A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Gidratli oxak va oxak xamiri



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Gidratli oxak va oxak xamiri 
Oxakni bu turlarini olishda asosiy jarayon – so’ndirishdir. 
Xavoda qotuvchi oxakning so’ndirishi kalьtsiy oksidini suv ta’sirida gidratlanishidan 
(ya’ni suv bilan birikishdan) iborat: 
CaOH
2
O

Ca(OH)
2
-g 
Ko’p miqdorda issiqlik ajralishi natijasida harorat birdan ko’tarilib suv qaynab ketadi. 
Agar oxak sifatli bo’lsa, unda so’nish boshlanib tez o’tib ketadi. Xlorli tuzlar NaCl, CaCl va 
boshqalar CaO ning gidratlanishi 1% miqdorida tezlashtiriladi. So’nish haroratining ko’tarilishi 
CaO ning gidratlanish jarayoni tezlashtiriladi, so’nish tezligi kaltsiy oksidi kristallarining 
kattaligiga bog’liq. Xajmi 2 barobardan ko’proq keskin ortishi bilan ham so’nish reaktsiyasi 
borishi mumkin. Xosil qilingan oxak kukun-oxak va oxak xamiriga bo’linadi. Kukun oxak katta 
solishtirma yuzaga ega bo’lgan nihoyatda mayda kukun. U suvga o’ta moyil birikma. Oxak 
xamiri asosan Ca(OH)
2
dan iborat bo’lib, qaymoqsimon massadan iborat. Kukun - oxak 
tayyorlashda suv oxakka nisbatan 2-3 marotaba ko’p qo’shiladi, chunki bunda suv tez bug’lanib 
ketadi. Suvning miqdori juda ko’p bo’lganda oxak xamiri olinadi. 
Kukun-oxak Ca(OH)
2
, CaO ning gidratlanish jarayoni CaO ni eritish hamda uning 
nisbatan to’yingan eritmasi hosil qilishdan iborat va quyidagi texnologik sxema bo’yicha o’tadi . 
CaO ning gidratlanishi qaytar reaktsiya bo’lib, uning yo’nalishi haroratiga, shuningdek, suv 
bug’ining bosimiga bog’liq. Suv yetishmasligi natijasida so’ndirilgan oxakning kuyishi, ya’ni 
kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Ca(OH)
2
parda hosil bo’ladi. Bu shunday tushuntiriladi: 
suv qo’shilgandan keyin dastlabki vaqtda oxakni gidratlash qaynovi juda tez boradi, suv 
keraklidan ko’p bo’lsa gidratning xamir xolidagi qavat xosil bo’ladi. Keyinchalik gidrat 
qavatdagi suvni o’zlashtirish natijasida qurib Qoladi, zichlashadi, ichki qavatlaridagi 
so’nmagan oxak uchun kerakli suvni o’tkazmaydi. 
Oxakdagi 
ortiqcha 
begona 
narsalar 
maxsulotning so’nishini kechikishiga, 
sekinlashishiga, shuningdek natijada xajm kengayishi, ichki zo’riqish, darzlar xosil bo’lishi 
buzilishlariga sabab bo’ladi. Kukun-oxakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak. 
Sanoatda oxak uzlukli va uzluksiz moslama so’ndiriladi: uzlukli barabanli so’ndirgich - 
so’ndirish bug’ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi oxak bo’laklari 
yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi, bug’ beriladi va baraban 15-20 min. 
davomida aylanishi natijasida oxak so’ndiriladi. Umumiy tsikl 30-40 minutga boradi. 
Oxak xamiri 
Oxak xamirini quyidagi texnologik sxema bo’yicha olinadi. ishlab chiqarish uzlukli va 
uzluksiz oxak so’ndiruvchi asboblarda o’tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexanik oxak 
so’ndirish asbobi quyidagilardan iborat: elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban 2, baraban 
bir tomondan bunker 1, boshqa tomonidan oxak sutini tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban 


30 
ikkita bir-biriga orasiga 2 mmli masofada joylashgan tsilindrdan iborat. Oxakni so’ndirganda 
ichki tsilindrda suv 45-50
0
C isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo’lingan so’ndirish 
kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan oxak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali 
tindirgichga jo’natiladi. Oxakni to’liq so’nish uchun bir qismi oxakka 2-3 qismi suv tavsiya 
etiladi. Oxak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75% suvli massaga aylanadi. Yaxshi 
tindirilgan oxak xamiri tarkibida 50% suv va hajmiy og’irligi 1400 kg/m
3
oraliqda bo’ladi. 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin