A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Meyozning biologik ahamiyati



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Meyozning biologik ahamiyati — meyoz tufayli avlodlar almashinuvi 
davomida xromosomalar sonining doimiyligi o‘zgarmaydi. Meyozda go-
mologik xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil variantlari amalga oshadi. 
Meyoz jarayonida xromosomalar kon’yugatsiyalashib, o‘xshash qismlari 
bilan almashinishi natijasida irsiy axborotning yangi to‘plami hosil bo‘ladi.
39- §. Urug‘lanish
Urug‘lanish urg‘ochi va erkak gametalar — xromosomalarning gap-
loid to‘plamiga ega bo‘lgan hujayralarning bir-biriga qo‘shilish jarayonidir. 
Urug‘ lan gan tuxum hujayra 
zigota 
deb ataladi. 


92
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
Zigota yadrosida xromosomalarning hammasi yana juft bo‘lib qoladi; 
har bir juft gomologik xromosomaning bittasi ota, ikkinchisi ona xromo-
soma bo‘ladi. Demak, urug‘lanish vaqtida organizmlar har bir turning 
somatik hu jay ralari uchun xarakterli bo‘lgan xromosomalarning diploid 
to‘plami tiklanadi.
Hayvonlarda urug‘lanish
. Ko‘pgina suv hayvonlari yoki suvda ham 
quruqda yashovchilarda urug‘lanish bevosita suv bilan bog‘liq. Bu 
hayvonlar ko‘payish davrida juda ko‘p tuxum hujayra va spermatozoidini 
suvga chiqaradi. Suv orqali spermatozoid tuxum hujayra ichiga kirib uni 
urug‘lantiradi. Bu tashqi urug‘lanish deyiladi. Quruqlikda yashaydigan 
hayvonlarda esa ichki urug‘lanish kuzatiladi.
Urug‘lanish jarayonida avval spermatozoid tuxum hujayraga yaqinla-
shadi, uning bosh qismidagi fermentlar ta’sirida tuxum hujayra qobig‘i 
erib, kichik teshikcha paydo bo‘ladi. Bu teshikcha orqali spermatozoid 
yadrosi tuxum ichiga kiradi. Keyin har ikkala gametaning gaploid 
yadrolari qo‘shilib, umumiy diploid yadro hosil bo‘ladi, so‘ngra bo‘linish 
va rivojlanish boshlanadi.
Ko‘pchilik holatlarda bitta tuxum hujayrani faqat bitta spermatozoid 
urug‘lantiradi. Ba’zi hayvonlarda tuxum hujayraga ikki yoki bir nechta 
spermatozoid kirishi mumkin. Lekin ularni urug‘lantirishda faqat bittasi 
qatnashadi, boshqalari esa nobud bo‘ladi.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin