31
Ma’ruza. № V/10
Mavzu: Aylanma pechlarda o
h
ak ishlab chiqarish.
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Havoyi bog‘lovchilar
Tayanch so‘z va iboralar:
gidrat ohak, kirelka, xom-ashyo, kuydirish jarayoni.
Umumiy ma’lumotlar
Mineral (noorganik) bog‘lovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan aralashtirilganda
plastik qorishma hosil bo‘ladi va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida sun’iy toshsimon
materialga aylanadi.
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra havoyi va gidravlik
bog‘lovchi turlariga bo‘linadi. Havoyi bog‘lovchilar
qotish jarayoni, mustahkamligining
o‘sishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi bog‘lovchilarga
havoyi ohak, gips, magnezial
bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi.
Gidravlik bog‘lovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz berib, suv yoki o‘ta
nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi. Gidravlik bog‘lovchilar
jumlasiga
gidravlik ohak, romansement, portlandsement
va uning turlari, giltuproqli sement,
putssolanli
va shlakli portlansementlar, kirishmaydigan va kengayuvchan sement va
boshqalar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun
tarkibiga aktiv mineral
qo‘shimchalar-trepel, opoka, diatomit, pemza, gliej, vulqon tufi va kuli hamda toshko‘mir
kuli, shlaklar va boshqalar qo‘shilishi mumkin.
Mineral bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik qorishmalari, beton
va temirbeton
buyum va konstruksiyalar, armotsement konstruksiyalar,
avtoklav buyumlar,
elimlovchi va bo‘yoq kompozitsiyalar va boshqa mahsulotlar tayyorlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: