88 ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI IV BO‘LIM IV bosqich. Shakllanish davri — hosil bo‘lgan jinsiy hujayralar-
ning ma’lum shaklga va hajmga ega bo‘lishi bilan amalga oshadi. Tu-
xum hujayra shakllanish davrida maxsus parda (qobiq) bilan o‘ralib
urug‘lanishga tayyor bo‘ladi. Ko‘p hollarda sudralib yuruvchilar, qush-
lar va sut emizuvchilar tuxum hujayrasida qo‘shimcha qobiqlar hosil
bo‘ladi (44- rasmga qarang). Qo‘shimcha qobiqlar tuxum hujayra va
unda rivojlanayotgan embrionni tashqi muhitning noqulay sharoit-
laridan himoya qilib turadi. Spermatozoidlar tuzilishiga ko‘ra har xil
hajm va shaklga ega (43- rasmga qarang). Spermatozoidlarning asosiy
vazifasi tu xum hujayraga irsiy axborotni olib borish va uning funksi-
yasini tezla tishdir. Shakllangan spermatozoidda mitoxondriya, Gol-
ji majmuasi va urug‘lanish vaqtida tuxum hujayra membrana-sini eritib
yuboruvchi maxsus fermentlar bo‘ladi. Spermatozoid tuxum hujayrani
urug‘ lantirgach, diploid to‘plamga ega bo‘lgan zigota hosil bo‘ladi (46-
va 47- rasmlar).
Urug ‘ lanishda spermatozoidning tuxum hujayraga kirishi. 46- rasm. Erkak
Urg‘ochi
Meyoz
Tuxum
Urug‘lanish
Spermatozoid
Erkak
Urg‘ochi
Zigota
Urug ‘
lanayotgan tuxum hujayraga spermatozoidning kelib o ‘ shilishidan xromasomalar diploid to ‘ plamining qayta tiklanish sxemasi. 47- rasm.
89 ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI IV BO‘LIM 1.