97
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA INDIVIDUAL RIVOJLANISHI
IV BO‘LIM
uchun xos oqsillarni sintezlash bilan xarakterlanadi. Har qanday hujay-
ra o‘zi uchun xos bo‘lgan oqsilni sintezlaydi.
Biokimyoviy ixti sos la shish natijasida embrion varaqalaridan alohida
organ va organlar sistemasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan hujay-
ralar tarkibi dagi har xil genlarning ishlashi boshlanadi. Har xil turlarga
mansub hayvonlarning murtak varaqalaridan bir xil to‘qima va organlar
hosil bo‘la boshlaydi. Bu esa ular o‘zaro gomologik ekanligidan dalolat
beradi.
organogenez. Gastrulyatsiya tugallangandan keyin o‘zak organlari
majmui: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi. Lansetnikda o‘zak
organlar quyidagicha hosil bo‘ladi (96- betdagi 53- rasm): lansetnikda
embrionning orqa tomonidan ektoderma tarnov shaklida o‘rta qismidan
botib kira boshlab, naycha hosil qiladi
Naycha — boshlang‘ich nerv sistemasi bo‘lib, ektoderma ostiga tusha-
di, uning chetlariga birikadi va nerv naychani hosil qiladi. Ektoderma-
ning qolgan qismidan boshlang‘ich teri epiteliyasi paydo bo‘ladi. Nerv
naychasining be vo sita ostida joylashgan endodermaning yelka qismidan
xorda vujudga keladi.
Xorda nerv naychasining ostida joylashadi. Embrion hujayralarining
keyingi ixtisoslanishi natijasida murtak varaqa laridan juda ko‘p to‘qima va
organlarning hosil bo‘lishi yuz beradi.
Murtak varaqasi ektodermasidan nerv sistemasi, sezgi organlari, teri
epiteliyasi, tishning emal qavati; entodermadan — ichak epiteliyasi, ovqat
hazm qilish bezlari — jigar, oshqozon osti bezi, o‘pka va jabra, mezoder-
madan — muskul to‘qimasi, biriktiruvchi to‘qima (tog‘ay, suyak, qon va
limfa), qon aylanish va ayirish sistemasi hamda jinsiy organlar hosil bo‘ladi.
7 — Biologiya, 9- sinf.
Zigota nima?
Maydalanishda yangi hujayralar qanday hosil bo‘ladi?
Voyaga yetgan hayvon hujayralarining mitoz bo‘linishidan
maydalanish qanday farq qiladi?
Embrion varaqalari qanday nomlanadi?
Dostları ilə paylaş: