Savol va topshiriqlar: Hamid Olimjonning hayoti haqida nimalarni bilasiz?
“O rik gullaganda” she’rining yaratilish tarixi haqida aytib bering.
“Muqanna” dramasida tarixiy haqiqat qanday ifodalangan?
“Sevgi” she’rida xalq og‘zaki ijodi an’analaridan qanday foydalanilgan?
“Ofeliyaning o‘limi” she’riga sabab bo‘lgan voqea nimadan iborat?
Muqanna obrazi o‘zbek yozuvchilarining o‘tmish mavzusida yozgan asarlaridagi qanday qahramonlarni eslatadi?
3-mavzu. Mirtemir hayoti va ijodi, lirikasi Reja: 1.Mirtemirning hayoti va ijodi haqida ma’lumot. 2.Mirtemir she’riyatininng o’ziga xos xususiyatlari. 3.Mirtemirning tarjimonlik faoliyati. 4.«Sur’at» lirik qissasi va «Yodgorlik» asarlari haqida M irtemir (1910 - 1978) o’zbek she'riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi. O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil ko’rdi. 1925 yilda o’zbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi. Mirtemir she'riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she'rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she'riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she'riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she'rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Quyidagi misralar fikrimizni dalillaydi:
O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir XX asr o’zbek she’riyatini o’zining lirik she’rlari va badiiy yuksak dostonlari bilan boyitdi.Uning asarlarida xalq hayotining nafasi urib turadi, inson qalbi eng teran puchmoqlargacha aniq ko’rinadi,ona yurtning turfa xil ranglari jilolanadi.O’zbek munaqqidlari Mirtemirni «o’zbek she’riyatining bobodehqoni» deb atashardi.Darhaqiqat,shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ibrat olib,xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanib,o’zbek adabiyotini boyitdi.
Mirtemir Tursunov 1910 yili hozirgi Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlog’ida tug’ilgan. U dastlab shu qishloqdagi eski maktabda,keyinchalik esa 1921 yildan Toshkentdagi «Alpomish» nomidagi maktabda o’qidi. Mirtemirning ijodi maktabda o’qib yurgan kezlaridan boshlandi.Birinchi she’ri «Tanburim tovushi»1926 yilda«Er yuzi» jurnalining 15-sonida bosilgan.
Mirtemir 1929 yili Yangi shahardagi O’zbek erlar bilim yurtini bitirib, Samarqand Davlat dorilfununida o’qiydi.
Ko’p o’tmay Mirtemir shoir sifatida taniladi.1928 yili uning birinchi she’rlar to’plami «Shu’lalar qo’ynida» nomi bilan nashr etiladi.To’plamga kirgan she’rlar haqida munaqqidlar o’sha kezdayoq iliq fikrlar bildirishgan.
Keyinchalik uning «Zafar»(1929), «Qaynashlar»(1932), «Tong» (1932), «Ochlar o’lkasida»(1936), «Poytaxt» (1936), «O’ch»(1943), «Tanlangan she’rlar» (1947), «Tanlangan asarlar» (1958), «She’rlar»(1961,1964) «Yangi she’rlar»(1967), «Qush tili» (1970), «Tingla hayot» (1974) «Kipriklarim» (1976), «Izlayman» (1976) «Yodgorlik»(1978) kabi to’plamlari o’quvchilar hukmiga havola etildi.
Mirtemir ijodiy kamoloti «O’ylar», «Qizg’aldoq», «Bog’imning chechaklari», «Lolazordan o’tganda», «Balki», «Quyoshning zabti» kabi she’rlarida yanada ravshanroq ko’rinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirining ham o’ziga xos o’rni bor. «Yashil yaproqlar» she’rida mohirona qo’llanilgan tasviriy detallar o’quvchi qalbiga o’ziga xos iliq hislar olib kirishga ko’maklashgan:
Mirtemir izlanishlari o’zbek kitobxonini qator asarlarni o’z tilida o’qishiga imkoniyat yaratib berdi.U M.Gor’kiyning «Bo’ron qushi haqida qo’shiq» asarini,A.S.Pushkinningertaklarini,M.Yu.Lermontovning she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi?» poemasini,Sh.Rustavelining «Yo’l- bars terisini yopingan pahlavon» (M.Shayxzoda bilan birgalikda) dostonini,qirg’izlarning buyuk «Manas» eposining birinchi kitobini (1964 yilda),Uyg’un bilan hamkorlikda nashr etilgan qoraqalpoqlarning «Qirq qiz»ini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Bundan tashqari,Ejen Pot’e,Abay,Berdaq,Nozim Hikmat, Genrix Geyne, A.Tvardovskiy, Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlari tarjimasi ham Mirtemirning say-harakatlari natijasida o’zbek tiliga o’girildi.
Xalq og’zaki ijodini chuqur o’rgangan shoir «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida» kabi dostonlar yaratdi.
Mirtemir bir necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqlarning madaniyatini,adabiyotini,turmush tarzini o’rganadi.Ana shu taassurotlar natijasida 1957 yili «Qoraqalpoq daftari» turkumi she’rlari maydonga keladi.
Bu turkumga kirgan «Suluv yoz», «Tonglar ham go’zal», «Daryo jimir-jimir», «Bulut» kabi she’rlarini o’qir ekansiz shoirning tabiat go’zalligini,hayotni butun borlig’i bilan sevishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Lirik qissa o’zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham o’rin olgan bo’lib,lirik qissaning o’zbek she’riyatidagi dastlabki ko’rinishidir.
«Surat» lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab bera olgan.Qissa bir syujet chizig’i asosida qurilgan emas,balki bir nechta alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.
«Surat» qissasi yozilgan vaqtda she’riyatda insonlarning ruhiy iztiroblarini,yurak dardlarini kuylash tushkunlik kayfiyatiga berilish deb hisoblanar,kuylashga jur’at etgan shoir ham pessimist shoir sifatida qoralanar edi.Ana shunday davrda ham Mirtemir haqiqatni yozishda o’zida kuch va jur’at topdi.
Mirtemirning so’nggi asari «Yodgorlik» deb ataladi.Kitobga shoirning turli xil mavzudagi she’rlari kiritilgan bo’lib,shoir iste’dodining butun qirralari aniq va ravshan ko’rinib turadi. Mirtemirning “Shu'lalar qo’ynida” (1928), “Zafar” (1929), “Qaynashlar” (1930), “Kommuna” (1931), “Tong” (1932), “Kipriklarim”, “Yodgorlik” (1978) va boshqa she'riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to’yida”, “Surat”
“Onaginam”, “Shudring”, “Barqut”, “Yali-yali”, “Ratti”, “Armon”, “Chirildoq”,
“Sutdek oydin”, “Men kelgum”, “Hayda”, “Ona yurtim”, “Ona tilim”, “Ko’klamda” singari yuzlab she'rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.
(1957) dostonlari va “Qoraqalroq daftari” she'riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini ko’rsatadi.
Savol va topshiriqlar: Mirtemirning hayot yo‘li haqida so‘zlab bering.
Mirtemirning qanday asarlarini bilasiz?
“Surat” lirik qissasi qachon yaratilgan? Uning ijodiy tarixi qanday?
Kiprik poetik obrazi ishlatilgan qanday she’rlarni bilasiz?
Mirtemir she’rlarining milliyligi to‘g‘risida nima deya olasiz?
Shoir o‘z boshidan kechgan voqealarni lirik qissada nega Toshlon obrazi orqali ifodalagan?