184
Bog‘lovchi moddalarning tishlashib qolishi va qotishi u suv bilan aralashtirilganda
xamir xosil qilishga asoslangan. Bu xamir ma'lum mustaxkamlikka ega bo‘lgan qattiq toshsimon
gipsga aylanadi. Tishlashib qolish jarayoni shunday sodir bo‘ladi: yuqori xarakatchanlikka ega
bo‘lgan plastik xamir zichlashadi va qotadi, so‘ngra qattiq jismga aylanadi. Va bu tishlashib
qolish tugagan xolatga to‘g‘ri keladi. Tishlashib qolishning fizik va kimyoviy xosil bo‘lishida
mustaxkamlikning ortishi kuzatiladi va o‘zidagi moddalarning bo‘lmaydi, chunki xali modda
zarrachalari orasida bog‘lanish bo‘lmaydi.
Uchinchi davr - kristallanish va qotish cho‘kmaning kristall o‘simtaga aylanishi bilan
xarakterlanadi. Bunda juda oz miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, massaning mexanik
mustaxkamligi ortadi. Yarim molekula suvli gipsning suv bilan bevosita zarracha yuzasida
ta'sirlashuvini (qayta kristallanish yoki kristall o‘simtaga chek berib) xozirgi vaqtda ko‘pgina
tadqiqotchilar tan olishmaydi.
Xozirgi davrda ko‘pchilik olimlarning fikricha yarim suvli gipsni tishlashish boshlanishi
va qotishi ikkita nazariya, ya'ni Le-Shetele va Baykov A.A. nazariyalariga binoan o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: