A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Hozirgi zamon oilasining asosiy funktsiyalari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə14/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
53e1d82115c1c

Hozirgi zamon oilasining asosiy funktsiyalari. Oilaning ij timoiy funktsiyalari haqida gapirganda, bir tomonda jamiyatning oilaga ta'sirini, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o’rnini, olaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) funktsiyalarini hisobga olish lozim.Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy funktsiyalarni bajargan: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv).Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funktsiyalari qatorida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv), feliotsitologik kabilar.
Oilaning iqtisodiy funktsiyasi.
Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsilardan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga zurur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejab ro’zg’or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishlariga bog’liq. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta'minlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi.Tasavvurga osonroq bo’lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga yetkazish uchun oila davlatga kamida 1 ta “Neksiya” avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya'ni har tomonlama kamol topgan ma'naviy ahloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni yetishtirishning ma'naviy-ahloqiy jihatlarini hech qanday iqtisodiy mezon bilan o’lchab bo’lmaydi.
Bu oilani iqtisodiy funktsiyasini atigi birgina shaxsni shakillantirishdagi foydasini ko’rsatadi xolos. Oilada xo’jalik ishlarini yuritish, moddiy ne'matlar ishlab chiqarish kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funktsiyasi ahamiyatini tobora orttiraveradi.
Oilaning reproduktiv funktsiyasi.
Oilaning muhim bo’lgan funktsiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funktsiyasidir. Bu funktsiyaning asosiy mohiyati inson turini davom ettirishdan iboratdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funktsiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanish uchun har bir oilada nechtadan farzand bo’lishi lozimligi nazarda tutiladi. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo’ladigan bo’lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo’q bo’lib ketishi mumkin ekan. Har bir oilada ikkitadan farzandning bo’lishi ham aholi sonini saqlab turishni ta'minlay olmaydi. Demograflarning ta'kidlashlaricha, oila o’zining reproduktiv funktsiyasini bajarishi uchun har bir oilaga o’rtacha 2,6 ta farzand to’g’ri kelishi kerak.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin