44
taʼminlaydi. Xom-ashyoviy aralashma quruq, xul va chatishtirilgan usullar bilan chala quruq
qilib tayyorlanadi.
Eng keng tarqalgan xom-ashyoviy moddalarni tuyish va ularni gomogenlashning
soddaligi bilan diqqatni jalb etadi. Bundan tashkari, bu usulda xizmatchi xodimlarning ishlashlari
uchun eng yaxshi
sanitar-gigienik sharoitlar yaratiladi. Biroq bu usul katta quvvat sarfini talab qiladi.
Quruq usul xul usulga nisbatan katta quvvat sarfini talab qiladi. Quruq usul xul usulga nisbatan
katta ustunlikka ega - kuydirishda issiqlik sarfi 40% gacha kamayadi. Texnologiyasining
murakkabligi xamda koʼp texnologik asbob-uskunalar talab kilinishi bu usulning kamchiligi
xisoblanadi.
Biroq texnik-iktioodiy koʼrsatkichlar majmuasiga koʼra klinker ishlab chiqarishning
quruq usuli xul usulga nisbatan tejamliroqdir. Shu sababli mamlakatimizda bu usul ancha keng
qullaniladi.
Xul usul
Bu usul agar xom-ashyo mayda boʼlsa xamda katta namlikka ega boʼlsa qoʼllaniladi va
quyidagi texnologik rejada oʼtib boradi:
Yumshoq jinslar (gil va bur) maydalagich (drobilka) da 10 sm oʼlchamli
boʼlakchalargacha maydalanadi va soʼngra loyqorgichda qoriladi. Suyuq oquvchi modda - shlam
koʼrinishidagi xom ashyoviy aralashma 35—45% namlikka ega boʼladi. Loyqorgich - diametri
10m ga balandligi 2,5-3,5 m li dumaloq temirbeton rezervuar boʼlib, ichi chuyan plitalar bilan
qoplangan boʼladi. Qorgichning oʼrtasida gilni maydalash uchun pulat xaskash maxkamlangan
krestovina aylanadi. Gil qorgichga suv bilan birgalikda uncha katta boʼlmagan qismlar bilan
solib turiladi. Xaskashlar katta boʼlaklarni oʼlchamlari 3-5 mm dan katta boʼlmagan mayda
donachalarga boʼladi, ular esa suvda osongina erib ketadilar. Xosil boʼlgan shlam maytsalangan
ohaktosh bilan birgalikda tuyish uchun surgichlar bilan xom ashyoviy tegirmonning sarflovchi
bunkerlariga oʼtkaziladi. Аgar karbonat xom-ashyosi sifatida burdan foydalanilsa, u xolda uni
avval (maydalangandan sung) gil bilan birgalikda qorgichda qori¬ladi, soʼngra esa tegirmonda
tuyiladi. Gilning yirik, erimagan donachalari idishning tubida yigʼilib qoladi va vaqti-vaqti bilan
chiqarib tashlanadi.
Xom-ashyoviy
aralashmaning
ikkinchi
komponenti
-
ohaktosh
-
bolgʼali
toshmaydalagichda maydalanadi va tashuvchi qurilmalar yordamida gilli shlam bilan birgalikda
tuyish uchun xom-ashyoviy aralashmaning komponentlari oʼrtasida aniq nisbatni saqlab turishga
imkon beruvchi avtomatik boshqaruvchisi boʼlgan uzluksiz ishlab turuvchi tarozli
dozatorlarorqali sharli tegirmonga yoʼnaltiriladi. Xom-ashyoni tuyish to №008 - elakda uning 8-
10% dan ortiq boʼlmagan qismi qolguncha davom ettiriladi, yaʼni xom-ashyo zarralarining 90% i
80mkm dan kam boʼlgan oʼlchamga ega. Tegirmonda tuyilgandan soʼng shlam gorizontal va
vertikal shlambasseynlarga surib oʼtkaziladi. Bu shu bilan bogʼlanganki, xom-ashyo bir jinsli
boʼlmasligi tufayli uning kimyoviy tarkibi oʼzgarishi mumkin, sementiing sifati esa
kuydiriladigan xom ashyoviy aralashmaning kimyoviytarkibigabogʼlik. Tegirmondagi shlam
avval birinchi vertikal basseynga uzatiladi. Sozlangan shlam katta xajmli gorizontal
shlambasseynlarda saqlanadi, undan esa surgichlar yordamida aylanib turuvchi pechga surib
oʼtkaziladi. Pechdan u 1000- 1100°C xaroratda chiqadi va panjarali sovutkichga (kolosnikovыy
xolodilьnik) ka yoʼnaltiriladya. Bu yerda u oʼzi orqali oʼtuvchi xavo vositasida 30-50°C gacha
sovutiladi. Xozirgi vaqtda koʼproq "Volga" sovutkichi qullanilmoqda. Sovutkichdan klinker va
qoʼshimchalar maydalash asbobiga va bunkerga tushadi. Maydalangan klinker tashuvchi
vositalar yordami bilan omborga uzatiladi. Uni saqlash vaqtida baʼzan erkin CaO moddada tutib
qolinadi va xavoning namida soʼnadi va bu xolatda klinkerning xususiyati yaxshilanadi.
Dostları ilə paylaş: