A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə4/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
53e1d82115c1c

Islom dini Arabistonda vujudga kelgan bo’lsa ham u Movarounnahrda ravnaq topgani musulmon olamida e’tirof etiladi. O’lka ulamolari ilohiyot, huquq, ahlok va ijtimoiy ta’limotga oid madaniy va ma’naviy merosni takomillashtirib borganlar. Burhoniddin Marg’inoniy va uning mashhur "Xtsdoya" asari buning eng yorqin dalillaridan biridir.
Burhoniddin Marg’inoniy Farg’onada tavallud topib, Mar-g’ilon, Buxoro, Samarqand diniy va ma’rifiy markazlarida Hadis, tafsiya va fiqh ilmini o’rgangan.
Burhoniddin Marg’inoniyning shoh asari - "Hidoya" arabcha-Dan tarjimada "to’g’ri yo’l ko’rsatish", "ishonchli qo’llanma" ma’nolarini anglatadi. Unda islom huquqi - fiqhga doir ko’p masalalar qatori alohida "Nikoh kitobi" mavjuddir. "Hidoya"-Da "Musulmonlarning nikohlari faqatgina (kamida) ikkita guvoh hozirligida bog’lanadi. Guvohlar ikkisi ham hur, oqil, bolig’ musulmon erkaklar yoki bir er ikki ayol bo’lmog’i lozim". Muallif (Burhoniddin Marg’inoniy) aytadilar: "Bilginki, nikoh bobida guvohlik shartdir". CHunki Rasululloh (s.a.v.) guvohlarsiz nikoh nikoh emas" deganlar".16 Islom huquki qon-qardoshlar o’rtasida nikohni ta’qiqlaydi. "Hidoya"da bu qoida Kur’onning Niso surasi 22-,23-oyatlari keltirilgan holda asoslab berilgan. Nikoh-oila munosabatlariga doir islom tartib-qoidalarida oilada erning hukmronligi ko’zda tutilgan: "Ayolning ...taloq qilishga haqqi yo’q. Chunki er uning xo’jayi-nidir va u taloq qilishga haqlidir".
SHu bilan birga oilada ayollar ham o’z haq-huquklariga ega bo’lganlar. "Hidoya"da "Abo’ Hanifa va bir rivoyatda Abu Yusuf-ning nazdlarida, oqila, bolizg’a, hur ayolning nikohi hoh u qiz bo’lsin, hoh juvon bo’lsin, valiysiz ham o’zining roziligi bi-lan bog’lanaveradi", degan koida quyidagicha asoslanadi: "Nikoh joizligining sababi shundan iboratki, bu masalada kelishi-cha, ayol o’zining xolis haqqidan foydalangan, chunki u oqila, oq-qorani ajrata oladigan bo’lgani uchun o’z haqqidan foydala-nishga haqli. SHuning uchun ayol mol-mulkni. tasarruf etishga ham, o’zi uchun er tanlashga ham haqqi bor"19
Burhoniddin Marg’inoniy nikohda ayol huquqini quyidagicha izohlaydi: "Bizning fikrimiz: balog’atga yetgan qiz bevosita shariat qonunlariga buyurilgan, o’zicha hur insondir. SHunday ekan, uni majburlashga hech kimiing haqqi yo’q. Balog’atga yetmagan yosh qizga esa, uning aqli hali yetilmagani uchun vasiylik tayinlanadi. Balog’at yoshiga yetishi bilan uning aqli ham mukammal bo’ladi. Unga shariat qonunlariga amal qilish buyurilgani buning dalilidir. Natijada uning hukmi xuddi o’g’il bolaning hukmiga hamda molni tasarruf etishdagi qoidaga o’xshab qoladi. Ota mahrga faqat qizning roziligi bo’lgandagina ega bo’lishi mumkin. Aks holda, agar rozi bo’lmasa, mahrni olishga haqqi yo’q".20
"Hidoya"da nikohni bekor qilishda er-xotinning huquqlari bab-barobar ekani ham ta’kidlanadi: "(Quduriy) aytadi: "(kuyov-qalliq balog’atga yetganlaridan keyin nikohni bekor qilish uchun qozining hukm chiqarishi shart qilinadi)"...CHunki nikoh Maxfiy zararni daf etish uchun bekor qilinadi va bu maxfiy zarar nikoxda ko’zda tutilgan maqsadlarga halal berishi mumkin. SHuning uchun bu masalada erkak bilan ayolning haqhuquqlari bab-barobar e’tiborga olingan"21.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin