67
Ma’ruza. № VI/14
Mavzu: Bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda ishlab chiqarish sanitariyasi, texnika
xavfsizligi, ekologik xavfsizlik.
Reja:
1.
Bog’lovchi moddalarning ishlab chiqarish usullari
2.
Sanitar
texnik talablar
“
Mehnat sharoitini har tomonlama sog‘lomlashtirish va engillashtirish – xalq farovonligini
oshirishning muhim vazifalaridan biridir. Barcha korxonalarda xavfsizlik texnikasining
zamonaviy vositalari joriy qilinadi va ishlab chiqarish travmatizimi hamda kasbiy kasalliklarni
bartaraf qiluvchi sanitariya –gigiena sharoitlari ta’minlanadi”
Bugungi kunda mamlakatimizda minglab
korxona va qurilishlar borki, bu erlarda mehnat
sharoitlari qonunda belgilangan norma talablariga to‘liq javob beradi yoki bu normalarga
yaqinlashtirilgan, travmatizm va kasbiy kasallanish allaqachonlar tugatilgan.O‘zbekistonning
ko‘pgina qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari va qurilish ob’ektlarida mehnatni
yuqori darajada tashkil etish bilan bir qatorda, ishchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish, umumiy
ovqatlanish, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishdan to‘g‘ri
foydalanilmoqda, ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan yangi texnika va texnalogiyaning tejamli
bo‘lishi
bilan birga, xavfsizlik va sog‘lom mehnat sharoitlari ham yaratilmoqda. “Mehnat
muxofazasi va yong‘inning oldini olish tadbirlari” kursida quruvchilar mehnatini muxofaza
qilishga oid qonunchilikning asosiy qoidalari, qurilishlarda va qurilish industuriyasi
korxonalarida mehnat sharoitlarini va travmatizm
sabablaini analiz qilish, qurilishdagi ishlab
chiqarish sanitariyasi va gigenasi, yong‘inning oldini olish tadbirlari ko‘rib chiqiladi. Ishlab
chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish ish vaqtini kam yo‘qotishga va
mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi.
Mehnat unumdorligini oshirishning muhim sharti – ishlab
chiqarish travmatizimi va
kasallanishlarning oldini olishdir.
Bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va
xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xavfsizlik texnikasi xizmati ko‘zda tutilgan. Xavfsizlik
texnikasi xizmatining asosiy vazifalari qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarida
ishlab chiqarish travmatizmi sabablarini bartaraf etish ishlarini bajarish,
mehnat
sharoitlarini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va himoya vositalarini yaxshilash, xavfsizlik
texnikasi va himoya
vositalarini takomillashtirish, ishlab chiqarish madaniyatini ko‘tarish,
tashkiliy – texnik va sanitariya – gigena tadbirlarini ishlab chiqarish va amalga oshirish
bo‘yicha ishlab chiqarish va texnik xizmatlarning ishini kontrol qilishdan iborat. Xavfsizlik
texnikasi xizmati o‘z ish faoliyatida kasaba sayuz organlari va ularning mehnat muxofazasi
bo‘yicha komissiyalari bilan doimiy aloqada bo‘ladi.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish tashkilotlarida xavfsizlik
texnikasi va ishlab
chiqarish sanitariyasining umumiy holatiga javobgarlik “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”ga oid
qurilish normalari qoidalari ga binoan bosh muxandis va boshliqqa hamda birinchi (bosh)
rahbarga yuklanadi. Ishlab chiqarish sanitariyasi sanoat korxonalarini asrash qoidalari,
texnalogik protsesslarni tashkil etish va jixozlarni o‘rnatish qoidalarini ishlab chiqadi; tashqi
muhit fizik faktorlarining va ish xonalari havosi tarkibidagi ximyaviy
moddalarining ruxsat
etilgan parametrlarini belgilaydi.
77
Fanning ishchi o’quv dasuri O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim
vazirligi 2021 yil _______dagi «__» sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan, “Bog’lovchi moddalar”
fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o’quv dasturi Jizzax politexnika instituti Ilmiy-uslubiy Kengashining
2021 yil «___» _________ __ sonli bayoni bilan bilan tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: