Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar (pardalilar) kenja tipi klassifikatsiyasi



Yüklə 134,6 Kb.
səhifə7/8
tarix15.06.2023
ölçüsü134,6 Kb.
#130629
1   2   3   4   5   6   7   8
lobar kursovoy

2.3 Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar (pardalilar) kenja tipi klassifikatsiyasi
Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar (pardalilar) kenja tipi 3 ta sinfga bo‘linadi:

  • Assidiyalar — (Ascidiae)

  • salplar — (Salpae)

  • appendikulariyalar — (Appendiculariae) sinflari.

Assidiyalar (Ascidiae) sinfi Assidiyalar sinfi orasida yakka-yakka yashaydigan turlari ham va koloniya bo‘lib o‘troq holda hayot kechiradigan turlari ham uchraydi. Koloniya bo‘lib yashaydigan assidiyalar jinsiy usulda ko‘payishdan tashqari, kurtaklanish yo‘li bilan jinssiz usulda ham ko‘payadi. Assidiyalarning ko‘pchiligi bir joyda hayot kechiradi, lekin ularning suvda erkin suzib yurib hayot kechiradigan koloniya turlari ham mavjud. Voyaga yetgan assidiyalarning uzunligi 30-50 sm ga boradi. Assidiyalaming xaltasimon yoki bochkasimon tanasi tashqi tomomdan dildiroq kletchatkasimon moddadan iborat qalin qobiq (tunika) bilan o'ralgan bo‘lib, ostki tomonidagi tovoni bilan suv tagidagi birorta substratga yopishib yashaydi (1-rasm). Tunika katta himoya ahamiyatiga ega bo‘lib, o ‘troq yoki yarim o ‘troq holatga ko'chish natijasida hosil bo‘lgan. Tunikaning tagida teri-muskul qopi yoki mantiyasi bor. Tanasining yuqori tomonida og‘iz sifoni va undan pastroqda esa kloaka sifoni joylashgan. Ovqat hazm qilish va nafas olish organlari. Assidiyalar passiv holda oziqlanadi. Og‘iz sifonining teshigi og‘izga ochiladi. Og'izni bir qancha 9 1-rasm. Assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi: A — umumiy ko'rinishi; B — bo‘yiga kesmasi; 1 - og‘iz sifoni; 2 - kloaka sifoni; 3 - tunika (qobiq), 4, 5 - mantiyasi; 6 — halqumi; 7 — halqum bo‘shlig‘i; 8 — jabra yoriqlari; 9 — endostil; 10, 11 — jabraoldi bo‘shlig‘i; 12 — jabraoldi bo‘shlig‘i devori; 13 — oshqozoni; 14 — jigar o‘simtasi; 15 — anal teshigi; 16 — urug‘doni, 17 — tuxumdoni; 18 — jinsiy bezlarining kanallari; 19 - yurakoldi xaltasi; 20 - yuragi; 21 -n erv tuguni. qamragichlar o‘rab olgan bo‘lib, u keng xaltasimon halqumga ochiladi. Halqum devorida bir qancha mayda-mayda jabra yoriqlari — stigmalar joylashgan. Jabra yoriqlari, ya’ni stigmalar bevosita tashqariga ochilmay, balki maxsus jabraoldi (atrial) bo‘shlig‘iga ochiladi. Halqunming ostki tomonidan qisqa qizilo‘ngach boshlanadi. U keng qopsimon oshqozonga uianadi. Oshqozondan keyin ichak boshlanadi va ichak anal teshigi orqali atrial bo‘shliqqa ochiladi. Halqumning ichki tomonida, uning orqa tomoni bo‘ylab to qizilo‘ngachgacha davom etib boradigan tarnov bor, bu tamovning ikki cheti yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lib, ichi tebranib turuvchi uzun-uzun 10 kiprikchalar bilan qoplangan. M ana shu tarnovga endostil deyiladi. Endostil og‘iz teshigiga yetmasdan turib ikkiga bo'linadi va halqumni halqadek o‘rab oladigan halqumoldi egatchasiga aylanadi. Halqumning orqa tomonida endostilga qarama-qarshi va halqum bo‘shlig‘iga osilib turadigan plastinka boiib, bu orqa plastinka deyiladi. Assidiya halqumining ichini qoplab turgan kiprikning va orqa plastinkaning tebranib harakat qilishi natijasida suv oqimi halqumga kiradi. Suv bilan halqum bo‘shlig‘iga mayda dengiz organizmlari ham kirib, endostil tubiga cho‘- kadi. Bu yerda ular endostil tubidagi hujayralardan chiqadigan shilimshiq modda bilan bir-biriga yopishadi va endostil kiprikchalarining harakati natijasida qizilo‘ngach teshigiga haydaladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari anal teshigi orqali jabraoldi bo‘shlig‘iga tushadi, u yerda umumiy suv oqimi bilan kloaka sifoni teshigidan tashqariga chiqariladi. Halqum nafas olish organi vazifasini ham bajaradi. Qon aylanish sistemasi. Assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas. Yuragi oshqozon oldiga joylashgan muskulli xaltacha ichida turadi. Yuragining ikki tomonidan bittadan qon tomiri chiqadi, oldingisi jabra qon tomiri hisoblanib, halqumning ostki tomonidan o‘tib, stigmalarga bir qancha mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingi qon tomiri ichak qon tomiri deyilib, ichki organlarga boradigan shoxchalarga bo‘- linadi. Bu shoxchalar organlar orasiga o'rnashgan va maxsus devorlari bo‘lmaydigan bo'shliqiar bilan q©‘shiladi. Shuning uchun ham assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas deyiladi. Assidiyalar yuragining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, qonni goh oldingi tomonga, goh orqa tomonga haydaydi. Shuning uchun ham ularning har qaysi qon tomiri dam arteriya va dam vena qon tomiri vazifasini bajaradi. Nerv sistemasi. Assidiyalarning markaziy nerv sistemasi, og‘iz sifoni bilan kloaka sifoni o‘rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Voyaga yetgan assidiyalarda, qamragichlarini hisobga olmaganda, tuyg‘u funksiyasini bajaradigan hech qanday sezuv organlari yo‘q. Nerv tugunchasining ichki bo‘shlig‘i, ya’ni nevrotseli bo‘lmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Qalin devorli xalta-tunikaning ichida yupqa devorli ikkinchi xalta-mantiya bor, Barcha qobiqlilar singari, assidiyalarda ham qattiq skelet yo‘q. Mantiya og‘iz va kloaka sifonlarining chetidagina tunika bilan qo'shilgan. Assidiyalarda ayirish organlari rivojlanmagan. Ularning tanasida hosil bo‘lib turadigan dissimilatsiya mahsulotlari ayrim hujayralar ichida to ‘planib turadi va organizmda qoladi.
Jinsiy organlari. Assidiyalar germafrodit. Ularning ikkitajinsiybezi, ya’ni erkaklik va urg‘ochilik bezlari bo‘lib, oshqozonning ustida joylashgan va bir-biriga taqalib turadi. Assidiyalar germafrodit bo‘lgani bilan o‘z-o‘zini otalantira olmaydi, chunki bitta individda ham spermatazoid va ham tuxum hujayrasi baravar yetilmaydi, balki oldinma-keyin yetiladi. Yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy kanallardan atrial bo'shliqqa tushadi. Suv oqimi bilan kirgan spermatazoidlar tuxumni shu yerda otalantiradi, so‘ngra urug‘langan tuxum kloaka sifoni orqali suvga chiqariladi. Urug‘Iangan tuxum to‘la va bir tekisda bo‘linadi hamda gastrula davriga aylanadi. So‘ngra embrion bo‘yiga cho‘ziladi va asta-sekin rivojlanib har xil organlar, ya’ni xordalilarga xos boigan markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. So‘ngra birlamchi ichakning ustki tomonida xorda hosil bo‘ladi, tananing oldingi tomonida esa og‘iz teshigi vujudga keladi. Assidiyalarning lichinkasi suvda erkin suzib yuradi. U tashqi tomondan itbaliqqa o‘xshab ketadi va uzunligi 0,5 mm gacha yetadi (2-rasm). 2-rasm. Assidiyalar lichinkasining tuzilishi: 1 — birikish so‘rg‘ich]ari; 2 — og‘zi; 3 — endostil; 4 — miya pufakchasi; 5 — ko‘zchasi; 6 — kloaka teshigi; 7 — ichagi; 8 — nerv nayi; 9 — xordasi; 10 — yuragi.8 Assidiyalar lichinkasining ikki yoni qisilgan, uzun muskulli dumi bor, dumi yordamida suvda tez suzadi. Dumining ichida haqiqiy xorda bor, xorda ustida esa nay shaklida markaziy nerv sistemasi o‘rnashgan. Lichinkada ko‘zcha va muvozanat saqlash organi — statotsist ham mavjud. Halqumi kichkina, jabra yoriqlari ham bir nechta, xolos. Demak, assidiyalar lichinkasi xordalilarga xos bo‘lgan hamma xarakterli belgilarga ega. Assidiyalar lichinkasi tuxumdan chiqqandan keyin bir necha soat o‘tgach, uzog‘i bilan bir kecha-kunduzdan keyin maxsus о‘simtalari, 12 ya’ni yopishish so‘rg‘ichlari yordamida suv ostidagi birorta substratga yopishib, metamorfozni boshidan kechiradi. Bunda lichinkaning dumi va dumidagi muskuli, xordasi, markaziy nerv sistemasining ko‘p qismi butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Nerv sistemasining qolgan qismi zichlashib, nerv tugunchasiga aylanadi, sezuv organlari batamom yo‘qoladi. Lichinkalik davrida shakllanib kelayotgan tashqi tunika qavati juda tez o‘sadi. Halqumi va orqa ichak ochiladigan atrial bo‘shliq kattalashadi, jabra yoriqlarining soni ko‘payadi. Og‘iz va anal teshiklari yuqoriga joylashadi. Natijada harakatchan lichinka harakat qilmay bir joyda yashaydigan qopsimon voyaga yetgan assidiyaga aylanadi va tashqi tomondan qalin qobiq — tunika bilan o‘ralib oladi. Assidiyalar kurtaklanish orqali jinssiz yo‘l bilan ham ko'payadi. Bunda ularning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi stolon deb ataladigan bo‘rtma hosil bo‘ladi. Shu bo‘rtmada kurtaklar paydo bo‘ladi va assidiyaning barcha organlari ushbu kurtaklardan yuzaga keladi. Yakka assidiyalarda kurtak stolondan ajralib chiqib, yakka assidiyalarga aylanadi. Koloniya bo‘lib yashaydigan assidiyalarda esa kurtak ajralmasdan ona assidiyalarda qoladi. Shunday qilib, lichinka xordalilar yoki qobiqlilar tuban darajadagi xordalilarning regressiv tarmog‘i hisoblanadi. Bular tuzilishining ontogenezidaham va filogenezida ham soddalashib boradi, harakat qilib hayot kechirish usulidan bir joyga yopishib hayot kechirish usuliga o‘tgan hayvonlardir. Assidiyalar sinfi sistematikasi. Assidiyalar sinfiga 1000 dan ortiq tur, 100 ga yaqin urug‘ va 3 ta turkum: yakka assidiyalar, murakkab assidiyalar va olovtanli assidiyalar kiradi. Yakka assidiyalar (Monascidiae) turkumining vakillari 2—3 mm dan 40—50 sm gacha uzunlikda bo‘ladi. Bu turkumning orasida harakatchan turlari ham uchraydi. Masalan: sharsimon assidiya (Waster ascidia) ana shunday harakatchan assidiyalar turiga kiradi va ular suv tagi bo'ylab harakat qiladi. Murakkab assidiyalar (Synascidia) turkumi vakillarming kolonial kurtaklaridan rivojlangan assidiyalar ona assidiyalar bilan tutashgan bo‘ladi. Bunday assidiyalarda, bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o‘rab olinadi va ularda bitta umumiy kloaka bo‘ladi. Murakkab assidiyalarda urug‘lanish koloniyalar o ‘rtasida sodir bo‘ladi. Chunki ona koloniya bilan qiz koloniya o‘rtasida urug‘lanish bo'lmaydi. Olovtanli assidiyalar (Pyrosomata) turkumining vakillarida zigotadan assidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. U ndan kurtaklanish yo‘li bilan to‘rtta olovtanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo'ladi va ular 13 umumiy qobiq-tunika bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu assidiyalar koloniyasidagi har bir a’zosi halqumining oldingi qismida yorituvchi hujayralar guruhi bo‘ladi. Bu hujayralarda yorug‘lik chaqiruvchi simbiotik bakteriyalar yashaydi. Koloniyaning uzunligi, odatda 20—40 sm bo‘lib, undagi har bir olovtanlining o‘lchami 3—5 mm ni tashkil qiladi. Ayrim turlari koloniyasining uzunligi 3—4 m va hatto 30 m gacha boradi. Assidiyalar barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ayrim dengizlarda 1 m kvadratda 8—10 mingtagacha assidiya yashaydi. 1 gektar joyda assidiyalardan 300 kg gacha kletchatka olinadi (1-jadval).
Salplar (Salpae) sinfi Salplar erkin suzib yuruvchi yakka va koloniya bo‘lib pelagik hayot kechiruvchi qobiqlilardan hisoblanadi. Voyaga yetganlarida dumi va xordasi bo‘lmaydi. Ularning gavdasi shaldan bodringga o'xshash cho'ziq yoki bochkaga o'xshash bo‘ladi (3-rasm). 3-rasm. Salpning tuzilish sxemasi: 1 - ichak; 2 - kloaka; 3 - jabra; 4 — gangliy; 5 - ko‘z; 6 - og‘iz; 7 - endostil; 8 — halqum; 9 — stolon; 10 — yurak; 11 - qizilo‘ngach;12 - hazm bezi; 13 - oshqozon. Gavdasining oldingi uchida kenggina og£iz teshigi va keyingi uchida kloaka teshigi o ‘mashgan. Yakka yashaydigan turlarining uzunligi 5— 15 sm gacha va koloniya bo'lib yashaydigan vakillarining uzunligi 30—40 sm gacha boradi. Salplarning gavdasi yupqa, tiniq qobiq — tunika bilan o'ralgan. Shuning uchun ham hayvonni halqa singari o ‘rab olgan tasmasimon muskullari tunikadan ko'rinib turadi. Salplar bu muskullarini oldindan orqaga ketma-ket qisqartirib, suvni kloaka 14 teshigidan kuch bilan otib chiqaradi va o‘zi oldingi tomonga qarab harakat qiladi. Salplar sinfi vakillari jinsiy usulda va jinssiz usulda kurtaklanib ko‘payadi. Jinssiz usulda ko‘payishda yakka salp gavdasining orqa uchida maxsus o'simta-stolon hosil bo‘ladi, bu stolondan jinsli qiz individlar ketma-ket kurtaklanib, zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Ular o‘z gavdasining tuzilishi jihatidan ona individga o‘xshaydi, lekin maydaligi bilan farq qiladi. Salplarning har birida tuxumdon va urug'don bo'ladi. Lekin tuxum va urug‘ hujayralari bir vaqtda yetilmaydi. Ona individdagi urug‘langan tuxumdan yosh individ paydo bo‘ladi, u o‘sib stolon hosil qiladi va bunday rivojlanish jarayoni yana takrorlanadi. Salplar sinftga 25 ta tur kiradi va ular ikkita turkumga: haqiqiy salplar (Desmomyaries) va bochkalilar (Gyclomyaries)ga boMmadi. Haqiqiy salplar turkumi ayrim turlarining uzunligi 5—15 sm atrofida bo‘ladi. Bochkalilar turkumi uchun polim orf koloniya hosil qilish juda xarakterli bo‘lib, koloniyasining uzunligi 30—40 sm gacha yetadi (4- rasm). 4-rasm. Stolonli bochenochnik (Daliolum deuticulatum), uning stolonida jinssiz va jinsli individlar bor. Salplar sinfi vakillari, asosan iliq dengiz suvlarida pelagik hayot kechiradi va 200—300 m chuqurlikda yashaydi. M DHdagi dengizlarga salplar faqat Tinch okeandan o'tadi. 9
Appendikulariyalar (Appendiculariae) sinfi Appendikulariyalar gavdasining uzunligi 0,5—3 mm dan, ayrim turlari 1—2 sm gacha borishi mumkin. Ular yakka-yakka holda dengizlarda erkin suzib yurib hayot kechiruvchi primitiv qobiqlardan hisoblanadi. 15 5-rasm. Appendikulariya Falia ethiopica (uychadan ajratib olingan gavdasi): 1 — og'zi; 2 — xordasi; 3 - tnuskullari; 4 — urug‘ bezi. Appendikulariyalarning xordasi bir umrga saqlanadi. Ularning tuzilishi assidiyalar lichinkasining tuzilishiga o‘xshaydi, undan, asosan ipsimon nerv tortmasi va dumi borligi bilan farq qiladi. Dumi assidiya lichinkasi dumi singari, yonidan siqilgan bo'lsa ham, lekin vertikal tekislik bo ‘ у lab o ‘rnashmay balki, gorizontal tekislik bo‘ylab o ‘rnashgan bo'ladi (5-rasm). Appendikulariyalarning haqiqiy qobig‘i bo‘lmaydi. Qobig'i murakkab tarkibiga ega bo‘lgan dildiroq tiniq moddadan iborat. Bu modda hayvon tanasini o‘rab turadigan uychani hosil qiladi. Appendikulariyalar uychasini tashlab chiqib oqib ketishi va 1 — 1,5 soat ichida yangi uycha hosil qilishi mumkin. Dumini harakatlanishi tufayli suv uychasining filtrlovchi apparatiga o'tib, undan og‘iz teshigi va halqum devoridagi ikkijuft jabra teshiklari orqali tashqariga chiqib ketadi. Jabra teshiklari devoridagi kapillarlar orqali gaz almashinuv sodir bo‘ladi. Halqum devorida endostil bo‘ladi. Endostil suvdagi mayda organizmlar va organik qoldiqlarni filtrlashga yordam beradi. Jabraoldi bo‘shlig‘i va kloakasi bo‘lmaydi. Anal teshigi qorin tomonida joylashgan, nerv nayi ustida yorug'lik sezadigan ko‘zchasi va muvozanat saqlash organi joylashgan. Appendikulariyalar ham germafrodit bo'lib, faqat jinsiy yo‘l bilan ko'payadi. Lichinkasining og‘iz teshigi bo‘lmaydi. Lekin xordasi va nerv nayi rivojlangan. Appendikulariyalar sinfining 60—100 ga yaqin turlari aniqlangan. Hamma okean va dengizlarda uchraydi. Asosan suvning yuza qismidagi planktonda hayot kechiradi. Appendikulariyalar lichinkalik davrida ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan va evolutsiya jarayonida yetuklik davrini yo‘qotgan qobiqlilar bo'lishi mumkin. Lichinka xordalilarning kelib chiqishi hozirgacha to'liq yoritib berilmagan. Shunga qaramasdan, ularning xordalilarga mansub ekanligini tasdiqlovchi bir qancha m a’lumotlar bor. Lichinka xordalilarning embrional rivojlanishi va filogeniyasini o‘rganishda rus olimlari A.O. Kovalevskiy (1840—1901) va A.N. Seversovlarning (1866—1936) xizmatlari katta. Bu olimlar qobiqlilarning ayrim vakillarini o‘rganib, ularni (assidiyalar) xuddi lansetniklarga o‘xshab taraqqiy etishini aniqlaganlar. 16 Lichinka xordalilarlarning erkin suzib yuruvchi lichinkalarida xordali hayvonlarga xos bo'lgan ko‘plab belgilar, ya’ni nerv sistemasining nay shaklida bo'lishi, xorda va segmentlarga bo‘lingan muskullarming borligi ro‘y-rost ko‘rinib turadi. Keyinchalik qobiqlilar bir joyda o‘troq hayot kechirishga o‘tganligi munosabati bilan gavdasi ancha soddalashgan, ya’ni nerv sistemasi, sezgi organlari, xordasi va muskullari asta-sekin yo‘qolib borib regressiyaga uchragan. 0 ‘troq holga o‘tishi munosabati bilan bu hayvonlarning boshqa organlari progressivlashgan, ya’ni qobig‘i qalinlashib tez o‘sgan, jabra apparati yaxshi rivojlangan, ko'payishida ular faqat jinsiy usulda ko'paymasdan, balki kurtaklanish yo‘li bilan jinssiz usulda ham ko‘payishiga o‘tgan. Shunday qilib, yashash sharoiti va tashqi muhitning o‘zgarishi bilan ular organizmining tuzilishida va funksiyasida ham o‘zgarishlar bo‘lgan.

Xulosa
Xordalilar tipi turlari umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha kam bo‘lsa-da, gavdasining yirik bo‘lishi, individlarning murakkab va xilmaxil tuzilganligi, fiziologik va ekologik xususiyatlarining turli-tumanligi bilan ulardan keskin farq qiladi. Xordalilar inson hayoti va faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. Yowoyi umurtqali hayvonlar go‘shti, terisi, mo'ynasi, yog‘i uchun va boshqa maqsadlarda ovlanadi. Yovvoyi umurtqali hayvonlardan uy hayvonlari zotlarini yaxshilash, mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi. Shuning uchun noyob va yo‘qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlarini muhofaza qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, uy hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga kiradi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq-ovqat manbayi; ularning mo‘ynasi, terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan qo'riqchi; ot, eshak, tuya, fil va boshqa sutemizuvchilardan transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport musobaqalarida foydalanib kelishgan. Bir qator umurtqali hayvonlar ustida inson hayoti va sog‘ligi uchun nihoyatda muhim bo'lgan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va hayotini o'rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, fiziologiya, biogeografiya, evolutsion ta’limot va boshqa fanlarning kо‘plab muammolarini tushunib olishga va yechimini topishga yordam beradi.

Yüklə 134,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin