A qodiriy "Otkan kunlar" romoni atrofida mulohazalar. Reja kirish. I bob. So‘z yasalishi hodisasi va uning asosiy turlari, ot va sifat yasalishi



Yüklə 53,65 Kb.
səhifə10/13
tarix25.12.2023
ölçüsü53,65 Kb.
#196765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
A qodiriy Otkan kunlar romoni atrofida mulohazalar. Reja kiris-fayllar.org

3-§.Semantik usul. Boshqa turkumga mansub so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari ham uchraydi. Sifatga ko‘chish, ya’ni adyektivatsiya hodisasi quyidagi so‘zlar asosida sodir bo‘ladi: a) otning sifatga ko‘chishi orqali: tilla bola, asal qiz, oltin davr, kumush qish; b) fe’lning sifatdosh shakllarining sifatga ko‘chishi orqali: kelishgan yigit, turar joy, oqar suv, kelasi yil, o‘tgan zamon; g) ravishning sifatga ko‘chishi orqali: o‘zbekcha kitob, oqilona maslahat, tez odam. Bundan tashqari so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari juft va takror qo‘llanishi asosida ham yuz beradi: oldi-qochdi gap, tolim-tolim yoki tol-tol soch, yo‘l-yo‘l ko‘ylak.

II BOB. SINTAKTIK USUL BILAN OT HAMDA SIFAT YASALISHINING O‘TILISHI BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR
2.1. Ot va sifat yasalishiga doir mavzularning o‘tilishi haqida
Biz ushbu bob fasllaridan birinchisida yasama otlar hamda sifatlar yuzasidan mashqlar bajarish, savol va topshiriqlarga javob berish bo’yicha amaliy tavsiyalarimizni keltirishni lozim topdik. Buning uchun akademik litsey “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi II qismidan foydalandik. Ikkinchi faslda esa aniq matn ustida ishlab, undagi mavzuga tegishli so’zlarni izohlashni belgilab oldik.
22-dars. va uning uslubiy xususiyaтlari
232-mashq. Ot yasovchi qo‘shimchalar bo‘yicha «Bu meniki» o‘yin-topshirig‘ini bajaring.
I guruh — qurol va narsa oti yasovchilar;
II guruh — belgi hamda mavhum ot yasovchilar;
III guruh — holat-harakat otini yasovchilar.
Quyida so‘zlarning o‘rni aralashtirib berilgan. So‘zlardan siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan qo‘shimchani ajratib oling.
Muattarligi, bilim, surma, cholg‘u, ishonch, chiqindi, tepki, ushlagich, ravshanlik, o‘rash, tuyg‘u, mangu, sevinch, etik, borliq, tortma, oshnoligim, tuzum, og‘u, to‘kinlik, to‘kinchilik, tirgak, bo‘shlik, tortindi, bilim, boshim, tortiq, ezgulik, tilagim, siniq, buzuq, handaq, yotoq, intiq, taxmon, boylik, orzu, boylam, tutatqi, insoniylik, bolaligim, yelpig‘ich, boyligim.
Yuqoridagi so‘zlarni nima uchun o‘z guruhingizga yozganingiz sababini tushuntiring?



Yüklə 53,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin