A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Nazorat savol va topshiriqlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə11/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
53e1d82115c1c

Nazorat savol va topshiriqlari
1.Oilashunoslik fanining predmeti va vazifalarini aniqlang?
2.Jamiyat va oila deganda nimani tushunasiz?
3.Yoshlarni oiladagi muloqotga tayyorlash haqida ayting?
Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar

  1. SHoumarov G’.B. “Muhabbat va oila” Toshkent, 1994 yil

  2. SHoumarov G’.B.taxriri ostida “Oila psixologiyasi” Toshkent, 2000 yil

  3. “1001 savolga psixologning 1001 javobi” SHoumarov G’.B. taxriri ostida. Toshkent 2000

  4. «Xademay oila quramiz» Toshkent 2004 yil

  5. Kinessa “Brak pod mikroskopom” M.1997 yil

2.MAVZU: ShAXSLARARO MUNOSABAT JARAYoNIDA ShAXSNI ShAKLLANIShI.
Dars o’quv maqsadi: Shaxslararo munosabat jarayonida shaxsni shakllanishi haqida talabalarga o’rgatish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Ilk bolalik yoshi (0-3 yosh), bog’cha yoshida davri (3-6 yosh), kichik maktab yoshi (6-11 yosh), o’rta maktab yoshi (15-17 yoshi),katta maktab yoshi (15-17 yoshi).
Asosiy savollar:

  1. Barqaror guruhda shaxsni shakllanishi.

  2. O’zgaruvchan muhitda shaxsni shakllanishi.

  3. Shaxs shakllanishining yosh davrlari.



Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni
1. Shaxsni shakllanishini umumiy holda uni “yangi ijtimoiy muhitga kirish va unga jarayoni” sifatida tasavvur qilishi mumki. Bunda so’z bolaning bog’chadan maktabgacha, o’smirning yangi kompaniya (guruh)ga, abiturientning mehnat jamoasiga, chaqiriluvchining armiyaga global kenglikda, ya'ni chaqaloqlikdan yetuklik darajasigacha bo’lgan jarayon xaqida so’z borar ekan, buni inson hayoti sifatida, uni turli xil guruhlardagi faoliyati va bu faoliyatni tushunishi va unga moslasha borib, o’zini shakllantirib borishi deb tushunish darkor.
Barqaror guruhda shaxsni shakllanishi bosqichlari “shaxsni rivojlanishi davrlari” deb ataladi. Shaxsni rivojlanish davrlarini uchga bo’lish mumkin:
1) moslashish, 2) individual yondoshish, 3) birlashish.
Shaxsni shakllanishini birinchi davri xarakatdagi guruhning normalarini faol o’zlashtirish va faoliyatning forma va vositalarini egallashni faraz qiladi. O’zining individualligini tashkil qiladigan barcha narsalarni u yangi guruhga olib kirib, subekt o’zini shaxs sifatida ilgaridek ehtiyojlarini qodira olmaydi, chunki u harakatdagi guruhning normalarini (ahloqiy, o’quv, ishlab chiqarish va boshqa) o’zlashtira olmagan va guruh a'zolari kabi faoliyatning vosita va usullarini egallamagan bo’ladi. Unda “hamma qanday bo’lsa, shunday bo’lishi”, guruhga ko’proq moslashish zaruriyati tug’iladi.
Bundan tashqari, guruhiy faoliyatda shaxsning yangi qirralarini ochib beradigan qulay sharoit yaratilishi mumkin va bu guruhiy rivojlanishi darajasiga mos keladi hamdashu darajani ushlab turadi. Shunday qilib bu birinchi davr bo’lib, u-moslashish davridir.
Ikkinchi davr- sub'ektining “hamma kabi” bo’lib kolishi va individ sifatida birinchi davrda ehtiyojlarini qondirilmaganligi orasidagi karama-qarshiligi bilan boshlandi. Bu davrda sub'ekt o’zini individualligini ko’rsatish uchun vosita va usullarni topishga xarakat qiladi. Masalan: yangi guruhga tushgan o’smir boshqalardan ajralib turishga harakat qilmay, balki guruhdagi qabul qilingan muomala, leksikasi, kiyinish, umumiy qiziqish va didiga, moslashish qiyinchiliklariga bardosh berib, bu taktikaga ergashib o’z shaxs sifatida o’zligini yo’qotayotganligini his qila boshlaydi. Bu holatda u butun ichki imkoniyatlarini o’zining individual xususiyatlarini yuzaga chiqarishga yo’naltiradi. Bu ikkinchi davr-individuallik davridir.
Uchinchi davr-bir tomondan-oldingi davrlardagi sub'ektning individual xususiyatlarini boshqalar tan olishini va uning o’ziga xosligini ko’rishilari bo’lsa, ikkinchidan-uning individual xususiyatlarini qabul qilishlari, qo’llab-quvvatlashlariga, ehtiyojini guruhiy faoliyatda qondirilishi qarama-qarshiligida ifodalanadi.
Kechagi o’quvchi, bugungi yosh ishchi bo’lgan sub'ekt ishlayu chiqarish brigada a'zosi bo’lib, moslashish davridan o’tib, ikkinchi davrda esa o’zining individualligini topishiga harakat qiladi, shaxs sifatida jamoada o’z o’rnini topishga intiladi. Buni natijasida aniqlangan ijrobiy tafovutlar (ishchanlik, hazil ishdagi topqirlik, qidokorlik) qabul qilinishi va qo’llab-quvvatlanishi-shaxsni guruhga birlashishi yuzaga keladi.
Shunday qilib, uchinchi davr-shaxsni guruhga birlashish davridir. Bu davr doirasida guruhiy faoliyatda inidvidda yangicha shaxs yuzaga chiqardi. Yuqorida aytib o’tilgan davrlar shaxsnin shakllanishida ma'lum bir holatni tashkil etadi. Individ ishtirok etayotgan ijtimoiy holat o’zgarganda shaxs shakllanishi ham o’zgarish yuz beradi. Masalan: Biror bir rahbar lavozimidan tushgandan keyin yuqorida aytib o’tilgan davrlarni qaytadan boshidan o’tkazadi.
2. Shaxs ishtirok etayotgan va o’zgarayotgan ijtimoiy muhit nisbatan barqaror bo’lib, u ham doimiy o’zgarishda va shakllanishda bo’ladi. U ya'ni muhit doimiy ravishda yangi va yangi qirralarini ochib boradi va odamni yangidan yangi holatlarga duchor qilaveradi. Masalan: o’rta maktab sharoitida shaxs shakllanishi bir maromda o’tsa, ishlab chiqarish brigadasiga o’tganda yoki harbiy xizmatga chiqarilganda keskin o’zgaradi. Chunki turli guruhlarda o’ziga xos ijtimoiy psixologik qonuniyatlar mavjudki, bu o’z navbatida jiddiy nazariy xatolarga va amaliy qarorlarni noto’g’ri qabul qilishiga olib kelishi mumkin. O’zgaruvchan muhitda shaxsni shakllanishi bosqichlari shakllanishi davri deyiladi. Barqaror muhitda shaxs shakllanishi jarayoni yetarlicha qiyin bo’lsa, o’zgaruvchan muhitda esa yanada qiyin kechadi, chunki indivi bir muhitdan bunga teskari bo’lgan va ijtimoiy – psixologik qonuniyatlari boshqa guruh qabul qilingan shaxs boshqa guruh tomonidan inkor qilinganda u yana va yana o’zining shaxsiy pozitsiyasida qattiq turishiga to’g’ri keladi. Shunday qilib, qarama-qarishliklarning yangi qirralari yuzaga chiqaveradi va shaxs shakllanishi jarayonini qiyinlashtiradi, bu esa asablarning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shaxs guruhda shakllanadi, shaxsning shakllanishi xususiyati va xarakteri guruhning shakllanganlik darajasi bilan belgilanadi. Mashhur psixolog va pedagog A.S.Makarenkoning “Shaxs jamoada va jamoa orqali shakllanadi” fikrini davom ettirgan holda, “bola, o’smir, o’spirin shaxs shakllanganlik darajasi turlicha bo’lgan guruhlarga izchillik bilan kirishi natijasida shakllanadi”.
Shaxsning yuksak siqatlarini rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yuqori daraja shakllangan guruh, ya'ni jamoa yaratib beradi.
3. Pedagogika va psixologiya fanlari shaxsni shakllanishini quyidagi yosh davrlariga ajaratishadi:

  1. Ilk bolalik yoshi (0-3 yosh),

  2. bog’cha yoshida davri (3-6 yosh),

  3. kichik maktab yoshi (6-11 yosh),

  4. o’rta maktab yoshi (15-17 yoshi),

  5. katta maktab yoshi (15-17 yoshi).

Ilk bolalik yoshida shaxs shakllanishi oilada amalga oshiriladi. Oilaviy munosabatlardagi kelib chiqqan holda bola shaxsi yoki g’amho’r, mehribon, o’z xato va kamchiliklarini tan olishdan qo’rqmaydigan, ochiq ko’ngil, kichik odamlar majmuriyatlaridan qochmaydigan, yoki qo’rqor, dangasa, baxil, injiq, o’zini o’ylaydigan bo’lib shakllanishi mumkin.
Ilk bolalik yoshida shakllanish davri quyidagi natijalarni ayd etadi: birinchidan-moslashishi darajasida oddiy ko’nikmalarni o’zlashtirish va ijtimoiy hayotga kirishish vositasi sifatida so’zlashni lozim; Ikkinchidan-individuallanshish asosida atrofdagilarga o’zigi qarshi qo’yish; ya'ni “meni oyim”, “men onamni qiziman, o’g’liman”, “meni o’yinchoqlarim” kabi o’zini boshqalardan ajratib ko’rsatishi va uchinchidan esa-moslashish, ya'ni o’zini harakatlarini boshqarilishiga yo’l qo’yishi, atrofdagilar bilan hisoblashishi, kattalarning talablariga bo’ysunishi va boshqalar.
Bog’cha yoshi davri-bolani bog’chalar o’z tengdoshlari guruhiga kiritilishi va bu guruhni referent shaxs sifatida boshqalardagi va bola ota-onasi bilan teng ko’radigan tarbiyachi tomonidan boshqarilishi bilan xarakaterlanadi. Tarbiyachi ota-onalar yordamida faoliyatning turli forma va turlaridan (o’yin, o’quv mehnat va sport) foydalangan holda o’z atrofida jipslab; ularda ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Bu davrda shaxs shakllanishining uch davri faraz qilinadi: birinchisi-moslashish-boshqalar bilan o’zaro xarakat qilish sharoitida halq-atvor normalari va usullarini o’zlashtirish; ikkinchisi-individuallashish-bola o’zidan boshqalarda uchramaydigan, boshqalardan ajralib turadigan biron xususiyatini ko’rsatishi, (salbiy yoki ijobiy) va bunga bolalarning, ota-onasi va bildirilishiga harakat qiladi, uchinchisi esa- kirishib ketish-bolaning o’zining xarakatlari bilan boshqalarga o’xshamaslini ko’rsatish va maktabga kattalarning yordamini qabul qilishiga tayyorligini bildirishga intiladi.
Kichik maktab yoshida ham xuddi bog’cha yoshi davridagidek kechadi. Bunda ham uchta davr o’quvchining sinfdoshlar guruhiga kirishib ketishiga imkoniyat yaratib beradi. Bu yosh davrida faqat tarbiyachidan farqli o’laroq o’qituvchi kunlik dars nazorati asosida va baxo qo’yish asosida bolaning o’z tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlarini hamda ota-onalari bilan rol o’ynaydi, shu bilan birga o’quvchini o’ziga nisbatan bo’lgan munosabatini ham o’zgartirishga yordam beradi, ya'ni o’ziga “boshqanim ko’zi bilan” qarashga o’rgatadi.
Ta'kidlash lozimki, nafaqat o’quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o’quvchini shaxsini shakllanishida muhim faktor bo’ladi, balki katta yoshdagilarning uning o’quv faoliyatiga, o’zlashtirishiga intizomiga va harakatchanligiga bo’lgan e'tiborlari ham muhim hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi uchuinchi davr, ya'ni birlashish, kirishib ketish davri o’quvchida “o’quvchi-o’quvchi”, “o’qituvchi-o’qituvchi”, “o’quvchi-ota-ona” tizimida yaqqol namoyon bo’ladi va ahamiyat kasb etadi.
O’rta maktab yoshida esa o’ziga xos spetsifik xususiyati shundan iboratki, bu davrda o’quvchining shaxsi shakllanishi rivojlangan guruh sharoitida yuzaga keladi, lekin bunda sharoitlar boshqa, yosh davridagidan keskin farq qiladi, ya'ni turli fandan turli o’qituvchilarning dars o’tishi, jamoat ishlarining mohiyati, qishloq xo’jalik ishlari, turli kechalar va xokazolar, organizmdagi biologik o’zgarishlar va jinsiy yetilishlar ham ma'lum darajada ahamiyatga ega bo’ladi.
Bu vaqtga kelib, guruhlar ham sifat jihadan o’zgaradi. Turli ko’rinishdagi faoliyat turlari turlicha vazifalarni bajarishi jarayonida turli maqsadlarni ko’zlagan guruhlarni yuzaga keltiradi. Bir guruhda ijobiy xarakterdagi tasavvurlar tug’ilsa, ikkinsi guruhda esa salbiy fikrlar ustunlik qilishi, uchinchi bir guruhda esa shaxsni shakllanishiga to’sqinlik qiluvchi fikrlar tug’ilishi mumkin.
O’smirning guruhlararo qarama-qarshi pozitsiyasining ahamiyati ham kam emas, chunki bu holat ham ma'lum jihatdan ham uning ichki dunyosini shakllanishida muhimdir.
Shaxsning jamoada shakllanishi jarayoni-yoshlikning spetsifik xususiyati bo’lib, bu katta maktab yoshi bilan chegaralanib qolmaydi, balki yoshlikning ostonasi ham hisoblanadi. Mehnat jamoasida shaxsning moslashishi, individuallashuvi va kirishib ketishi insonning yetuk shaxs bo’lib yetishishini ta'minlaydi va jamoaning o’zini ham jamoa sifatida shakllanishi sharti hisoblanadi. Yuqori shakllangan guruhga shaxsning kirishib ketishi, jamoaga berilgan xarakteristika-shaxsga berilgan xarakteristika bo’lib hisoblanadi (ya'ni, guruhiy shaxsiy sifatida, shaxsiy esa guruhiy sifatida).

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin