Savollar quyidagicha bo‘lishi mumkin
1-g u r u h g a
1. Ot so‘z turkumining grammatik ma’nosini ayting.
2. Otlarning yasalishini tushuntiring.
3. Nutqda otning o‘rni va ahamiyati haqida gapiring.
4. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni ayting.
5. So‘z yasovchi qo‘shimchalar mavjudligining nima ahamiyati bor?
6. Yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasini ayting.
7. Kelishik shakllari o‘rtasidagi sinonimiya qanday bo‘ladi?
8. Ko‘makchi va kelishiklar sinonimiyasini tushuntiring.
2-g u r u h g a
1. Ot so‘z turkumining morfologik xususiyatini ayting.
2. So‘z yasovchilar o‘rtasida antonimiya bo‘ladimi?
3. Sof ko‘makchilarni kelishik bilan almashtiring.
4. Qaratqich kelishigiga ta’rif bering.
5. Kelishiklarning qo‘llanishiga ta’rif bering.
6. Harakat — holat oti qanday bo‘ladi?
7. Qaratqich kelishigi bilan tushum kelishigi farqini ayting.
8. Sintaktik usul bilan ot yasalishi deganda nimani tushunasiz?
XULOSA
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi. An’anaviy ta’lim tizimi sharoitida o‘quvchi yoshlarni ona tili va adabiyoti bilan bog’liq zaruriy bilimlar bilan qurollantirish deyarli hal etib bo‘lmaydigan vazifaga aylanib qolgani bugungi kundagi har bir mutaxassis-u pedagog uchun ma’lum bo’lib qoldi. Aynan ana shu holat an’anaviy ta’limdan tubdan farq qiladigan kommunikativ modulga asoslangan yangi ta’lim mazmuniga o‘tilishini taqozo etdi. Yangilangan ta’lim mazmuni dasturlar, darsliklar va zaruriy metodik qo‘llanmalarda o‘z aksini topdi. O‘quvchilarni dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradigan ta’lim tizimi shakllanib kelmoqda. Bu jarayonni tartibga solib va boshqarib turadigan DTS ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga izchillik bilan singdirib borilayotgan innovatsion texnologiyalarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Shu bilan birga dars sifatini belgilab beruvchi yana bir omil o‘qituvchi sanaladi. Ona tili o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi ham o‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha talabalarni adabiy til me’yorlaridan to‘g‘ri foydalanadigan, adabiy nutq me’yorlarini egallagan yetuk ona tili o‘qituvchisi qilib yetkazishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘quvchilarda til imkoniyatlaridan mustaqil holatda to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanishga ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy istiqlol g‘oyasini anglashiga yordam beradi. Shuningdek o‘quvchilarni fanga qiziqtira olish va faolligini oshirish ham o‘qituvchining asosiy vazifasi sanaladi. Shunday ekan darsni sifatli va har bir bolaning olgan bilimiga o‘qituvchi javobgardir.
Ushbu bitiruv malakviy ishida o‘quvchilarga qo‘shma gaplarni qanday qilib oson, tushunarli qilib yetkazish masalasini ochib berishga harakat qildik. Birinchi navbatda, so‘z yasalishi, uning asos va turlari, ot va sifat turkumlariga oid so‘zlarning yasalishi, kompozitsiya(sintaktik) usulida so‘z yasalishining mohiyati, ushbu usul bilan yasalgan ot va sifatlar haqida nazariy ma’lumotlarga qisqacha to‘xtalib o‘tildi. Keyingi bobda dars jarayonini qanday tashkil qilish, darsda nimalardan foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, o‘quvchilarning tub va yasama so‘zlarni farqlay olishlari uchun mavzuga tegishli mashqlardan va matnlardan yasama ot va sifatlarni ajratib oldik va yasalishini ko‘rsatib o‘tildi. Dars jarayonida ushbu misollar o‘quvchilar ishtirokida aniqlanadi hamda izohlanadi. Asosiysi, o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil ravishda o‘zlari bunday misollarni ajratishga, aynan shunday so‘zlarga o‘xshash birliklari keltira olishga o‘rgatish, misollarni tashkil etgan qismlarning asosini va yasalish natijasida ularning ma’nolarini farqlay olishga o‘rgatish, o‘quvchilar o‘zaro bir-birlari bilan aniqlagan so‘zlarini asos va turlari nuqtayi nazaridan tahlil qilishlari bo‘yicha bir nechta mashqlar namuna tariqasida musobaqalar, grammatik o’yin-topshiriqlar bosh qotirmalar vositasida mashqlar bajarildii, bir qator savol va topshiriqlarning javoblari berildi. Shunigdek, dars jarayonida, mavzu doirasida har xil turdagi tarqatma materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi yasama so‘zlar kartochkalarga yoziladi, ularning asos va turlarga ko‘ra tahlili o‘quvchilar hukmiga havola etiladi. Darslikda keltirilgan mashqlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Shu bilan birga ko‘proq o‘quvchilar darsda faol bo‘lishlari, ko‘proq so‘z tuzishlari, tuzgan so‘zlariini so‘z yasalishi asos va turlariga mos tarzda tahlil qilishlari, yasama so‘zlarning o‘zaro farqlarini bilishga o‘rgatish muhim jihat sanaladi. Dars jarayonida ko‘rgazmali qurollar: turli plakatlardan, elektron slaydlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Akademik litsey o‘quvchilari bilan ko‘proq qiyoslash usuli bilan foydalangan holda olib borish o‘rinli bo‘ladi. Chunki ushbu metodga asosan, litsey o‘quvchilarining kompozitsiya (sintaktik) usul bilan yasalgan yasama so‘zlarni o’rganishdan oldin sodda yasama so‘zlar haqida (sodda so‘zlar asosi, sodda yasama so‘zlarning yasalish asosi, affiksatsiya(morfologik) usulining mohiyati, uning boshqa so’z yasash usullaridan farqi, affiksatsiya va kompozitsiya usullarining farqi va sh.k) barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari muhimki, kompozitsiya(sintaktik) usul bilan so‘z yasalishi masalasini birmuncha osonroq tushinishlariga yordam beradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar bilan ko‘proq suhbat metodidan foydalangan holda ish olib borish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |