102
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
jihatidan o‘x shash bo‘ la di». Har xil sistematik guruhga mansub orga-
nizmlar murtagining rivojlanishini o‘x shash bo‘lishi, ularning kelib chiqish
birligining isbotidir. Keyinchalik embrional rivojlanishda sinf, oila, tur va
oxirida o‘sha individ uchun xos belgilar rivojlanadi. Embrionning rivojla-
nish jarayonida belgilarning ajralishi
embrional divergensiya deb ataladi.
organizm o‘zining rivojlanish davrida doimiy ravishda o‘zgarib boradi.
Mutatsiya homilaning dastlabki davrlarida tuzilish va moddalar almashi-
nuviga ta’sir etadigan genlarning o‘zgarishiga olib keladi. o‘zgargan belgi-
lar keyingi rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Boshlang‘ich xorda nerv naychasining hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsa-
tadi, uning yo‘qolishi rivojlanishni to‘xtatadi. Shuning uchun dastlabki
bosqich dagi o‘zgarishlar odatda rivojlanishdan orqada qolishga yoki nobud
bo‘lishga olib keladi. Keyingi bosqichlardagi o‘zgarishlar, kamroq ahami-
yatga ega bo‘lgan belgilarga ta’sir qilib, organizm uchun foydali belgilarni
yuzaga chiqaradi va bu o‘zgarish tabiiy tanlanishda saralanib boradi.
Hozirgi zamon hayvonlarining embrional rivojlanish bosqichida ajdod-
lari ga o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishi, organlar tuzilishidagi evolu-
tsion qayta shakllanishni aks ettiradi. organizm o‘z rivojlanish jarayonida
bir hujayrali (zigota) bosqichini o‘tadi, ya’ni dastlabki amyobasimon bos-
qichni filogenetik takrorlaydi. Barcha umurtqalilarda, yuksak tuzilishga
ega bo‘lganlarida ham dastlab xorda hosil bo‘lib, keyinchalik umurtqa
pog‘onasiga aylanadi. Ularning ajdodida esa xorda butun umri davomida
saqlanib qolgan. Embrional rivojlanish jarayonida qushlar, sut emizuv-
chilar va odamda halqum atrofida jabra bo‘ladi. Quruqlikda yashaydigan
umurtqalilar embrionida jabra yoriqlarining bo‘lishi, ular jabra bilan nafas
oluvchi baliqsimon ajdodlardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.
odam embrionining dastlabki bosqichlarida yurak tuzilishi baliq-
larnikiga o‘xshash: bitta qorincha va bitta bo‘lmachadan iborat bo‘lib, qon
aylanish doirasi bitta bo‘ladi. Tishsiz kitlarning embrionlik davrida tish
paydo bo‘ladi. Bu tishlar milkni yorib chiqmaydi, balki parchalanib so‘ri-
lib ketadi. Yuqorida keltirilgan misollar individual rivojlanish bilan ta rixiy
rivojlanish o‘rta sidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: