A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Xom ashyo maxsulotlari olinishi



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

Xom ashyo maxsulotlari olinishi 
Xavoda qotuvchi oxak ishlab chiqarishda tarkibida asosan CaCO
3
bo’lgan hamma tabiiy 
moddalardan foydalanish mumkin. Oxakni nazariy tarkibi 56% CaO va 44% CO
2
dan iborat. 
Ko’pincha zich oxaktosh va bo’r ishlatiladi. Oxaktoshlar ko’pchilik hududlarida uchraganligi 
uchun bog’lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Oxak ishlab chiqarish texnolik 
jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan
 
xom ashyo qazish va uni tayyorlash, maydalash 
yoki so’ndirishdan iborat. 
Oxaktosh kuydirish 
Xavoda qotuvchi oxak karbonatli tog’
jinslarini 900-1200
0
C da kuydirish yo’li bilan 
CO
2
ni mumkin qadar to’liq ajralib chiqishi CaCO - CaO - CO
2
reaktsiyasi asosida va 
keyinchalik bo’lakli oxakni qayta ishlash bilan xosil qilinadi. Oxaktoshni shaxta pechlarida 
(bo’laklar o’lchami 8-20 sm) va aylanma pechlarda (5-40 sm) shuningdek «qaynama» qatlamli 
qurilmalarda kuydiriladi. CaCO
3
ning termik parchalanish 900
0
C da boshlanadi, xom ashyo 
xossalari (zichligi - bo’laklar o’lchamlari) hamda pech konstruktsiyasiga bog’liq holda zavod 
korxonalarida kuydirish harorati 1100 - 1200
0
C ga teng. 
Kuydirish natijasida hosil
bo’lgan oxak (qaynama) xajmi nazariy jihatdan olingan 
oxaktosh 2 marotaba kam. Xaqiqatdan ham u xammasi bo’lib 10-12% ga kamayadi, bu hosil 
bo’lgan qaynama o’ta g’ovakligini ko’rsatadi. 
Kuydirilayotgan moddaning kuydirish harorati va bo’linish vaqti oxakning 
g’ovakliligiga, xajm birligidagi og’irligiga, katta ta’sir qiladi. Xarorat oshishi bilan kuydirish 
tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. 
Ko’pincha oxaktosh shaxta pechlarida kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson
yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan 
fazilatlanadi. Xar qanday: qattiq, suyuq va gaz xolatidagi yonilg’ida ishlashi mumkin. 
SHaxta pechiga yuqoridan oxaktosh qavat-qavat qilib va qisqa alangali qattiq yoqilg’i 
solinadi. Pech bo’y baravariga shartli uch zonaga bo’linadi: isitish, kuydirish, sovutish. Pechning 
pastki qismida sovutish zonasiga kuydirilgan oxak to’kiladi. Pastdan berilgan xavo oxak 
bo’laklarining issig’i hisobiga qiziydi va tepaga ko’tarilib kuydirish zonasiga uchraydi. Ushbu 
zonaning harorati 1200
0
C ga boradi. Bu yerda yonilg’i yonishi natijasida kaltsiy karbonat 
parchalanib CaO va CO
2
hosil bo’ladi. Issiq gazlar ventilyator orqali yuqoriga surilib modda va 
yonilg’ining yuqori qavatlari isitiladi. Isitish zonasida oxaktosh quritiladi va tarkibidagi organik 
aralashmalar kuyadi. Tayyor bo’lgan maxsulotlar saqlanadigan omborga jo’natiladi. 
Aylanma pechlarda o’ta yuqori navli kuydirilgan oxak olinadi, bunda mayda 
bo’lakchalar hamda oqimga qarshi printsipidan foydalaniladi, lekin yonilg’i ko’p sarf bo’ladi. 


188 
SHaxtali va aylanma pechlardan tashqari oxakni «Qaynama» qavatdan kuydirish uchun 
unumdorligi yuqori bo’lgan asboblar ishlatiladi. «Qaynama» qavatda issiqlik rejimi bo’yicha 
kuydirish shaxta pechlarida kuydirishga o’xshaydi. Tuyilgan oxaktosh yuklaydigan moslama 
orqali pechning tepa qismi 5 zonaga bo’lingan xavo o’tkazuvchi teshiklari bor. Ventilyator bilan 
yuqori zona orqali surilgan xavo oxaktosh qavatini xavoga to’yintiradi. To’yingan oxaktosh 
tokuvchi quvurlar orqali bir zonadan boshqa, zonaga o’tayotgan tezlik bilan issiqlik almashadi va 
parchalanadi. Bo’lakli oxak ishlatilishidan oldin tuyilishi yoki so’ndirilishi kerak. Oxakni quvurli 
tegirmonlarda yopiq siklda maydalanadi. Uni aktiv mineral qo’shimchalar bilan birga (domna, 
yoqilgi shlaklari, kul va x.k.) solishtirma yuzasi 3500-5500sm
2
g gacha maydalanadi.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin