90
FANNING AMALIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI
5-SEMESTR
1-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan me’yoriy xujjatlar
Xozirgi davrga qadar bog‘lovchi moddalar ikki guruxga bo‘linadilar: mineral
(anorganik) va organik moddalar.
Mineral yoki anorganik modda tabiiy moddadan yoki uning kuydirish yo‘li bilan
olinadigan moddadan iborat. Kuydirish yuli bilan olinadigan moddalar toshlarni yoki binoning
tarkibiy qismlarini bir biriga yopishtirish qobiliyatiga ega.
Qadim zamonlarda parchalangan va butun toshlarni bir-biriga zich joylashtirib
yoki band, qavs bilan qisib inshootlar qurishgan. Biroq bunday usulda katta inshootlar qurish
qiyin edi, shuning uchun odamlar toshni bir-biriga biriktirishning boshqa yo‘llarini izlay bosh-
ladilar. Ular dastlab gildan foydalanishgan, birok gil qurigan vaqtda kichrayadi, bu esa
ravshanki, yoriqlar xosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan qutilish maqsadida qumtuprokdan
foydalana boshladilar, mustaxkamligini oshirish uchun esa turli xil tolasimon moddalar
qo’shdilar, eramizdan taxminai 3-4 ming yil avval kuydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi
moddalar paydo bo’ldi. Ulardan eng birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‘lmagan xaroratda
ya'ni 140-190°C da gips tarkibli jinsni kuydirib olingan. So‘ngra ohakdan xam foydalanila
boshlandi. Gips va oxakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda gipstosh
Dostları ilə paylaş: