markaziy Osiyo shaharlari, umuman iqtisodiy jihatdan ta-raqqiy etgan hududlarda kichik oila milodiy U-U1 asrlarda tarkib topa boshladi. Ko’chmanchi jamoalarda esa kichik oila-larning paydo bo’lishi X-XN asrlarga borib taqaladi. SHu bilak birga iqtisodiy jihatdan qoloq hududlarda XIX asr oxi-ri XX asr boshlarida ham patriarxal - katta oila qoldiqla-rini kuzatish mumkin.
VII asrda Movarounnahrning arablar tomonidan istilo qili-nishi, o’lkada islom dinining tarqalishi ijtimoiy, shu jumladan nikoh-oila munosabatlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Umuman o’lkada aholining musulmonchilikka o’tishi bir yarim asr davom etgan.