Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi: Texnikaviy tarozida 1kg so‘nmagan ohakdan tortib olinib ohak bo‘tqa hosil qilinadi.
Hosil bo‘lgan bo‘tqani 24 soatdan keyin suv bilan sut holiga keltiriladi. So‘ngra №063 elakdan
o‘tkaziladi. Elakda qolgan so‘nmagan zarrachalarni toza holiga kelguncha yuviladi. Elakda
qolgan qoldiqni elak bilan birga quritish shkafida 105-110
0
C haroratda turg‘un holiga kelguncha
quritiladi va tarozida tortiladi. Umumiy og‘irlikdan elakning og‘irligini ayirib so‘nmagan
zarrachalarning og‘irligi topiladi. Sinash uchun olingan 1kg ohakni nisbatan so‘nmagan
zarrachalarini miqdori foiz (%) hisobida topiladi. Qoldiqni grammda o‘lchab 10 ga bo‘linadi.
Ohakning so‘nish davrida quyidagi reaksiya ro‘y beradi: CaO + H
2
O = Ca(OH)
2
Bir kg ohakning so‘nishi natijasida 950 kj/kg issiqlik miqdori ajraladi. So‘nish reaksiyasi
tamom bo‘lgandan so‘ng ohak bo‘tqasining harorati pasayadi.
Ohakning so‘nish tezligi Dyuar asbobida aniqlanadi. Dyuar asbobining hajmi 500ml bo‘lib,
unga 40-50ml idish joylashgan. Dyuar asbobi bilan stakan o‘rtasiga issiq-sovuqni kam
o‘tkazadigan qatlam joylashgan.
Ish tartibi: 10gr maydalangan oxak Dyuar aspobiga solinadi 20
0
C xaroratli 20ml li suv
quyiladi, qopqoq berkitiladi va termometr tushiriladi. Oxak qorishmali asbob silkitiladi va tinch
xolatda qoldiriladi. Xar 30 sekundda oxak so‘nish xarorati kuzatiladi. Xarorat maksimal xolatga
kelishi so‘nish vaqtini boshlanishini belgilaydi, maksimal xolatdan tushishi so‘nish vaqtini oxrini
belgilaydi.
5-rasm. Ohakning so‘nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob:
1-termometr, 2-qopqoq, 3-ichki shisha idish, 4-tashqi shisha idish,
5-issiqlik izolyasiyasi qatlami, 6-namuna.
Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari: ko’rgazmalai
qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari(bog’lovchi), virtual namunadagi o’quv-
laboratoriya jihozlari, xisoblash jadvallari.