Абдулла орипов шеърларига хос бадиий ифода усули



Yüklə 74,91 Kb.
səhifə8/9
tarix26.12.2023
ölçüsü74,91 Kb.
#197656
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TASVIRIY IFODAVIY VOSITALAR BMI

XULOSALAR
Abdulla Oripov she’riyatini xalq ruhining milliy til bilan munosabati nuqtai nazaridan tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu masala shoir she’riyatida uch xil yo‘sinda namoyon bo‘ladi.
Birinchidan, shoir she’rlarida til, milliy til va milliy ruh munosabati, inson qalbi va nutqi yaxlit uyg‘unlikda badiiy shakllarda bayon qilinadi. Shoir she’rlarining zamondoshlari qalbidan o‘rin olishi va kelajakda yashab qolish sabablaridan biri ham albatta shu omil bilan izohlanadi.
Ikkinchidan, shoir o‘z she’rlarida bu ijodiy tamoyiliga amal qilib, o‘zbekona ruhni milliy til vositasida go‘zal ifoda etadi. Shoir she’riyatida til, ruh yaxlit idrok etilishi bilan birga ona tili ulug‘lanadi. O‘zga tillarga ham hurmat yuksak darajada bo‘lib, buning ibtidosi, albatta, ona tiliga hurmat ekanligi e’tirof etiladi. Shoir she’riy asarlari orqali bu ehtiromni ko‘rsatdi, albatta. Shu bilan birga Abdulla Oripov tillar orasida ijtimoiy tengsizlik hukm surgan mustabid tuzum davrida ona tili xususida maxsus she’r yozib, milliy tilning ijtimoiy mavqei himoyachilaridan biri sifatida maydonga chiqdi.
Uchinchidan, Abdulla Oripov hozirgi o‘zbek she’riyatida birinchi bo‘lib "Hangoma", "Farrosh kampir", "Nay", "O‘zbekiston", "Inson", "G‘am" kabi she’rlar misolida so‘z san’ati namunalarini o‘ziga xos tarzida kuyladi. Jonli xalq tili xazinalaridan unumli foydalanib, ma’naviy ekologiyaning sodda va buyuk qahramoni - farrosh kampir obrazini yaratdi. Farrosh kampir obrazi Abdulla Oripov ijodiyotida xalq sevgan eng go‘zal obrazlardan biri bo‘lib qoldi.
To‘rtinchidan, faqat Abdulla Oripovgagina xos bo‘lgan ayrim so‘z va so‘z birliklarining (“nahot”, “mayli”, “xayr”, “bir zum”, “g‘am”) tahlili orqali shoirning xalqona poetik tafakkuriga xos belgilar ilmiy-nazariy tadqiq qilindi.
Beshinchidan, matndan alohida olingan so‘zda semantik ma’no mujassam bo‘ladi, she’riy matn ichida so‘z hayoti boshlanadi, so‘z matn ichida poetik xususiyat kasb etadi. Mazkur bobda masalaning ana shu qirralariga ham diqqat qaratildi.

Yüklə 74,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin