birinchidan, bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo’lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin;
ikkinchidan,barcha masalani, muhokama va mulohazani tezdan va to’g’ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so’zlovchining maqsadi va aytilgan fikrning chinligini tezda payqay oladigan bo’lsin;
uchinchidan,xotirasi juda baquvvat bo’lsin, ko’rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo’lsin;
to’rtinchidan,zehni shu darajada tez va o’tkir bo’lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan, bu alomat nimani bildirishiligini tezdan bilib olsin;
beshinchidan, so’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin;
oltinchidan,bilish va o’qishga muhabbati bo’lsin, o’rganmoqchi bo’lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o’zlashtira olsin;
ettinchidan, ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan uzoq bo’lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo’lsin; sakkizinchidan, haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini se-vadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydi-gan bo’lsin;
to’qqizinchidan,ruhi g’ururli va o’z vijdonini qadrlaydigan bo’lsin, uning ruhi o’z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga intiladigan bo’lsin;
o’ninchidan,dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin;
o’n birinchidan, o’z tabiati bilan adolatni va adolat uchun kurashuvchilarni sevadigan, adolatsizlik za jabr-zulmga hamda adolatsizlikka hamda jabrzulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin, o’z odamlari va boshqalarga adolatli bo’lsin, go’zal va yaxshi hisoblangan narsalarini barchaga takdim etgan holda, odamlarni adolatga targ’ib etadigan va adolatsizlik natijalarini yo’qotadigan va ularga yo’l qo’ymaydigan bo’lsin;