A qodiriy "Otkan kunlar" romoni atrofida mulohazalar. Reja kirish. I bob. So‘z yasalishi hodisasi va uning asosiy turlari, ot va sifat yasalishi



Yüklə 53,65 Kb.
səhifə9/13
tarix25.12.2023
ölçüsü53,65 Kb.
#196765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
A qodiriy Otkan kunlar romoni atrofida mulohazalar. Reja kiris-fayllar.org

-choq\-chaq\-chiq. O‘zlik nisbatdagi fe’llarga qo‘shilib, harakat bajarishga moyillikning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: maqtanchoq, tortinchoq, kuyinchak, erinchoq, sirpanchiq, qizg‘anchiq.
-gir\-qir\-g‘ir\-kir. Fe’ldan anglashilgan harakatning kuchliligini ifodalovchi sifat yasaydi: topqir, uchqur, chopqir, olg‘ir, sezgir, keskir.
-ma. Narsaning fe’ldan anglashilgan harakat vositasida yuzaga kelishini anglatuvchi sifat yasaydi: qaynatma (sho‘rva), burma (ko‘ylak), ko‘chma (ma’no), ag‘darma (etik).
-k\-q\-iq\-uk\-uq\-ak. Harakatning natijasi bo‘lgan holat belgisini ifodalovchi sifat yasaydi: iliq, siniq, yig‘loq, chirik, oqsoq, yumshoq, bo‘lak.
-ki\-qi. Fe’l va taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: sayroqi, buzuqi, yig‘loqi, jizzaki, jirtaki.
-kin\-qin-\-g‘in. Fe’l asosiga qo‘shilib, holat, xususiyat ma’nosidagi sifat yasaydi: tushkun, jo‘shqin, ozg‘in, turg‘un.
-mon. Asosdan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: bilarmon, o‘larmon, yeyarmon.
-ag‘on. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajarish qobiliyati kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: topag‘on, bilag‘on, chopag‘on.
-mas. Harakatning inkoriy belgisi bo‘lgan sifat yasaydi: yengilmas, o‘tmas, qo‘rqmas, ajralmas, qaytmas, buzilmas.
-ch. faqat fe’ldan sifat yasaydi: jirkanch, tinch, shoshilinch, tiqilinch.
- qoq\-g‘oq: harakatni bajarishga moyilligi kuchli ekanligini anglatuvchi sifat yasaydi: qochqoq, yopishqoq, urushqoq, tirishqoq.
- ildoq. Taqlid so‘zlardan sifat yasaydi: likildoq, shaqildoq.
2-§. Kompozitsiya usuli. Turli turkumlarga oid so‘z shakllarining tilda mavjud bo‘lgan sintaktik qoliplar asosida qo‘shilishi orqali bitta belgi ifodalashga xoslangan yasama sifatlardir. Bu usul ham hozirgi o‘zbek tilidagi mahsuldor yasalish usullaridan bo‘lib, qismlarning sintaktik aloqasiga ko‘ra quyidagicha guruhlarni tashkil qiladi:
  1. aniqlovchi-aniqlanmish: olachipor, ochsariq, to‘q qizil, qiziqqon, ochko‘z, kaltafahm;


  2. to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish: tinchliksevar, izquvar, muzyorar, ishbilarmon;


  3. hol-hollanmish: ertapishar, tezoqar.


Qo‘shma sifatlar tarkibidagi qismlarning tub yoki yasama ekanligi bilan ham o‘zaro farqlanadi. Masalan: 1) ikkala qismi ham tub so‘zlardan: xomsemiz, kamgap, nimjon, ommabop, izquvar; 2) tub va yasama so‘zlardan tuziladi: sovuqqon, tezoqar, erksevar, ishyoqmas.


Bundan tashqari tilimizda qismlari qo‘shma sifatlardek zich bog‘lanib ketgan gapga usta, ko‘zga yaqin, og‘zi bo‘sh, qo‘li ochiq, bodom qovoq, katta og‘iz kabi birikmali murakkab sifatlar ham mavjud.

Yüklə 53,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin