110
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
mimizda atigi bir juft xromosoma, genlar esa shu xromosomaning qism
lari bo‘lsin. Juft genlar gomologik xromosomalarda joylashgan. Meyozda
gomologik xromosomalarning har bir jufti gametalarda
bittadan qolishini
tushunish oson, modomiki, shunday ekan, gametalarda har bir juftda bit
tadan gen qoladi. Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishining
sitologik
asoslari shundan iboratki, meyoz natijasida gomologik xromo
somalar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishidir.
Allel genlar.
Monoduragay chatishtirishda nasldan naslga o‘tish qon
uniyatlari to‘g‘risida yuqorida ko‘rib chiqilgan material genetikani yanada
chuqurroq o‘rganishga doir ba’zi tushunchalarni ta’rif lash uchun im
kon beradi. Birbirini istisno etadigan belgilarning rivojlanishini aniqlab
beruvchi genlar juftlarni hosil qilishini no‘xat,
namozshomgul va boshqa
obyektlardagi nasldan naslga o‘tish misolida ko‘rish mumkin. Masalan,
no‘xat donlari rangining sariq bilan yashil rangini belgilovchi geni, gul
rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi geni va boshqalar ana shun
day juftlardir.
Juft genlar
allel genlar
deb ataladi. Demak, no‘xat donlari
rangining sariq va yashil rangini belgilovchi genlari allel genlar (allellar)
dir. Allel genlar gomologik, ya’ni juft xromosomalardan joy oladi, shunga
ko‘ra meyoz jarayonida ular har xil gametalarga o‘tib qoladi.
Dostları ilə paylaş: