59
Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar
– klinker tuyilayotgan paytida uning tarkibiga
0,25 % ( massa bo‘yicha) lignosulfonatlar va ular asosida olingan gidrofil organik
qo‘shimchalar kiritib tayyorlanadi.Bunday sementlar asosida olingan beton va qorishmalar
harakatchanligi juda yuqori bo‘ladi.Buning hisobiga beton va qorishmaning suv va sement
nisbati pasayadi, zich beton g‘osil bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi ortadi, sement sarfi, beton
sifatini pasaytirmagan holda, 10-20 % gacha kamayadi.
Gidrofob sement
– klinker tuyulayotganda 0,1-0,2 % milonaft, asidol, yoki kislotalar, kub
qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi.Bu sement oddiy oddiy sementga nisbatan gigroskopligi kam
bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini yo‘qotmaydi. Gidrofob qo‘shimchalar beton va
qorishmalarni qisman plastifikatsiyalaydi, harakatchanligini oshiradi, keyinchalik buyum va
kostruksiyalarga yuqori darajada sovuqqa chidamlilikni, suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi.
Sementda gidrofob effekt bir necha 10 yillar davomida saqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: