98
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Embrionning tuxumdan chiqishi yoki tug‘ilishi bilan embrional rivojla-
nish davri tugallanadi va postembrional rivojlanish davri boshlanadi.
Postembrional rivojlanish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri (metamorfoz) bo‘ladi.
To‘g‘ri rivojlanish (sudralib
yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) da
tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan tug‘ilgan embrion voyaga yet-
gan organizmlarga o‘xshaydi, faqat kichik bo‘ladi. Postembrional rivojla-
nishda embrion o‘sadi, rivojlanadi va jinsiy balog‘atga yetadi.
Noto‘g‘ri (metamorfoz) rivojlanishda tuxum dan lichinka chiqadi. Lichin-
ka voyaga yetgan organizmdan tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi.
Li chin ka
oziq lanadi, o‘sadi va ma’lum muddat davomida lichinka organlari voyaga yet-
gan organizm organlari bilan almashinib boradi. Binobarin noto‘g‘ri rivoj -
lanishda lichinka or ganlari o‘rnida voyaga yetgan organizmga xos organ lar
hosil bo‘ladi. Noto‘g‘ri postembrional rivojlanishni
bir necha misollar yor-
damida ko‘rib chiqamiz.
Assidiya (xordalilar tipi, lichinka — xordalilar kenja tipi)ning li-
chinkasi xordali hayvonlarning asosiy belgilarini: xorda, nerv nayi va
halqumida jabra yoriqlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi (54- rasm).
Lichinka suvda erkin suzib yuradi, keyin suv
tubidagi qattiqroq narsa-
ga yopishib olib, metamorfozga uchraydi. Uning alohida dumi,
xordasi
muskullari yo‘qolib ketadi, nerv nayi hujayralarga bo‘linib fagositlarni
hosil qiladi. Lichinkalarning nerv nayidan nerv tuguni hosil qilishda
ishtirok
etadigan, faqat ayrim hujayralar to‘plami gina qoladi. Voyaga yet-
gan assidiyaning tuzilishi umuman xordali hayvonlar tuzilishiga o‘xsha-
maydi. Assidiya lichinkasining tuzilishi bu hayvonning kelib chiqishi er-
kin hayot kechiradigan xordalilar ekanligidan dalolat beradi.
Assidiyadagi metamorfozni yuzaga kelishining asosiy sababi o‘troq
holatda hayot kechirishga o‘tish bilan bog‘liqdir.
Amfibiyalarning lichinkalik bosqichi — itbaliqdir (55- rasm). Itbaliq
uchun
jabra yoriqlari, yon chiziq, ikki kamerali yurak,
bitta qon ayla-
nish doira sining bo‘lishi xosdir. Metamorfoz jarayonida qalqonsimon bez
gormonlari ta’sirida dum va yon chiziq organlari yo‘qoladi. o‘pka va ikki-
ta qon ayla nish doirasi rivojlanadi. Itbaliq bir qator belgilari (yon chiziq,
yurak tuzili shi,
qon aylanish sistemasi, jabra yoriqlari) bilan baliqlarga
o‘xshab ketadi.
Noto‘g‘ri rivojlanish — metamorfozga hasharotlarning rivojlanishi
Dostları ilə paylaş: