35
kuyishi, ya’ni kuydirilgan zarrachalar yuzasida qalin Ca(OH)
2
parda hosil bo‘ladi.
Bu shunday
tushuntiriladi:
suv qo‘shilgandan keyin dastlabki vaqtda ohakni gidratlash qaynovi juda
tez boradi, suv keraklidan ko‘p bo‘lsa gidratning hamir holidagi qavat hosil bo‘ladi.
Keyinchalik gidrat qavatdagi suvni o‘zlashtirish natijasida qurib qoladi, zichlashadi,
ichki
qavatlaridagi so‘nmagan ohak uchun kerakli suvni o‘tkazmaydi.
Ohakdagi ortiqcha begona narsalar mahsulotning so‘nishini kechikishiga,
sekinlashishiga, shuningdek natijada hajm kengayishi, ichki zo‘riqish, darzlar hosil bo‘lishi
buzilishlariga sabab bo‘ladi. Kukun-ohakdagi namlikning miqdori 5% oshmasligi kerak.
Sanoatda ohak uzlukli va uzluksiz moslamada so‘ndiriladi: uzlukli barabanli so‘ndirgich
- so‘ndirish bug‘ bilan 0,3 - 0,65 MPa bosim ostida bajariladi. 3-5 sm kattalikdagi ohak
bo‘laklari yuklovchi tuynuk orqali tepadan barabanga yuklanadi. bug‘ beriladi va baraban 15-20
min. davomida aylanishi natijasida ohak so‘ndiriladi. Umumiy sikl 30-40 minutga boradi.
Uzluksiz so‘ndirish - parrakli etti barabanli gidratorlarda olib boriladi. Ohak oldindan 3-
6 mm gacha kattalikda maydalanib etti barabanli gidratorga suv bilan uzatiladi. Har qaysi
barabanda parrakli val bo‘lib, massani sikib chiqaradi.
Orada qorishtirib so‘ndirish - 10 kun ichida ushlab turiladi. YUz tipidagi so‘ndirgich
ichida ohak bo‘laklarini va so‘nmagan donalarini yaxshi
maydalash uchun chopqichlar
o‘rnatilgan, elektrodvigatellar yordamida harakatga keltiradi va prujina yordamida so‘ndirgich
ostiga to‘kiladi. Mo‘l miqdorida suv qo‘shish bilan so‘ndiriladi, Ohak hamiri elak orqali
tindirgichga quyiladi. Ohak hamirini qo‘shimcha saqlab turmasdan ham ishlatish mumkin.
Issiq suv ishlatilganda so‘nish tezligi ortadi. Uzluksiz ishlovchi ohak so‘ndirgichning
termomexanik konstruksiyasi ana shunga asoslangan. Ohak so‘ndirilishida chiqkan issiqlik
hisobiga suv isiydi. So‘ndirish barabani ikki silindrdan iborat bo‘lib, biri ikkinchisiga
joylashtirilgan. Orasidagi bo‘shliq issiqlik almashtargich vazifasini o‘taydi. Silindrning 1
kamerasi so‘nish
ruy beradi, ikkinchi kamerada po‘lat sharlar yordamida so‘ndirilmagan
zarrachalar maydalanadi.
11.1-chizma: Gidratli ohak kukunini ishlab chiqarish texnologik chizmasi
36
CHexiyada karbonat xom ashyolardan bo‘lakli va kukunsimon ohak ishlab chiqarish
uzlashtirilgan. Kukunsimon so‘ndirilmagan ohak ishlab chiqarish shaxta pechlarida ishlab
chiqarish bilan birgalikda amalga oshiriladi. SHaxta pechlarida mahalliy ochiq konlardagi 7- 8
sm o‘lchamdagi maydalangak ohaktosh bo‘laklari ishlatiladi. 7 sm dan kichiq bo‘laklar qayta
bolg‘ali maydalagichda maydalanib keyin havoli separotorlarda 2 fraksiyaga ajratiladi: ohakning
(0,2-2,5) yuqori dag‘al qismi qayta ohakka ishlanadi.
Ohak hamiri.
Ohak hamirini quyidagi texnologik chizma bo‘yicha olinadi
ishlab chiqarish uzlukli va
uzluksiz ohak so‘ndiruvchi asboblarda o‘tkaziladi. Eng keng tarqalgan termomexanik ohak
so‘ndirish asbobi quyidagilardan iborat elektr ishga tushiruvchi 8, aylanma baraban 2, baraban
bir tomondan bunker 1, boshqa tomondan ohak sutini tushirish uchun lotok 7, rama 9. Baraban
ikkita bir-biriga orasiga 2 mm li masofada joylashgan silindrdan iborat. Ohakni so‘ndirganda
ichki silindrda suv 45-50 °C isitiladi, va u ikki qismga diafragma bilan bo‘lingan so‘ndirish
kamera 4 va maydalash kamerasi 5. Bu kameradan ohak suti patrubka 6 va 7 lotok orqali
tindirgichga jo‘natiladi. Ohakni to‘liq so‘nish uchun bir qismi ohakka 2-3
qismi suv tavsiya
etiladi. Ohak 16-24 soat tindirilganda qaymoqsimon 75 % suvli massaga aylanadi. Yaxshi
tindirilgan ohak hamiri tarkibida 50 % suv va hajmiy og‘irligi 1400 kg/m
3
oraliqda bo‘ladi.
11.2-rasm. Uzluksiz termomexanik ohak so‘ndirgich chizmasi.
Dostları ilə paylaş: