Oq va rangli portlandsementlar. Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq soztuproq
asosida olinadi.Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi qo‘shimchalar
bo‘lmasligi kerak, aks holda sement noxush ranglarda bo‘lishi mumkin.
Xomashyo gaz yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni yoki rangi
chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar yordamida maydalab kukun holatiga
keltiriladi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Talabga ko‘ra oppoqlik koeqqitsenti (absalyut shkala vositasida, % nurni qaytarish
koeffitsenti yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsent oq sement 1 navi 80 % dan, 2 navi 75
% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, temir surikli va
sh.k) aralashtirib olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish qorishmalari, zinapoyalar,
bordyur toshlari, piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi.
Tamponaj portlandsement –klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida olinadi va
asosan neft va gaz bug‘lash ishlarida ishlatiladi.Sement sovuq (22
±
2
0
S) va issiq ( 75
±
3
0
S)
burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda
chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab
4x4x16 sm to‘sinchalarning (S/ S=0,5) egilishdagi mustaxkamlik chegarasidir.
Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement sifatiga kalsiy
alyumosilikatlari (gelenit) CaO*Al
2
O
3
*SiO
2
ta’sir ko‘rsatadi. Bir kalsiyli alyuminat CaO*Al
2
O
3
giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement tarkibida CaO*Al
2
O
3
ham qisman bo‘lishi
mumkin. Sement muhit harorati 25
0
S gacha bo‘lganda yuqori mustaxkamlikka erishadi. Bu
sharoitda giltuproqli sement oddiy sement 28 sut.erishgan mustaxkamlikka 3 sutka davomida
erishadi; u 400, 500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 min keyin,
oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori va uch kalsiyli alyuminatning
bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga chidamliligini ta’minlaydi. Ammo
giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak
bilan aralashtirib ishlatib bo‘lmaydi.
Bu sement qimmatboxoligini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish zarurati
bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda ishlatiladi.