tasviriy materiallar nomini biladi va to`ғri qo`llaydi;
sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi;
tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo`yaydi;
bolalar musiqiy asboblarida(buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi;
bolalar guruhi bilan qo`shiq aytadi;
raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi) ;
plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi;
tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qoғozlarni yasatadi;
qumdan turli shakl va piramidalar quradi.
|
predmetlar shaklini aniq ko`rsatgan xolda qismlarga boy tasvirlar chizadi;
syujetli rasm, predmet va personajlar chizadi;
shakllarni turli texnika asosida bo`yaydi;
loy, xamir va plastilindan yasaydi;
faoliyati boshida ko`z oldiga keltirib tasavvur qiladi;
xorda va yakkaxon qo`shiq aytadi;
raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi;
musiqiy asboblarda chaladi (qo`nғiroqcha, doira, metallofon, uchburchak) ;
kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna ko`rinishlarida ishtirok etadi.
|
murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi (choynak, gilam, ro`mol, lagan) ;
xotira yoki tasavvuriga ko`ra syujet yaratadi;
qoғozdan va tabiat materiallardan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari) ;
muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi;
qoғoz buklash, yirtish, qirqish yo`li bilan shakllarni harakati va proportsiyalarini yoritgan holda kichik syujetli kompozitsiyalar yaratadi;
tengdoshlari bilan ijodiy o`yinlar yaratishi mumkin;
shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo`llaydi;
jamoaviy loyihalarda ғoyalar taklif etadi.
|
turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi;
individual va jamoada qo`shiq ayta oladi;
raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin;
musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo`r bo`lib chalishi mumkin;
ғoya yaratadi va tatbiq etadi;
maqsadga erishishda o`rindosh sifatida turli predmetlar qo`llaydi;
turli spektakllarda rol’ ijro etib ishtirok etadi;
olamni o`zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi;
buyumlarni ikkilamchi qo`llashda ғoyalar taklif etishi mumkin.
|