A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə10/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
53e1d82115c1c

birinchidan, o’zbek oilasi bu davrda o’lkada islom dini tarkalishi natijasida islomning oilaga taaluqli qonun-qoida-lariga asoslangan edi. Bu oilada erning mavkei balandligini, shu bilan birga xotin ham muayyan haq-huquqlarga egaligini
bildiradi;
ikkinchidan, o’zbek oilzsi o’z o’tmishdoshlarining eng yaxshi fazilatlari - yurtiga, el-ulusiga, qon-qardoshlariga sadoqat mexr-muhabbat, mehnatsevarlik, fidoyilik, hamdardlik va bo shqa xislatlarni mujassamlashtirgan edi;
uchinchidan, o’zbek oilasi SHarq ahloq-odobi me’yorlari -ahillik, o’zaro yordam, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat va mehribonlik, vafodorlik, poklik, andishalik, hayo va uyat, sabr qanoat, vazminlik, qanoatlilik asosiga kurilgan edi;
to’rtinchidan, o’zbek oilasi serbutoqlik, serfarzandlits bilan ajralib turardi. Bu avlodni davom ettirish ma’suliya-ti,katta oila an’analari, kadimiy bolaparvarlik qadriyatla-ri bilan izohlanardi. Xalqimizda "O’nta bo’lsa o’rni boshqa" naqli bejiz paydo bo’lgan emas: o’zbeklar eng bolajon millatlardandir; "
beshinchidan, o’zbeklarda oila qurishga o’ta jiddiy munosa batda bo’lingan. SHuning uchun xalkda "Ot olish uchun bir oy kengash qil, uylanish uchun bir yil", "Tanish-bilish -bir yil' chilik, qudachilik - ming yilchilik ", "Aslini bilmay so’z de-maslar, naslini bilmay qiz bermaslar" deyishadi;
oltinchidan, o’zbek oilasi juda qadimdan jamoaviy tur mush tarziga asoslangan. O’zbeklar o’trok hayot kechirganlikla: ri, dehqonchilik bilan shug’ullanganliklari uchun ular yanpya yerlarni o’zlashtirish, bu maydonlarga suv chiqarish uchun ariq^ zovurlar qazishda bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlariga-1 jamoa bo’lib hamjihatlik bilan ishlashlariga to’g’ri kelgan. I
Qadim-qadimdan o’zbeklarda hashar eng ajoyib udum bo’lgan! ligi ham ana shu turmush tarzining amaliy ifodasidir. Jamoa] hashari bilan uy-joylar, ko’priklar kurilgan, boshqa obodon-1 chilik ishlari amalga oshirilgan.
O’lkada hududiy qo’shnichilik " mahalla", "guzar\ "masjid"» "jamoa", "elat" nomlari bilan atalib, bu faqat joy nominga emas, shuningdek bu hududda istiqomat qiluvchi jamoani ham anglatgan.
Jamoaning yoshlar tarbiyasidagi o’rni ham juda katta edsh "bir bolaga yetti mahalla ota-ona" iborasi ham buni yakkol ifodalaydi;
ettinchidan, mehmonnavozlik o’zbek oilasining eng qady-miy xususiyatlaridan biri. O’zbek xonadonlarida uylarida mexmonlar uchun maxsus eng katta va hashamatli xona kurilgan. Gap-gashtaklik, mushoira juda keng tarkalgan.
Mehmon oilada eng mo’’tabar zot - ota darajasiga ko’taril-gan: "Mehmon otangdek ulug’".O’zbek oilasi xonadoni eshigini takillatib kirgan har kanday kimsa - hatto u g’anim bo’lsa ham izzat-ikrom bilan kutib olingan.
Hozirgi davrga qadar mehmon bir oilaning emas, balki shu yerda yashovchi qo’ni-ko’shnilar uchun ham eng aziz va tabarruk inson hisoblanishi Farg’ona vodiysi, Xorazm viloyati,boshka xududlarda saqlanib qolgan. Agar mehmonning vaqti yo’qligi yoki boshka biror sababga ko’ra u shu mahalladishlokdagi qo’shni-larnikiga mehmondorchilikka bora olmasa, unga atab maxsus pishirilgan eng mazali taom mehmon turgan xonadonga olib kelinadi;
sakkizinchidan, o’zbek oilasi uchun bag’rikenglikdantilik ham xosdir. O’zbeklar ko’ni-ko’shnilari ular qaysi millat va elatga mansubliklaridaysi dinga e’tiqod qilishlaridan qat’i nazar ahil va inoqdinch-totuv yashaganlar.O’lka aholisi ko’p millatli bo’lganiga qaramasdan tarixda millatlararo nizolar kuzatilmagan. O’zbeklarning boshqa millat vakillari bilan turmush qurishlari hollari xam kam emas.
O’zbek oilasi shakllanishi davrida katta (patriarxal) oila-dan kichik (monogam) oilaga o’tish hollari kuzatilishi munosabati bilan tub aholi nikoh-oila munosabatlari xususiyatlari-ga taalluqli quyidagi masalalar alohida ahamiyatlidir
birinchidan, bir urug’, qabila, millat vakillaridan iborat oilalardagina emas, shuningdek mahalliy turli elatlarga mansub oilalarda ham uning a’zolari ota hamda ota urug’i milla-tiga mansub ekanlarini yaxshi bilardilar. Har bir tub mil-latning etnik birlashuvi, bu millatlar ichidagi urug’-aymok-chilik alohidaligining bo’shashishi sharoitlarida bevosita oila-Aagi o’zlikni anglash asta-sekin milliy o’zlikni anglashning shakllanishiga xizmat kildi. O’z navbatida milliy o’zlikni anglash uruqqa mansublik hissini orqaroqqa surib ko’ydi. ^illiy rivojlanishdagi bu taraqqiyot boshkalardan ilgariroq o’troq hayot kechirishga o’tgan xalqlarda kuzatiladi.
SHu munosabat bilan, fikrimizcha, oilaning etnosni birlashtiruvchi roli millatni jipslashtirish, uning o’ziga xosligini hamda o’zligini saqlab qolishning, shuningdek jamiyat, davlatni rivojlantirishning muhim omili bo’lib keldi va bo’lib qoladi;
ikkinchidan, Markaziy Osiyoda aholining aksariyat qismi| I qishlokda yashashi sababli mehnat qurollari ibtidoiy, dala-larni sug’orish mashaqqatli bo’lgani holda dehqonchilik qilish \ uchun birgina jamoaning emas, balki oila qarindosh-urug’la-rining ham sa’y-harkatlarini birlashtirish talab etilardi. O’lkada katta oilalar saqlanib qolingan shu omillar I qatori bu bilan birga ma’naviy-axloqiy mezonlar ham ta’-sir o’tkazardi. O’zbek oilalarida katta avlod birgina farzandlari emas, nevaralari tarbiyasi uchun ham o’zlarini mas’ul hisoblar edilar. SHuning uchun katta oiladan yangi oila | nevara uylanganidan keyingina ajralib chiqishi tasodifiy . emasdi.
Katta oila, ayniqsa, nochorroq aholi o’rtasida ko’proq tahlil bo’lgani va saqlanib qolgani iqtisodiy jihatdan maq- ; sadga muvofiqligi bilan ham izohlanardi. Katta oilada uning a’zolari uchun xo’jalik yuritish, ishlab topilgan da-romadni sarf etish, bir qozondan ovqatlanish har tarafla-ma manfaatliroq edi. SHu sababli ham jamoa uylangan o’g’il-ning katta oiladan ajralib chiqishiga salbiy munosabatda bo’lardi.
O’zbek oilasida onaning o’g’li uylanganidan so’ng odatda boshqa tug’masligi ham.fikrimizcha, ijobiy xususiyatlar qatoriga kiradi. Bundan jamoadagi axloqiy-etik qarashlar oila-da bolalar soni haddan tashqari ko’payib ketishiga ma’naviy jihatdan hayrihohlik bildirilmaganligi xulosasi kelib chiqadi. Uylashimizcha, bu "yozilmagan qonun"ga amal etilishida ota-onalar, jamoaning juda kech ko’rilgan bola yetim bo’lib o’smasligi to’g’risidagi g’amxo’rlik ham yotadi. CHunki, bu davrlarda tub aholining o’rtacha umr ko’rishi 40-50 yoshdan oshmasdi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin