Abdukodirova guzalning


NUTQ, MULOQOT, O`QISH VA YOZISH MALAKALARI



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə42/55
tarix13.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#57835
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Abdukodirova guzalning

NUTQ, MULOQOT, O`QISH VA YOZISH MALAKALARI

Kichik soha: Nutq va til

Talab: Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, so`zlashadi va muloqot qiladi

3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o`zining ayrim harakatlarini so`zlar bilan sharhlaydi;

rasmda ko`rgan narsasi haqida so`zlaydi;

kattalarning turli savollariga javob beradi (yaqin atrofiga tegishli) ;

muloqot davrida faollik bildiradi;

biror bir parchani tinglab, tanish asarning nomini aytadi;

kichik she`rni yoddan aytadi;

kattalar tomonidan aytilgan tanish hikoya, ertakni davom ettiradi yoki tugallaydi;

didaktik o`yinlar o`ynaydi.



boshlangan hikoyani davom ettira oladi;

voqea-hodisalar to`ғrisida muhokama davrida savollar beradi va o`z fikrini bayon etadi;

berilgan savolni tushunadi va unga javob beradi;

muloqotda fe`l va sifatlarni faol qo`llaydi;

ot va fe`llarni qo`llagan xolda murakkab bo`lmagan gaplar tuzadi (shifokor kasallarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlarni sotadi) ;

«ko`p», «bitta» ma`noda so`zlarni ishlatadi;

turli ohangdagi so`zlarni imo-ishoralar yordamida nutqida ishlatadi;

didaktik va so`z o`yinlari o`ynaydi.



kuzatayotgan hodisa va voqealarni tushuntirib beradi;

umumlashtiruvchi so`zlarni to`ғri qo`llaydi (meva, sabzavot, daraxtlar, qushlar, idish-tovoq) ;

o`ziga nisbatan predmetlar joylashuvini ta`riflaydi (oldimda, stolda) ;

so`zlarni mazmuniga ko`ra to`ғri qo`llaydi;

nutqida ma`nosiga monand asosiy so`z turkumlarini qo`llaydi;

bir negizli so`zlarni (namuna asosida) tuza oladi (mushuk-mushukcha-mushukli) ;

grammatik sodda va murakkab gaplar tuzadi;

suhbatlasha oladi;

kattalar yordamida ijodiy hikoya tuzadi;

barcha tovushlarni to`ғri va aniq talaffuz qiladi;

xorijiy tilni bilishi:

salomlashish va xayrlashish so`zlarini qo`llaydi;

10gacha sanoqni biladi;

Asosiy ranglar nomini biladi (oq, sariq, qizil, yashil, ko`k, qora).



o`z ona tilida erkin so`zlashadi; so`z turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik to`ғri qo`llaydi;

gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so`zlarga ularni moslaydi;

ko`p ma`noli so`zlarni turli ma`nolarini farqlaydi;

turli gaplarni tuzadi ;

shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;

turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;

guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi;

qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi;

nutqida xorijiy so`zlarni qo`llaydi;

kichik she`rlarni, qofiyalarni so`zlab berishi mumkin;

yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish).





Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin