121
-
Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
-
Ko’rgazmali qurol
-
Proyektor
-
Slayd
-
Tarqatma material
7-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Bog‘lovchi moddalarni tashish va saqlashda
texnika xavfsizligi bilan tanishish
Bog'lovchi modda — bu tuyilgan kukunni ma'lum bir sharoitda suv bilan qorishtirganda
quyuqlashib, asta-sekin bo'tqa holatidan qotish jarayoniga o'tib sun'iy toshgaaylanadigan qurilish
ashyosidir. Bog'lovchi ashyolarni ishlatishda quyidagilarni bilish zarur:
---qorishmaning quyuqlanish davri,
---normal qorishma olish uchun suv miqdori,
--suvning qorishma bilan birikish darajasi,
--quyuqlanishida chiqadigan issiqlik miqdor va h.k.
Mineral bog'lovchilar to'g'risida mukammal bilim olishda ularning tasnifini o'rganish alohida
o'rin tutadi. Aslida bog'lovchi moddalar tasnifini bir necha guruxlarga bo'lish mumkin.
Jumladan, bog'lovchi moddalarni mexanik xossalariga doyr tasnif, ularni sharoitga ko'ra qotish
jarayoni to'g'risidagi tasnif va dunyo miqyosida eng keng qo'llaniladigan tasnif bog'lovchilar
tarkibida har turli moddalarni kimyoviy birikishini ifodalovchi guruxdir.
Anorganik bog'lovchi moddalar ushbu guruxga ko'ra xavoyi, gidravlik va avtoklav bug'
kamerasida qotuvchi xillarga bo'linadi (5.1-rasm).
Xavoyi bog'lovchi moddalar faqatgina quruq muxitda qotadi va mustahkamligi oshadi.
Bularga gips-angidrit, havoyi ohak va uning barcha xillari, magnezial bog'lovchi moddalar
hamda eruvchan suyuq shisha kiradi.
Gidravlik bog'lovchilar - faqatgina havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish
xususiyatiga ega. Masalan, gidravlik ohak, portlandtsement, giltuproqli sement, putstsolanli
portlandtsement, toshqolli portlandtsement, kengayuvchi sement, romantsement, ishqorli
sementlar (7-ilova), ishqor-alyumosilikat (tuproq-sement), giltuproq va ko'pgil tuproqli
sementlar kiradi.
Avtoklavda qotadigan bog'lovchi moddalarga (yuqori harorat - 150...170°S, bosim 8...10 atm va
nam sharoitda) ohak-kremniy, ohak- toshqol va ohak-kul kabi bog'lovchilar kiradi. Bu guruxga
taalluqli bog'lovchilarni boshqalardan farqi ular asosida tayyorlangan buyum va konstruktsiyalar
tarkibidagi mayda va yirik to'ldirgichlar bog'lovchi modda bilan kimyoviy birikadi va ularning
mustahkamligini oshirishda katta o'rin tutadi.
Bog'lovchilar tarkibida moddalarni kimyoviy birikish jarayonini ifodalovchi tasnif
kuyidagi
4.1-rasmda
ko'rsatilgan.
Anorganik
bog'lovchi
moddalarning
gidratatsiya-
kondensatsion bog'lanish jarayonida bog'lovchi tarkibidagi moddalar kimyoviy murakkab
birikmalar holatiga aylanadi va natijada erimaydigan yangi mustahkam toshsimon jism hosil
bo'ladi
Dostları ilə paylaş: