Абдулла орипов шеърларига хос бадиий ифода усули


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 74,91 Kb.
səhifə3/9
tarix26.12.2023
ölçüsü74,91 Kb.
#197656
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TASVIRIY IFODAVIY VOSITALAR BMI

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. M.Qo‘shjonov A.Oripov ijodiga bag‘ishlangan “Onajonim she’riyat” risolasida o‘z xalqi va yurti jamolini kuylagan ijodkor she’rdan she’rga o‘sib, kamolotga erishganligini ta’riflab, shoirning muxtasar ijodiy portretini yaratadi. Shuningdek, shogirdi Suvon Meli bilan hamkorlikda yozgan “Abdulla Oripov” nomli risolasida esa shoir ijodini bugungi dunyoqarash va milliy mafkura tamoyillari asosida tadqiq etadi. Mualliflar asosiy e’tiborni Abdulla Oripovning yangi o‘zbek she’riyatini boyitishdagi o‘ziga xos individual uslubini, badiiy kashfiyotlarini ko‘rsatishga qaratadilar.
1-BOB. SHOIR SHE’RLARINING TIL BADIIYATI
Yaxlit bir yaqin o‘tmishga aylangan XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida 60-yillar avlodining alohida o‘rni bor. Garchand mustabid tuzumning mafkuraviy zug‘umlari badiiy ijod sohasiga o‘z ta’sirini o‘tkazishda davom etayotgan bo‘lsa ham, bir muddat hukm surgan iliqlik davrida adabiyot maydoniga yangi bir avlod kirib keldi. Bu avlod ijodida milliy o‘zlikni anglash, Vatanni e’zozlash, milliy urf-odatlarni targ‘ib-tashviq qilish, milliy his-tuyg‘ularni tarannum etish tamoyillari yetakchilik qilar edi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon kabi shoirlar bu adabiy avlodning yetakchi shoirlari sanaladi. Davrning tabiiy bir ehtiyoji bu avlod zimmasiga an’anaviy she’riyatni yangilash va badiiy tafakkurda teranlashuvdek ulkan bir vazifani yuklagan edi. Ijod ahli xalq diliga yaqinlashdi, xalqning dardu alamlariga sheriklik tuyg‘ularini ilgari surdi; ramzlar vositasida o‘z millatining tutqunlikdan ozod bo‘lishdek ezgu istagini bayon qildi. Bu avlod vakillari ijodida xalqona poetik tafakkurga xos belgilar paydo bo‘ldi. Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” she’ri, Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi, Omon Matjonning “Haqqush qichqirig‘i” va boshqa shoirlarning qator turkumlari xalqimiz qalbida chuqur iz qoldirdi. Milliy fikr tarbiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Bu shoirlar xalqning chinakam mehr-muhabbatiga sazovor bo‘lish uchun ijodkorning estetik ideali yuksak bo‘lishini, o‘zlari xalq hayotining ichiga kirishi zaruratini juda teran angladilar. Shu bois, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bir she’rida:
El ustozim men esam –tolib!
So‘z durlarin termoqdir ishim.
Odamlarning o‘zidan olib
Odamlarga bermoqdir ishim, – deb umuman ijodkorga xos konsepsiyani g‘oyatda muxtasar tarzda ifoda qildi. Tabiiyki, shoir zoti inson ko‘nglining tarjimoni sifatida qalam tebratadi. Ayniqsa, uning “men”ida milliy, umuminsoniy ezgu tuyg‘ular tajassum topishi lozim. Shu ma’noda: “Ijodkor umuminsoniy dardni shaxsiy darddek qabul qilishi yoki shaxsiy dardini umuminsoniy dard darajasiga ko‘tarishi lozim”, – deb yozadi Abdulla Oripov. Shoir ushbu talabni o‘z ijodiga to‘la-to‘kis tatbiq ham qildi.
Bu adabiy avlod zimmasidagi mahobatli missiya zamirida “mayda gaplarni ko‘tarmagay she’r” (A.Oripov) degan aqida, umuminsoniy g‘oyalarni, o‘zbekning milliy o‘zligini anglashdek, xalqni erkinlikka, qolaversa, istiqboldagi istiqlol kunlariga hozirlashdek ulkan fikrlar mujassam edi. Abdulla Oripov fenomeni ana shunday adabiy muhitda tabiiy zarurat, “ehtiyoj farzandi” sifatida maydonga keldi.



Yüklə 74,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin