A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

kon’yugatsiya
deyiladi. Keyinchalik bunday xromosomalar o‘rtasida 
o‘xshash qismlari, genlari bilan almashinadi. Bu hodisa esa 
krossingover
deb ataladi. Profaza oxirida gomologik xromosomalar bir-biridan ajra-
la boshlaydi. Bu jarayonlar bilan bir vaqtda yadro
qobig‘i parchalanib, 
yadrochalar yo‘qolib ketadi.


90
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Metafaza I da — xromosomalarning spirallanish darajasi eng yuqori 
ko‘r sat kichga ega bo‘ladi. Kon’yugatsiyalashgan xromosomalar juft-juft 
holat da ekvator tekisligi bo‘ylab joylashadi. Sentromeraga bo‘linish ur-
chug‘i birikadi. 
Anafaza I da — gomologik xromosomalarning yelkalari bir-biridan 
aniq ajraladi. Lekin xromatidlarga ajralmay qutblarga tomon harakatlana 
boshlaydi. 
Telofaza I da — xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar 
hosil bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida yadro qobig‘i hosil bo‘ladi. Interkinez 
davrida DNK reduplikatsiyalanmaydi. Birinchi bo‘linish natijasida hosil 
bo‘lgan hujayralar bir-biridan ota va ona xromosoma genlar yig‘indisi ji-
hatidan farq qiladi.
Telofaza II
Anafaza I
Profaza II
Metafaza I
Dastlabki jinsiy
hujayralar
Metafaza II
Metafaza I
Telofaza II
Anafaza II
Profaza I
Boshlang‘ich Profaza I
Jinsiy hujayralarning hosil bo

lishi (Meyoz).
48- rasm.


91
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
Meyoz bilan mitozning qanday farqlari mavjud?
Meyoz bosqichlari va ularda kechadigan jarayonlarni aytib bering.
Meyozning biologik ahamiyati nimadan iborat?
Nima uchun meyoz natijasida hosil bo‘ladigan gametalar irsiy 
jihatdan xilma-xil bo‘ladi?
Misol uchun odamda barcha hujayralarda, shu jumladan birlamchi 
jinsiy hujayralarda ham 46 ta xromosoma bo‘ladi. Bulardan 23 tasi ota, 
23 tasi ona organizmga taalluqlidir. Meyozning birinchi bo‘linishidan 
so‘ng spermatotsit va ovotsitlarga 23 tadan xromosoma o‘tadi. Xromo-
somalarning tarqalishi anafaza I da turli xil variantlarda amalga oshadi. 
Misol uchun: ulardan bittasida 3 ta ota organizm xromosomasi va 20 ta 
ona organizm xromosomasi bo‘lishi mumkin, boshqasida 10 ta otalik va 
13 ta onalik yoki boshqacha holatlarda xromosomalar tarqalishi mumkin. 
Bunday holatlar soni juda ko‘p bo‘ladi. Agar meyoz I bo‘linishda xromo-
somalardagi krossingoverni hisobga olinsa, har bir hosil bo‘lgan jinsiy hu-
jayra genetik jihatdan yagona bo‘lib, o‘ziga xos takrorlanmaydigan genlar 
yig‘indisiga ega bo‘ladi. 
Meyozning ikkinchi bo‘linishidagi profaza II va metafaza II da xud-
di mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan iboratki, 
bo‘lina yot gan hujayra gaploid to‘plamga ega bo‘ladi. Anafaza II da sen-
tromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajraladi, shu vaqtdan bosh-
lab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil xromosoma bo‘ladi. Telofaza 
II da xromosomalari gaploid to‘plamga ega bo‘lgan ikkita hujayra hosil 
bo‘ladi. Shunday qilib, meyoz natijasida har bir diploid to‘plamli bosh-
lang‘ich jinsiy hujayraning ikki marta ketma-ket bo‘linishi oqibatida 4 ta 
gaploid to‘plamli yetuk jinsiy hujayralar — gametalar hosil bo‘ladi.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin