o`z oila a`zolarini biladi;
kattalar harakatiga taqlid qiladi;
o`z harakatlari natijasiga erishishda qat`iylik bildiradi;
kattalar va bolalar bilan birgalikda o`ynaydi;
bolalar salbiy harakatiga o`z munosabatini bildiradi;
jamoaviy o`yin faoliyatida qatnashadi;
tengdoshlariga yaxshilik istaydi.
|
o`yin faoliyati davomida muloqotga kirishadi;
o`yinda o`zaro harakatda bo`lib, ijtimoiy rolni qabul qiladi;
guruh qoidalarini bajaradi (o`yinchoqlarni joyiga taxlaydi, kiyimlarini tartibga soladi va hokazo) ;
o`z oila a`zolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida ma`lum bir qoidalarga rioya qiladi;
o`z do`stlari haqida so`zlab berishi mumkin;
kattalar harakatlari va xulq modelini imitatsiya qilgan holda ularga taqlid qiladi;
kattalar nazoratisiz topshiriqlarni bajara oladi.
|
muloqot davomida o`z fikrini, hissiyotlarini va taassurotlarini namoyon etadi;
oila va guruhda tashkil etilgan mehnat faoliyatida ishtirok etadi;
o`z suhbatdoshiga iltimos yoki ma`lumotni ayta oladi;
mustaqil, kattalardan bevosita mustaqillikni erkin namoyon etadi,
yordam ko`rsatishga tayyor;
tanish insonlar bilan oson muloqotga kirishadi;
tushunchalarda yoritilgan ijtimoiy hulq qoida va me`erlariga bo`ysunadi (mumkin, ma`n etiladi , yaxshi, yomon, kerak) ;
boshqa bolalar bilan doimiy do`stona munosabatlarni qo`llab-quvvatlaydi.
|
kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo`ladi;
qiyin vaziyatlarda amaliy echim qidiradi;
boshqalar xatti-harakatiga o`z taassurotlarini bildiradi;
o`zgalar yutuғiga quvonganligini namoyon etadi;
nizolarni hal etishda bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, o`z o`yinchoғini beradi, muloyim so`zlar aytadi) ;
o`yinlar o`ylab topadi, syujetli rolli o`yinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok etadi.
|