A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

ontogenez
boshlanadi. ontogenezning uchta tipi farqlanadi: 1. Lichinka-
li rivojlanish. Lichinkali ontogenez hasharotlarda, baliqlarda, ko‘pgina 
parazit chuvalchanglarda kuzatiladi. 2. Lichinkasiz rivojlanish. Lichinka-
siz ontogenez baliqlarda, sudralib yuruvchilarda, qushkarda kuzatiladi.
3. ona qornida rivojlanish. Bu odam va boshqa yuksak sut emizuvchi-
larda kuzatiladi. ontogenez asosan ikkita: embrional va postembrional 
rivojla nish davriga bo‘linadi. Ko‘p hujayrali organizmlarning tuzilishidan 
qat’iy nazar, embrional rivojlanish bosqichlari bir xil. Embrional davr 
uchta asosiy bosqichlarga bo‘linadi: maydalanish, gastrulyatsiya va birlam-
chi organogenez.
Maydalanish. Ko‘p hujayrali organizmlarning dastlabki rivojlanish 
bosqichlari bitta hujayradan boshlanadi. Urug‘langan tuxum — bu hujay-
ra, shu bilan bir vaqtda organizmning eng dastlabki rivojlanish bosqichi-
dir. Bir hujayrali organizmning bir necha marta ketma-ket bo‘linishidan 
ko‘p hujayrali organizm hosil bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langach, bir 
necha daqiqadan keyin yadro va sitoplazma bo‘lina boshlaydi. Tuxum hu-
jayra bir-biriga teng ikkita hujayraga, yani ikkita 
blastomerga
bo‘linadi. 
Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘linadi. So‘ngra 
blastomerlarning har biri yana meridian tekisligida bir vaqtda bo‘lina di, 
natijada bir-biriga teng to‘rtta hujayra vujudga keladi. Navbatdagi bo‘li nish 
ekvator tekisligida o‘tadi, sakkizta hujayra hosil bo‘ladi. Keyin meridinal 
va ekvatorial bo‘linish navbatlashib, 16, 32, 64 ta va hokazo blastomerlar 
hosil bo‘ladi, bular bir-biriga zich taqalib joylashgan hujayralardir. Har 
bo‘linishdan keyin paydo bo‘lgan hujayra kichrayib boradi, shuning uchun 
bu jarayon 
maydalanish
deb ataladi. Maydalanish bosqichida hujayralar 
keyingi rivojlanish uchun to‘planib boradi (96- betdagi 50- rasm). 
Maydalanish ko‘p hujayrali embrion — 
blastula
hosil bo‘lishi bilan 
tugallanadi. Blastula sharsimon shaklga ega bo‘lib, uning devori bir qavat 
hujayralardan tashkil topgan. Blastula ichi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi, 
bu bo‘shliq 

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin