87
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
1 spermatozoid;
2 tuxum hujayra;
3 yo‘naltiruvchi tanachalar.
Ko‘payish
zonasi
o‘sish zonasi
Yetilish zonasi
Spermatozoid va tuxum hujayraning rivojlanish chizmasi:
2
3
1
3
45- rasm.
log‘atga yetish davridan boshlab qarilik davrigacha davom etadi. ovoge-
nezda birlamchi urg‘ochi jinsiy hujayralarning ko‘payishi tuban umurtqasi-
zlarda butun umri mobaynida davom etadi.
ii bosqich. o‘sish davri
boshlang‘ich jinsiy
hujayralarning ayrimlari
o‘sish zonasiga o‘tib kattalashadi, oziq moddalar to‘playdi. Ularning DNK
miqdori ikki hissa ortadi. Birlamchi spermatozoidlar o‘sish zonasida tez
kattalashmaydi. Lekin tuxum hujayralar ayrim
vaqtlarda bir necha yuz
va ming martagacha kattalashadi. Birlamchi tuxum hujayralarning o‘sishi
organizm ning boshqa hujayralarida hosil bo‘ladigan moddalar hisobiga
amalga oshadi.
Misol uchun baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar,
sudralib yuruvchilar va qushlardagi tuxum
hujayraning asosiy qismini
sariqlik tashkil etadi. Sariqlik zaxira oziq moddalar to‘plamidir. Bundan
tashqari birlamchi jinsiy hujayralarda ko‘p miqdorda oqsil va RNKlar sin-
tezlanadi.
III bosqich. Yetilish davri — hujayralar yadrosidagi diploid to‘plam
ikki hissaga ortadi. Bu davrda hujayralar meyoz usulida ko‘pa yib, gaploid
to‘plam ga
ega bo‘ladi.
Shakllanish