A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar. 
Qurilish qorishmalari g‘isht, og‘ir, engil va 
yacheykali betonlar kabi g‘ovak yuzalarga yoyilgani uchun tezlikda suvsizlanadi. 
Qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish maqsadida tarkibiga mineral va polimer 
moddalar asosida tayyorlangan plastifikatorlar kiritiladi. Sement va ohak asosidagi 
qorishmalar tarkibiga giltuproq kukuni yoki undan tayyorlangan loy bo‘tqasi mineral 
plastifikatorlar sifatida qo‘shiladi. Mineral plastifikatorlar sifatida trepel, gliej, diatomit, 
tuffit va shu kabi gidravlik kukun moddalardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari qattiq 
yoqilg‘i kullari, domna shlaki kukuni kabi chiqindilar ham mineral plastifikator sifatida 
ishlatiladi.
Ushbu mineral plastifikatorlar qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish bilan 
birga suv ushlashlik xususiyatini, suv va nam muxitlarga bardoshliligini, sovuqqa 
chidamliligini oshiradi.
Mineral qo‘shimchalar tarkibida meyordan ortiq organik aralashmalar, tuz 
eritmalari bo‘lmasligi kerak, aks holda qorishmaning sifati pasayishi va suvoqchilikda 
ishlatilganda rangi o‘zgarishi mumkin.
Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, havo 
pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida LST (lignosulfonat 
texnicheski) milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% 
kiritiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmasi tarkibiga superplastifikatorlar (massaga nisbatan 
1% gacha) va gelpolimer moddalar qo‘shiladi; S-3 kabi superplastifikatorlar qorishma qulay 
joylanuvchanligini keskin oshiradi. Gelpolimerlarning bir gramm moli 50-1000 
gramm molgacha suv molekulalarini vaqtinchalik (6-24 soatgacha) bog‘lash xususiyatiga 
ega bo‘lib, bog‘lovchi massasiga nisbatan 0,1-0,3% qo‘shilishi qorishmaning suv ushlashlik 
xususiyatini keskin oshiradi.
Nazorat savollari 
1.Qurilish qorishmalari qanday klassifikatsiyalanadi?
2.
Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering.
3.
Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering.
4.
G‘isht-tosh 
terishda 
va 
suvoqchilikda 
ishlatiladigan 
qorishmalar 
harakatchanligi haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin