A qodiriy "Otkan kunlar" romoni atrofida mulohazalar. Reja kirish. I bob. So‘z yasalishi hodisasi va uning asosiy turlari, ot va sifat yasalishi



Yüklə 53,65 Kb.
səhifə4/13
tarix25.12.2023
ölçüsü53,65 Kb.
#196765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
A qodiriy Otkan kunlar romoni atrofida mulohazalar. Reja kiris-fayllar.org

Kurs ishi amaliy ahamiyati. Mazkur malakaviy bitiruv ishi metodik xarakterda ega bo`lganligi bois dars jarayonida qo`llash uchun qator tavsiyalar ishlab chiqildi.
O‘quvchilarga so‘z yasalishi, uning asosi va turlari, so‘z turkumlarida so‘z yasalishi, konkret vaziyatsa ot va sifat yasalishi, ularni yasashning eng faol usullari, sintaktik(kompozitsiya) usul bilan ot va sifat yasalishi haqida, dars jarayonida foydalaniladigan metodlarni qo‘llash, so‘z yasalishi tiplari va so‘z yasalishi vositalari, dars jarayonida savol va topshiriqlardan o‘rinli foydalanish yo‘llari, o‘quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish uchun qiyoslash usullaridan foydalanish usullari izohlandi.
I BOB. SO‘Z YASALISHI HODISASI VA UNING ASOSIY TURLARI,
OT VA SIFAT YASALISHI



    1. O‘zbek tilida so‘z yasalishi, uning asoslari va turlari,


kompozitsiya (sintaktik)usuli bilan so‘z yasalishi
So‘z yasalishi deganda, umuman, har qanday usul bilan bo‘lsa-da , yangi leksik ma’no hosil qilish tushiniladi. Bunda, tabiiy ravishda, so‘z strukturasi ham o‘zgaradi. O‘zbek tilida so’z yasalishining ikki asosi mavjud:

  1. Bir yasovchi asos orqali: yosh+lik, ter+im, ek+in, ish+chan, erk+in, quvon+ch.


  2. Birdan ortiq yasovchi asos orqali: ko’k+sulton, tosh+bag’ir, qor+qiz, boy+chechak, mushtum+zo’r, qozon-tovoq, tarvuz-qovun, oldi-qochdi, poyintar-soyintar, adi-badi, ur-sur, dedi-dedi, yo’l-yo’l, patpat, BMT, O‘zdavnashr, “O‘zbekkino” DUK.


So’z yasash usullari ham aynan ana shu asoslarga nisbatan olinadi, faqatgina ushbu usullarga diaxron(tarixiy) yoki sinxron(zamonaviy) nuqtayi nazardan yondashish talab etiladi.


Umuman, leksika bilan tanishuv yangi so’z qanday hosil bo’lishi haqidagi fikrni yuzaga keltiradi. Shu mazmundagi masala va savollarning javobini leksikologiya bilan morfologiya oralig‘ida joylashgan «so’z yasalishi» deb ataluvchi nisbatan yosh fan javob beradi. So’z yasalishi, birinchidan, yangi so’zlar qanday hosil bo’lishi haqidagi fan va ikkinchidan bu tilda ishlaydigan qoidalar va yangi so’zlarni yasash vositalari majmuasi.
So’z yasalishining qanday taraqqiy qilishini anglab yetish yasovchi va yasama asoslar bir-biriga qanday munosabatda ekanini anglab yetish demakdir. Ushbu munosabatlarni anglab yetish nima degani? Bu demak, yasama asos yasovchidan ma’nosi va moddiy strukturasiga ko’ra farqlanadi. Odatda, shunday bo‘ladiki, bir necha yasama asoslar ma’no va material struktura o’xshashligiga ega bo’ladi:
So’z yasovchi tiplar. So’z material qurilishining bir xil ko’rinishi bilan ifodalangan, yasama so’zlar qatori uchun umumiy hisoblangan ma’nolar ( suf- fikslar va har ikkalasining umumiy ishtirokidagi) so’z yasovchi ma’nolar deb ataladi. Bunday ma’nolarni ifoda etuvchi so’z material strukturasi so’z yasovchi ko’rsatkichlar yoki so’z yasovchi vositalar hisoblanadi. Bir xil so’z yasovchi ma’no bilan bir xil takrorlanuvchi so’z yasovchi ko’rsatkich bilan umumlashgan yasama so’zlar qatori so’z yasovchi tiplar deb nomlanadi.
So’z yasovchi tiplar majmuasi - bu tilda faoliyat ko’rsatayotgan shunday murakkab mexanizmki, yangi so’zlar yasalishi unga bog’liq. Mabodo yangi so’z paydo bo’lsa, u ma’lum bir so’z yasovchi tip doirasiga ilashadi. Albatta, tiplar o’rtasida aniq, qat’iy chegara yo’q. Tilda so’z yasovchi tiplardan tashqari ulardan tushib qolgan so’zlar mavjud. Tilda yana shunday so’zlar kuzatiladiki, ular bir paytning o’zida ikki yoki hatto bir necha tiplarga moyillik bildiradi.
Umuman olganda, so’z yasashning butun mexanizmi g’oyatda murakkab. Unga so’z turkumlari ham (turli so’z turkumlari ichida so’z yasash turli alomatlarga ega), yasama so’zlar (asoslar) ma’nolari va boshqa ko’pgina sabablar ta’sir o’tkazishi mumkin.
So’z yasash vositalari. Yangi so’z hosil qila turib, til bajargan harakatlar so’z yasash vositalari deb ataladi. Bu harakatning asosiylari quyidagilar:
a) suffiksal so’z yasash
b) prefiksal
v) perfiksal-suffiksal
2.Ikki yoki undan ortiq asosni bittaga qo’shish (qorbobo, qo’lqop, asalari va boshqalar). Bu asoslarning qo’shilishi deb ataladi va bir necha ko’rinishga ega:
a) asoslarni to’la qo’shish orqali so’z yasash
b) o’zaklarni qisqartma qo’shish orqali so’z yasash (O‘zMU, BMT, MDH,partbilet va bosh).
3. So’zning bir so’z turkumidan ikkinchisiga ko’chishi (semantik usul) asosida .
So’z yasashining bu usuli konversiya (lot.t. conversia - aylanish, o’girilish) deb ataladi.
O’quvchiga taklif etilgan so’z yasash vositalari jadvali to’liq emas. Lekin shuni aytish kerakki, dunyoning turli tillarida so’z yasash vositalari munosabatlari bir xil emas, ushbu vositalarning o’zi ham til tarixi va tilning umumiy xususiyatlariga ko’ra o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Aslida so`z yasalishi tilshunoslikning (leksikologiya, grammatika kabi) mustaqil sohalaridan biri bo`lib, u yangi so`z yasalishi, so`z yasash usullari va, umuman, so`z yasalishi bilan bog`liq bo`lgan hodisalarini o`rganadi. So`z yasash, qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilish ekanligini ko’rib o’tdik: ish+chi—ishchi, hozir + javob — hozirjavob, besh yil +lik — besh yillik kabi. Til taraqqiyoti protsessida uning leksikasi, grammatik qurilishi va boshqa sohalarida bo`lgani kabi so`z yasalishi sohasida ham turli o`zgarishlar yuz beradi. Masalan, so`z yasalishi tiplarining faol yoki nofaolligi turli davrlarda turlicha bo`lishi yoki tarixan yasama bo`lgan so`z hozirgi yasalish nuqtai nazaridan yasama hisoblanmasligi mumkin. Hozirgi o`zbek tilida yasama so`zlar juda ko`p. Lekin ularning yasalishi tarixiy yoki hozirgi yasalishga oid bo`lishi mumkin. So`z yasalishining tahlilida bu ikki hodisani farqlash lozim bo`ladi, uning ma'nosini komponentlarining ma'no munosabati bilan asoslash mumkin (shunday munosabat aniq sezilib turadi): ter+im, yig` + im, o`r + im; arra+la, randa + la, egov + la, insof + siz, savod + siz, ko`rim+siz kabi. Tarixiy (diaxron) yasalishda yasama so`zning ma'nosi va shu ma'noning ifodalanish usulini yuqoridagidek hozirgi so`z yasalishi bilan tarixiy so`z yasalishi. Hozirgi (sinxron) so`z yasalishida yasama so`z komponentlari o`rtasidagi munosabat jonli asoslab bo`lmaydi. Bu ma'no maxsus tekshirishlar, tarixiy kuzatishlar orqali aniqlanadi. Masalan, ko`rpacha- ko`rpa so`zi yotganda ustga yopiladigan, ichiga paxta yoki boshqa narsa solib tayyorlangan narsani, -cha affiksi esa kichraytirish ma'nosini bildiradi. Lekin ko`rpacha so`zi «kichik ko`rpa» degan ma'noni emas, balki ichiga paxta yoki boshqa narsa solib tayyorlangan, o`tirish joyiga to`shaladigan narsani bildiradi. Demak, ko`rpacha so`zning ma'nosini uning ko`rpa va -cha qismlari ma'nosi bilan asoslab bo`lmaydi. Shuning uchun ham ko`rpacha so`zining yasalishi tarixiy yasalish hisoblanadi. Bunda hozirgi ko`rpacha so`zini ko`rpa va -cha kompopentlariga ajratib emas, balki uning qanday qilib shunday ma'noni ifodalovchi so`zga aylanganligini aniqlash, tekshirish kerak. Demak, tarixiy (diaxron) so`z yasalishi bir birlikning (bu o`rganishda morfologik birlikning—kichraytirish shaklining) qanday qilib ikkinchi bir birlikka (leksik birlikka — leksemaga) o`tishini o`rganadi. Hozirgi (sinxron) so`z yasalishida kamida ikkita yasovchi komponent qatnashadi. Bulardan hech bo`lmaganda bittasi mustaqil ma'noli (predmet, belgi, harakat va h.k.) bo`ladi. Yasama so`zni yuzaga keltiruvchi bu komponentlar yasovchilar, ularning o`zaro munosabatidan (birikishidan) hosil bo`lgan birlik yasama (yasama so`z) deyiladi. Yasalmaning yuzaga kelishida qatnashuvchi mustaqil ma'noli qism yasovchi asos (yasalmaning asosi) hisoblanadi. Bunday asos sodda yasama so`zda bitta, qo`shma so`zda birdan ortiq bo`ladi: ishchi: ish — yasovchi asos, -chi — yasovchi affiks, ishchi — yasama; toshko`mir: yasovchi asos — tosh va ko`mir, toshko`mir — yasama. Agar so`z tarkibida, yuqorida aytilganidek, ikki yasovchi komponent qatnashmasa, garchi bu so`z tarkibida yasovchi affiks yoki mustaqil ma'noli qism bo`lsa-da, shuningdek, so`zning ma'nosi bilan so`z yasalishining ma'lum tipi o`rtasida aloqadorlik sezilsa-da, bu so`z yasama so`z bo`la olmaydi. Masalan, qattiq, yumshoq, silliq so`zlariga e'tibor bering. Bulardan yumshoq so`zi yumsha fe'liga -q affiksining qo`shilishidan hosil bo`lganini sezish qiyin emas (-q affksining ta'sirida fe'l oxiridagi a tovushi o tovushiga o`tgan: yumsha+ q — yumshoq), Shuningdek, yumshoq so`zi bildirgan ma'noni yumsha va -q yasovchilari ma'nosi bilan asoslash mumkin: -q affiksi predmetning fe'l anglatgan harakat natijasi sifatidagi belgisini bildiradi: yig`iq, qisiq, yopiq, yirtiq kabi. Q a t t i q so`zi ham aslida xuddi y u m sh o q so`zi tipida yasalgan, buni yumshoq so`zi bildirgan ma'noning yumshash harakati bilan bog`liqlik, qattiq so`zi bildirgan ma'noning qotish harakati bilan bog`liqligidan va ikkalasida bir affiksning mavjudligidan sezib olish mumkin. Lekin yuz bergan fonetik o`zgarish qattiq so`zining qot fe'li bilan bog`lanishini juda xiralashtirib, sezilmas darajaga keltirib qolgan. Shuning uchun bu so`zni qismlarga ajratib bo`lmaydi.



Yüklə 53,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin