birlamchi tana
bo
‘
shlig
‘
i — blastosel
deb ataladi.
X bob
Organizmlarning individual
rivojlanishi — ontogenez
40- §. Embrional rivojlanish davri
95
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Maydalanishda mitoz sikli juda tez o‘tadi, blastomerlar o‘smaydi va
ular hujayralarining soni ko‘paygan sari kichrayib boradi. Har xil turlarda
maydalanishning o‘ziga xos tomonlari kuzatiladi. Misol uchun blastulada-
gi barcha hujayralar diploid to‘plamga ega, lekin tarkibidagi sariqlik miq-
doriga qarab bir-biridan farq qiladi.
Gastrulyatsiya. Blastula juda ko‘p hujayralardan tashkil topadi (misol
uchun, lansetnikda 3000 ta hujayra bo‘ladi), keyingi rivojlanish natijasida
ikkinchi bosqich gastrula boshlanadi. Gastrula bosqichida murtak ikki
qavat bo‘lib qoladi. Murtakning tashqi qavati
ektoderma
, ichki qavati
entoderma
deyiladi. Gastrula hosil bo‘lishiga olib keladigan jarayonlar
yig‘indisi
gastrulyatsiya
deb ataladi.
Lansetnikda gastrula blastula devorining ichkariga botib kirishi hiso-
biga hosil bo‘ladi, ayrim hayvonlarda — blastula devorining qat-qat bo‘lib
joylashishi yo‘li bilan amalga oshadi (96- betdagi 51- rasm).
Ko‘p hujayrali hayvonlarda (kovak ichlilardan tashqari) uchinchi qa-
vat
mezoderma
hosil bo‘ladi. Mezoderma ekto va entodermaning o‘rtasida
birlamchi tana bo‘shlig‘i — blastoselda joylashadi. Mezoderma qavati-
ning hosil bo‘lishi bilan murtak uch qavatdan iborat bo‘ladi: ektoderma,
entoderma va mezoderma murtak varaqlari hisoblanadi (96- betdagi 52-
rasm). Umurtqali hayvonlarning hammasida bu varaqlar bir-biriga ox-
shaydi.
Gastrulyatsiyaning mohiyati shundan iboratki, bu jarayon hujayralar
to‘plamining aralashishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda embrion
hujayra lari bo‘linmaydi, o‘smaydi. Murtak varaqlarning rivojlanish tartibi,
shaklla nishi tarixiy rivojlanishni aks ettiradi, bu esa biogenetik qonun-
da o‘z ifodasini topgan. XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari
F. Myuller va E. Gekkel biogenetik qonun kashf etdilar. Har bir individ
o‘zining individual rivoj lanishida (ontogenez) o‘z turining rivojlanish tar-
ixini (filogenez) qisqa cha takrorlaydi, ya’ni ontogenez filogenezning qisqa
takroridir.
Ixtisoslashish — bu embrionning ayrim qismlari va hujayralarining
tuzilishi hamda vazifasi jihatidan bir-biridan farq qilishidir. Ixtisoslashish
morfologik nuqtai nazardan qaraganda maxsus tuzilishga ega bir-biridan
farq qiladigan yuzlab hujayra xillarining hosil bo‘lishidir. Blastulaning
ixtisos lashmagan hujayralaridan asta-sekin teri epiteliysi hujayralari, ichak
epite liysi, o‘pka, nerv, muskul va boshqa hujayralar paydo bo‘ladi. Bio-
kimyoviy nuqtayi nazar
dan hujayralarning ixtisoslashishi shu hujayra
|