A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog‘ jinslarini 900-1200 0C da kuydirish yo‘li bilan 
CO2 ni mumkin qadar to‘liq ajralib chiqishi CaCO CaO - CO2 reaksiyasi asosida va 
keyinchalik bo‘lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Ohaktoshni shaxta pechlarida 
(bo‘laklar o‘lchami 20-80 mm) va aylanma pechlarda (5-40 mm) shuningdek «qaynama» 
qatlamli qurilmalarda kuydiriladi. CaCO3 ning termik parchalanish 900 

da boshlanadi, xom 
ashyo xossalari (zichligi - bo‘laklar o‘lchamlari) hamda pech konstruksiyasiga bog‘liq holda 
zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 – 1200 

ga teng.
Kuydirish natijasida hosil bo‘lgan ohak (qaynama) hajmi nazariy jihatdan olingan 
ohaktosh 2 marotaba kam. Xaqiqatdan ham u hammasi bo‘lib 10-12% ga kamayadi, bu hosil 
bo‘lgan qaynama o‘ta g‘ovakligini ko‘rsatadi. 
Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo‘linish vaqti ohakning 
g‘ovakliligiga, hajm birligidagi og‘irligiga, katta ta‘sir qiladi. Harorat oshishi bilan kuydirish 


39 
tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. Ko‘pincha ohaktosh shaxta pechlarida 
kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson, yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning 
muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan fazilatlanadi. Xar qanday qattiq, suyuq va gaz 
holatidagi yonilg‘ida ishlashi mumkin. 
Shaxtali pechlar – 
bu vertikal shaxta ko‘rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi 
kesimli ish bajarish joyi bo‘lgan pech shaxtali pech deb ataladi (13.1-rasm). 
Shaxtali pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit, dolomit olish uchun 
qo‘llaniladi. Shaxtali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon yonilg‘ilarda ishlaydi. Qattiq yonilg‘i 
xom-ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va gazsimon yonilg‘ilar pechning 
pastki qismidan pechga kiritiladi. 
Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2-da amalga oshadi. Yukni 
ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali amalga oshiriladi. 
Xom ashyo va qattiq yonilg‘i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon yonilg‘ini 
uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o‘rnatiladi.
13.1 – rasm. Shaxta pechining umumiy ko‘rinishi 
a) qattiq yonilgida ishlaydigan shaxta pechi 
b) gazsimon yonilgida ishlaydigan shaxta pechi 


40 

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin