A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Nazorat savol va topshiriqlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə30/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
53e1d82115c1c

Nazorat savol va topshiriqlari

  1. Er-xotin nizolari haqida ayting?

  2. Ota-ona va farzandlar o’rtasidagi nizolari haqida gapirib bering?

  3. Qaynona va kelin o’rtasidagi nizolar haqida tushuntiring?

  4. Ajralish va uning oqibatlari haqida aytib bering?



Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar

  1. SHoumarov G’.B. “Muhabbat va oila” Toshkent, 1994 yil

  2. SHoumarov G’.B.taxriri ostida “Oila psixologiyasi” Toshkent, 2000 yil

  3. “1001 savolga psixologning 1001 javobi” SHoumarov G’.B. taxriri ostida. Toshkent 2000

  4. «Xademay oila quramiz» Toshkent 2004 yil

  5. Kinessa “Brak pod mikroskopom” M.1997 yil



9.MAVZU: Oila va nikohning huquqiy kafolati.
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga Oila va nikohning huquqiy kafolatini o’rgatish.


Tushunchalar va tayanch iboralar:


Asosiy savollar:

        1. Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bo’g’ini.

        2. Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari.

        3. Oila huquqining asosiy printsiplari .

Oila bo’lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat inson zotigagina xosdir. SHu bois oila jamiyatning birinchi va birlamchi bo’g’ini hisoblanadi. SHunga ko’ra hech mubolag’asiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, tayanch tuzilmasidir. CHunki bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va axloqan tarbiya topadi.


Binobarin, oila er-xotin, ularning bola-chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, ya’ni xonadon hisoblanadi. Ayni chog’da oila odamlarning tabiiy, i qtisodiy, hu qu qiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi hamdir.
Demak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasidir, ijtimoiy asosdir. Oila qanchalik mustahkam bo’lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo’ladi va tez rivojlanadi. Zero, jamiyat asosi – oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borishi g’oyat muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston SHarq mamlakatlari sirasiga kiruvchi davlatdir. Ma’lumki, SHarqda qadimdan oila muqaddas maskan sanalgan. Unga bunday e’zozli munosabat bugungi kunda ham o’zgargani yo’ q.
«Oila, - deydi mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov, - hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, mu qaddas urf-odatlarimizni sa qlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i…». SHu fikrning o’ziyoq oilani e’zozlash, uning qadrqimmatini yuksakka ko’tarish bizning ongimizga mustahkam jo bo’lganligining yor qin dalilidir.
O’zbek oilasi serfandzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik kabi ijobiy hususiyatlari bilan ajralib turadi.
O’zbek oilasining o’ziga xos etnografik xususiyatlari: ko’p bolalik, ko’p tabaqalilik (bir necha avlod vakillarining birga yashashlari), avlodlar o’rtasidagi bog’li qlikning boshqa mamlakatlardagina nisbatan kuchliligi va shu kabi qator xususiyatlari uning psixologik ahamiyatini yanada orttirib yuboradi.
O’zbekiston dunyoda aholisining soni ancha tez ko’payib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Oila erkak va ayolning nikohdan o’tib, biryostiqqa bosh qo’ygan kunidan boshlanadi. Uning eng muhim vazifasi naslni davom ettirish hamda ota-bobolarning eng yaxshi an’ana va udumlarini davom ettirish, turmushni mustahkamlashdan iboratdir.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin