Savol va topshiriqlar: 1. ”Diyonat” romani qanday mavzudagi roman hisoblanadi? 2. Asardagi Otaqo’zi obraziga ta’rif bering.
3. Professor Shomurodov haqida nimalar ayta olasiz?
4.“Ko‘hna dunyo” romanida Ibn Sino va Beruniy obrazlari romanda qanday talqin etilgan? 5.“Muqaddas” qissasi haqida gapiring. 6.Zamondoshlari hayotidan olib yozgan qaysi qissalarini o‘qigansiz?
Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktabrda Tojikistonning Shahriston tumaniga qarashli Kengko`l qishlog`ida tug`ilgan. Uning bolalik yillari urush yillariga to`g`ri keladi, u otasi va oila boshiga tushgan kulfatlarga sherik bo`ladi. Halol cho`ponchilikdan suruv – suruv qo`ylar egasiga aylangan badavlat Qodir aka oilasi sho`ro tuzumi tomonidan boy – zodagonlikda aylanib, jo`jabirday farzandlari bilan Tojikistonning Shahristondagi Keng ko`ldan O`zbekistonning Xovos tumanidagi Iskandar qishlog`iga badarg`a qilinadi. Bu adolatsizlik, uqubatlar Pirimqulning bolaligidan hayotga tiyrak ko`z , sinchkov nazar bilan qarashga o`rgatdi. U jamoa xo`jaligida, yo`l qurilishida, Bekoboddagi metallurgiya zavodida ishlaydi. Maktabda a`lo baholarga o`qiydi. 1946 – 1951 – yillarda ToshDU da, so`ngra Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti aspiranturasida ta`lim olib, 1954 – yilda Abdulla Qahhor ijodi bo`yicha dissertatsiya yoqlidi. Bu vaqtga kelib u el nazariga tushgan adib edi. Pirimqul Qodirov badiiy va ilmiy ijodni birga qo`shib olib bordi. O`zbek realistik prozasidagi badiy til jozibasi, uning xalq tili bilan aloqalari masalasiga bag`ishlangan tadqi qotlar e`lon qildi. Tashkilotchi, olim, jamoat va davlat arbobi sifatida 1954 – 1963 – yillarda
Moskvadagi yozuvchilar uyushmasida, Respublika Fanlar akademiyasisi –
ning Til va adabiyot institutida va mustaqillik davriga kelib, mamlakat
Oliy Majlisida mas`ul lavozimlarda ishladi.
Badiiy tarjima yozuvchi Pirimqul Qodirov mahorati shakillanishida mu –
him rol o`ynaydi. U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K. Fedinning
“Ilk sevinchlar”, turkman yozuvchisi X. Deryayevning “Qismat”
romanlarini o`zbek tiliga tarjima qildi.
1988 – yilda P. Qodirovga “O`zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni,
1998 – yilda El – yurt hurmati” ordeni berildi.
Pirimqul Qodirov asarlaridagi pok sevgi, insoniy muhabbat Mahkam
va Gavhar, Madaminjon va Ma`suda, Mohim bilan Bobur munosa –
batida go`zal tasvirlangan.
P. Qodirov xassos, nozikta`b, o`ziga xos yozuvchisi. Uning asarlaridagi
yetakchi xususiyatlar so`zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi
uyg`unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy
ranginligida, fikrlash madaniyatidagi jizibada ko`zga tashlanadi.
P. Qodirov 1990 – 2000 – yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining fan, ta`lim va madaniyat qo`mitasining raisi, rais o`rinbosari
vazifasida faoliyat ko`rstadi.