2.2 Lichinka xordalilar (urochordata) yoki qobiqlilar (tunicata) kenja tipi Lichinka xordalilar sodda va tuban tuzilgan dengiz hayvonlari bo'lib, asosan lichinkalik davrida xordalilar tipiga xos bo‘lgan tuzilishga ega. Voyaga yetgan davrida bu hayvonlaming xordasi yo‘qolib ketadi, nerv nayi o‘zgarib, yagona nerv tugunini hosil qiladi. Faqat appendikulariyalardagina nerv nayi hayoti davomida saqlanib qoladi. Tuzilishining bunday soddalashuvi erkin yashovchi lichinkalarning voyaga yetgan davrida o'troq yashashga o‘tishi bilan bog'liq. Lichinka xordalilarning tanasi qopsimon yoki bochkasimon shaklda bo'ladi. Ularning gavdasi tashqi tomondan maxsus parda, qobiq, ya’ni tunikaga o'ralganligi bilan boshqa xordalilardan farq qiladi. Tunika kelib chiqishi jihatidan teri epiteliysi va ular orasidagi mezenximatoz hujayralar ajratgan mahsulot hisoblanadi. Tunika o‘zining kimyoviy tarkibi jihatidan o‘simlik sellulozasiga yaqin turadi va shu moddaning hayvonot olamida ham borligini ko‘rsatadigan deyarli birdan bir misol hisoblanadi. Tunikaning asosiy vazifasi hayvonlarni tashqi muhitdan himoya qilishdir. Tunika hayvonlarning passiv harakat qilishi va o‘troq holda yashashi natijasida kelib chiqqan. Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar germafrodit hayvonlar hisoblanadi. Ular jinsiy va jinssiz usulda ko‘payadi. Jinssiz usulda kurtaklanib ko‘- payadi. Lichinka xordalilar ko‘pchilik turlari o‘troq holda yakka-yakka yoki koloniya bo‘lib yashaydi. Ayrim turlari dengizda suzib yurib hayot kechiradi. Lichinka xordalilar ba’zi chuchuk suvli dengizlardan tashqari barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ko‘pchiligi tropik va subtropik dengizlarda yashaydi. Ular dengizlarning turli chuqurliklarida, ya’ni 50 m dan tortib 5000 m gacha bo‘lgan chuqurliklarida tarqalgan. MDHda lichinka xordalilar Kaspiy va Azov dengizlaridagina uchramaydi. Lichinka xordalilar kenja tipiga 1500 ga yaqin tur kiradi. Shulardan 150 ta turi M DHda uchraydi. Ular o‘ta passiv, ya’ni suvni flltrlab oziqlanadi. Qon aylanish sistemasi tutash emas. 7