00
.00.0
№________
joyi
BUYRUQ
Asoslovchi (kirish) qismi
BUYURAMAN:
1 ._______________________________________
2
. _________________________________________________
3 .
4.
5. Buyruq ijrosini nazorat qilish_____________________________ zimmasiga
y u k la tils in .
(lavozimi va familiyasi to'liq yoziladi)
Rahbar:
(imzo)
I. O. Familiyasi
Topshiriqlar:
1-topshiriq.
Gaplami o‘qing. Majhul nisbat va buyruq-istak mayli
shaklidagi qo‘shimchalaming m a’no, vazifasiga e’tibor bering va daftaringizga
ko‘chiring.
1. Bosh muhandis Shavkat Azimov 2002-yilning 16-mayidan 23-mayigacha
Farg‘ona shahriga xizmat safariga yuborilsin. 2. II kurs talabalarining
o ‘zlashtirish darajasini tekshirish uchun quyidagilardan iborat komissiya
tuzilsin. 3. Yulduzxon Ibrohimjon qizi 2009.21.05 dan xodimlar bo‘limi
boshlig‘i lavozimiga qabul qilinsin. 4. Ilmiy bo‘lim bosh mutaxassisi I.Azizov
navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytib, 2009.12.08 dan o ‘z vazifasini bajarishga
tushdi deb hisoblansin. 5. Laboratoriya jihozlari va boshqa buyumlarini
yo‘qlamadan o‘tkazishda quyidagi muddatlar belgilansin. 6. Buyruqni nazonil
qilish bosh buxgalter N. Usmonov zimmasiga yuklatilsin. 7. Lobar Abduroziq
qizi 2009.28.09 dan 50000 so‘mlik maosh bilan Yunusobod tumani xalq ta’limi
boMimining bosh metodisti lavozimiga tayinlansin.
2-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalari asosida buyruq matniga oid gaplar
tuzing.
0 ‘z roziligi
bilan,
yetakchi
mutaxassis lavozimiga,
mehnat
shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy yo‘qlama
o‘tkazish uchun, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursiga yuborilganligi
sababli, mashg‘ulotlarga qatnashmaganligi sababli, oylik maoshi 30000 so‘m
miqdorida, sinash muddati bilan, taftish o‘tkazish uchun.
«
3-topshiriq. Namunaviy buyruq shakli asosida fakultetingizda o‘tkazilgan
ko'rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlang.
F A R M О Y I SH
Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis,
uning o‘rinbosarlari), shuningdek bo'limlarning rahbarlari tomonidan amaliy
masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlaming amal
qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo'limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor
shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi
kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida
“BUYURAMAN” so‘zi
o‘miga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT
BEiRAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
22
M A ' L U M O T - A X B O R O T H U J J A T L A R I
M a’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish
yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma,
bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma,
tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hoi, tushuntirish xati, e’lon,
hisobot kabi hujjatlami o ‘z ichiga oladi.
A R I Z A
A riza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos,
taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza
amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab
o ‘quvchisi va talaba, menejer va agronom yoki fermer, muhandis va olim,
tadbirkor va mansabdor shaxs - jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli
emas. Ariza yozuvchilaming yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan
muassasalar va idoralar g ‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga,
maktab direktoriga, oliy o ‘quv yurti rektoriga, jam oa xo‘jaligi boshqaruviga,
tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini
ko ‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga
yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy
qismlariga ega.
Arizaning
zaruriy
qismlari
barcha
arizalarda
ham
birday
takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora
rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur
bo'lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini
ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalaming ham hojati
bo‘lmaydi.
23
Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar
ifodalanishi lozim:
- ariza yoMlanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, olii
ismi va familiyasi;
- ariza yozuvchiningturar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi;
- hujjat nomi (Ariza);
- ariza matni (iltimos, tak lif yoki shikoyat);
- zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;
- qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);
- qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining
bosh harflari, familiyasi.
’
Arizaning yozilish shakli
Qayerga yoki kimga
Ariza yozuvchining turar joyi,
lavozimi, to‘liq nomi
Dostları ilə paylaş: |